2019 yil mart oyining to‘rtinchi haftasida o’tkaziladigan Axborot va murabbiylik soati materiallari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING KO‘P TARMOQLI “HUMO ARENA” SPORT KOMPLEKSINING TANTANALI OCHILISH MAROSIMIDAGI NUTQI​


Download 498.5 Kb.
bet7/7
Sana08.01.2022
Hajmi498.5 Kb.
#249355
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ахб соати 22 03 2019

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING KO‘P TARMOQLI “HUMO ARENA” SPORT KOMPLEKSINING TANTANALI OCHILISH MAROSIMIDAGI NUTQI​

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Hurmatli Xalqaro xokkey federatsiyasi prezidenti Rene Fazel janoblari!

Muhtaram mehmonlar!

Xonimlar va janoblar!

Avvalo, sizlarni Navro‘z bayrami arafasida, go‘zal bahor kunlarida O‘zbekiston zaminida samimiy qutlayman. Barchangizga chuqur hurmatim va eng ezgu tilaklarimni bildirishdan benihoya mamnunman.

Bugun poytaxtimiz markazida ishga tushirilayotgan zamonaviy sport koshonasi – “Humo arena”ga tashrif buyurib, quvonchimizga sherik bo‘layotganingiz uchun sizlarga katta rahmat!

Ushbu tantanali marosimda ishtirok etayotgan jahon sporti yulduzlari, mashhur madaniyat va san’at arboblari, diplomatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari, etakchi kompaniyalar rahbarlariga qarata aytmoqchiman:

Xush kelibsiz, mehmondo‘st O‘zbekiston zaminiga!

Aziz do‘stlar!

Bugun biz yurtimizda keng ko‘lamli islohotlar va jadal o‘zgarishlarni amalga oshirmoqdamiz va bu yo‘lda jismoniy sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazish bizning ustuvor vazifamiz va biz buning uchun bor kuch va mablag‘larimizni safarbar etamiz.

Shu ma’noda, biz jismoniy tarbiya va sportga alohida e’tibor bermoqdamiz.

Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida, hatto eng olis tumanlarda ham zamonaviy va foydalanish uchun qulay sport infratuzilmasi barpo etilmoqda. Keyingi ikki yilda mamlakatimizda sport bilan doimiy shug‘ullanadiganlar soni ikki barobar ko‘paydi.

Yurtimiz sportchilari turli xalqaro musobaqalarda mingdan ziyod medallarni qo‘lga kiritdi, ulardan 400 dan ortig‘i oltin medallardir. Hozirgi vaqtda boks, dzyudo, erkin kurash, badiiy gimnastika, shaxmat va boshqa sport turlari bo‘yicha O‘zbekistonda shakllangan maktablar butun dunyoda ma’lumu mashhurdir.

Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro musobaqalar, jumladan, dunyo va qit’a chempionatlari soni yil sayin ortib bormoqda. Biz 2030 yilda O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdik.

Hurmatli xonimlar va janoblar!

Biz sportchilarimiz qishki sport o‘yinlari, jumladan, eng qiziqarli bo‘lgan figurali uchish, xokkey, tog‘-chang‘i sporti, fristayl, snoubord va boshqa sport turlari bo‘yicha Vatanimiz sha’nini munosib himoya qilishiga intilmoqdamiz.

O‘tgan asrning yetmishinchi yillaridayoq Toshkentda “Yubileyniy” muz sporti saroyi, “Binokor” xokkey jamoasi, Toshkent viloyatida tog‘-chang‘i trassasi mavjud bo‘lgan.

Bizning bu borada erishgan yutuqlarimiz orasida fristayl bo‘yicha qishki Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan oltin medallar, figurali uchish bo‘yicha Osiyo o‘yinlari va boshqa xalqaro musobaqalarda erishilgan 70 dan ziyod medallar borligini ta’kidlash lozim.

Biz sport sohasidagi ana shunday shonli an’analarni davom ettirishni o‘z burchimiz deb bilamiz.


O‘tgan yili mamlakatimizda to‘rtta xokkey klubi tashkil etildi. Bu yil fevral oyida shaybali xokkey bo‘yicha birinchi bor O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

O‘zbekiston sportchilari yaqinda Krasnoyarskda o‘tkazilgan Butunjahon qishki universiadasida ilk bor ishtirok etdi.

Ushbu zamonaviy muz saroyining ishga tushirilishi O‘zbekiston sporti tarixida yangi bosqichni boshlab beradi, desak, o‘ylaymanki, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mazkur inshoot o‘zining ilg‘or me’moriy va muhandislik-qurilish echimlari, texnik jihozlanish darajasiga ko‘ra noyobdir. Biz hamkorlarimiz – etakchi kompaniyalarning eng so‘nggi ishlanmalarini jalb etishga harakat qildik.

Ishonchim komilki, “Humo arena” yuksak malakali sportchilarni tayyorlash va O‘zbekistonda yirik xalqaro musobaqalar tashkil etish va eng asosiysi – yoshlarimizni qishki sport turlariga keng jalb etishga xizmat qiladi.

Bunday majmua va markazlarni biz kelgusida yurtimizning boshqa hududlarida ham barpo etamiz.

Shu munosabat bilan bugungi tadbirda ishtirok etayotgan hurmatli mehmonlarimiz – mashhur sportchi va murabbiylar – dunyo sporti yulduzlariga murojaat qilib, aytmoqchiman: biz sizning qo‘llab-quvvatlashingiz, bilim va mahoratingiz, ulkan professional tajribangizga ishonamiz.

Qadrli do‘stlar!

Bizning poytaxtimizga uzukka ko‘z qo‘ygandek yarashib turgan, sizlarning ishtirokingizda foydalanishga topshirilayotgan bu zamonaviy sport saroyi ushbu yo‘nalishdagi ishlarning dastlabki amaliy natijasidir.

To‘liq ishonch bilan aytish mumkinki, barcha xalqaro talablarga javob beradigan ushbu noyob kompleks sportni sevadigan xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbidagi orzuning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Ana shu orzuni haqiqatga aylantirgan, qisqa muddatda shunday ulug‘vor majmuani barpo etgan loyihachi, me’mor, quruvchi, va muhandislarga, chet ellik mutaxassislarga, bu ezgu ishga hissa qo‘shgan barcha insonlarga chuqur minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.

Hech shubhasiz, bugungi kun milliy sportimiz tarixida yorqin sahifa bo‘lib qoladi.

Butun ko‘p millatli xalqimizni, ushbu tadbirimizning barcha ishtirokchilari va mehmonlarini bugungi tarixiy voqea – “Humo arena” sport saroyining ochilishi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Barchangizga tinchlik-omonlik, ulkan zafarlar va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilayman.



E’tiboringiz uchun katta rahmat.
Download 498.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling