202-guruh talabasi Bog’ibekova Charosxonning,,o'zbek terminologiyasi va leksikografiyasi tarixi’’ fanidan mustaqil ishi

Download 6.92 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi6.92 Kb.
#1376536
Bog'liq
8-mavzu

Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 202-guruh talabasi Jabborov Jamshidning “O‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasi” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

O ‘zbek tilida hozirgi ilmiy-texnikaviy terminologiya

O‘zbek tilida hozirgi ilmiy-texnikaviy terminologiya o'z aksini keng qamrovda topgan. O‘zbek adabiy tili leksikasining ajralmas bo'lagi hisoblanmish terminologiya hozirgi o‘zbek tilshunosligi fanining o ‘ta shahdam va dinamik tarzda taraqqiy etayotgan kategoriyalardan biri bo'lib, til lug‘at boyligining muttasil o'sib hamda kengayib borishida tuganmas manba rolini bajaradi.

O ‘zbek tili ilmiy terminologiyasida terminlaming uch turi farqlanadi (Begmatov 1988; 140): 1) tarixiy-an’anaviy terminlar. Ushbu turga taalluqli leksemalar juda qadimdan termin vazifasida qo'llanib keladi va o'zbek terminologiyasining o'zagini tashkil qiladi. Masalan, to ‘siq, yulduz, soliq, kirim, pul, oldi-sotti, so ‘roq, tomir (tib. arteriya), oqsillar (tib. belok, belki), isitma (tib. lixoradka) singari ko'pgina terminlar shular sirasidandir; 2) terminologik tizimning boyishiga bois bo'lgan nisbatan yangi termin-o'zlashmalar: skaner, sayt, karate, Internet auksion, tomografiya, spektr, respirator, psixolingvistika, pragmatika, lingvokulturologiya, semema, parodontoz, bakteriya, videotelefon, katapulta va hkz.

3) o'zbek tili so'z yasovchi qoliplari negizida hosil qilingan terminlarni ikki guruhga taqsimlash mumkin: a) ona tili materiallari negizida paydo bo‘lmgan terminlar: bog'lovchi, to'ldiruvchi, kesim, tenglik, qayta saylov, to'lov, boshqaruv, bo'g'ilish (tib. asfiksiya), titrash (tib.trepetaniya), boshqarma, yasama ('til. derivat), qo'nish, qurilma, ko'chish (til. transpozitsiya), suzg'ich, yutgich (harbj, ikkilamchi bozor; qo'shimcha qiymat solig'i, terma jamoa va sh.k.; b) o'zlashmalar ishtirokida yuzaga kelgan terminlar: raketaeltgich (raketanosets), avtomobilsozlik (avtomobilostroyeniye), raketasozlik (raketostroyeniye), eshelonlashtirish (eshelonirovaniye), shturmchi (shturmovik), shifrlash, kompyuterlashtirish (kompyuterizatsiya), kateterlash (kateterizatsiya), bombaqidirgich (bomboiskatel), dzyudochi (dzyudoist), signalchi (signalist; signalshik), minalashtirish (minirovaniye), dislokatsiyalash (dislokatsiya) va sh.k.

Boshqa tillarda kuzatilgani kabi o ‘zbek tili terminologik leksikasi asl o ‘zbekcha (turkcha), o ‘zlashma (sug‘dcha, xitoycha, arabcha, forscha - tojikcha, m o'g‘ulcha, ruscha-baynalmilal), sodda, oddiy, barcha tomonidan kunda ishlatiladigan va azaldan qo'llanishda bo'lgan umumadabiy til so'z yasash modellari hamda termin yasash qoliplari asosida shakllangan. Shuni alohida urg‘ulash kerakki, o ‘zbek tilining hozirgi soha terminologiyasi sistemasida nisbatan ancha keyin yuzaga chiqqan terminlar safida qadimgi turkiy til, eski turkiy til va eski o'zbek adabiy tilida qayd etilgan leksik birliklarning mavjudligi muhim ahamiyatga molikdir.

Xullas, genetik ko'rinishi nuqtayi nazaridan o ‘zbek tilida qoilanuvchi terminlar: a) terminologiya tizimiga tayyor til birligi sifatida qabul qilingan so'zlar; b) maxsus nom tarzida yasalgan so'zlarga taqsimlanadi. Bunday ko'rinishni muayyan lisoniy hodisa va vaziyatlaming mahsuli, deb baholash kerak bo'ladi.

Download 6.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling