2020 yilgi Nobel mukofotining barcha sovrindorlari ma'lum bo‘ldi


Download 1.67 Mb.
bet2/3
Sana02.01.2022
Hajmi1.67 Mb.
#188036
1   2   3
Bog'liq
2020 yilgi Nobel mukofotining barcha sovrindorlari ma

Adabiyot

8 oktyabrda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik shoira Luiza Glyukka berildi. Shvetsiya akademiyasi uning «mavjudlikni o‘z qat'iy go‘zalligi bilan universal qiladigan she'riy ovozi»ni yuqori baholadi.

Glyuk 1943 yilda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. U Amerika san'at va adabiyot akademiyasining a'zosi, ijodiy ishlari uchun AQShda bir necha bor yuqori mukofotlarga sazovor bo‘lgan – Amerika shoirlar akademiyasi mukofoti (1968 yil), Milliy tanqidchilar jamiyati kitob mukofoti (1985 yil), Pulitser mukofoti (1993 yil), Bollingen mukofoti (2001 yil). 2003-2004 yillarda AQShning shoira laureati bo‘lgan.

U Kolumbiya universitetiga o‘qishga kirgan, ammo ta'lim jarayonini tamomlamagan. Keyinchalik Glyuk Uilyamstaundagi (Massachusets shtati) Uilyams kolleji, Yyel, Boston va Ayova universitetlarida, Vermontdagi Goddard kollejida ingliz tilidan dars berdi, u Yyel universitetining professori hisoblanadi.



Tinchlik

9 oktabr kuni shaxs yoki shaxslar emas, dunyo bo‘ylab ocharchilikdan aziyat chekayotganlarga oziq-ovqat yetkazib beradigan BMTning insonparvarlik tashkiloti - Butunjahon oziq-ovqat dasturi (World Food Programme (WFP) 2020 yilgi Nobel tinchlik mukofoti sohibi deb topildi.

Norvegiya Nobel qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, WFP «ocharchilikka qarshi kurashish borasidagi sa'y-harakatlari, mojarolardan zarar ko‘rgan hududlarda yashash sharoitlarini yaxshilashga qo‘shgan hissasi hamda urush va mojarolarda ocharchilikni qurol sifatida ishlatmaslikning harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi ishlari uchun» mukofotga sazovor bo‘ldi.

«Bu yilgi mukofot bilan Norvegiya Nobel qo‘mitasi dunyo e'tiborini ocharchilikdan aziyat chekayotgan yoki ocharchilik xavfiga duch kelgan millionlab odamlarga qaratishni xohlaydi», - deyildi qo‘mita tomonidan.



Qo‘mita 2020 yilda butun dunyoga tarqalgan COVID-19 koronavirus infeksiyasi sharoitida qator mintaqalarda ocharchilik xavfi kuchayganligini ta'kidladi.

Iqtisodiyot

Va nihoyat, 12 oktyabrda amerikaliklar Pol Milgrom va Robert Uilson kimoshdi savdosi nazariyasini takomillashtirgani va yangi auksion shakllarini ixtiro qilganligi uchun iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti berildi.

Ushbu mukofotni Nobelning o‘zi emas, balki Shvetsiya Banki 1969 yilda ta'sis etgan.

Yetmish ikki yoshli Milgrom va sakson uch yoshli Uilson ishlab chiqqan kimoshdi savdosi nazariyasi xaridorlar odatda nima uchun kimoshdi savdosida o‘zlari hisoblaganidan ko‘ra pastroq narx taklif qilishlarini izohlab beradi.



Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari nomini e'lon qilish bilan Nobel haftaligi nihoyasiga yetdi.


Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling