2020-yilni O'zbekistonda Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi


Download 14.21 Kb.
Sana15.12.2020
Hajmi14.21 Kb.
#167591
Bog'liq
Fan haqida malumot


SO’Z BOSHI
2020-yilni O'zbekistonda "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi. Keyingi vaqtda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish uchun elektron tijorat tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Shu bilan birga, sohadagi ishlar haqiqiy ahvolining tahlili markazlashgan maʼlumotlar tizimiga integratsiyani taʼminlaydigan yagona axborot-texnologik platformaning mavjud emasligi natijasida joriy etilayotgan dasturiy hujjatlar tarqoq ekanini koʻrsatmoqda. "Web ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma «Informatika va axborot texnologiyalari» yo‘nalishidagi bakalavr talabalarini tayyorlash uchun mo‘ljallanagan bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi mutaxassislarni tayyorlashda namunaviy standart hisoblanadi. O‘quv qo‘llanma Veb ilovalarni ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan HTML5, CSS3, JavaScript va PHP dasturlari, freymvork texnologiyasi orqali veb texnologiyalarining asosiy tushunchalarini, server tomonda dasturlash, MySQL ma’lumotlar bazasi bilan ishlashning ko‘nikma va malakasini hosil qilishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, ushbu qo‘llanmada veb ilovalarni yaratishda foydalaniladigan asosiy va zamonaviy dasturlash tillaridan foydalanish usullari, har bir dasturning afzalligi va kamchiligi, istiqboli hamda respublikamizdagi bu borada olib borilayotgan ishlar va olinayotgan natijalar veb ilovalarni yaratish sohasida foydalaniladigan dasturlash tillari istiqboliga ta’siri masalasini qamraydi.

Web dasturlashdan maqsad – veb ilovalarni yaratishning asosiy bosqichlari, dasturiy ta’minotlar, ularni ishlatish ko‘lami va ulardan foydalanish usullari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirish hamda klient tomonida va server tomonida joylashgan amaliy dasturiy paketlar funksiyasi bilan tanishtirish, shuningdek veb sahifasini yaratish misolida amaliy dasturlashning nazariy asoslarini va tamoyillarini, ularni funksional va strukturaviy tashkil etilishini, maxsus dasturlash tillarini ishlatgan holda dinamik veb sahifalar yaratish usullari va uslubiyatini o‘rgatish va ularni qo‘llashdan iborat.



Web dasturlashdan vazifasi – HTML5 gipermatn tili asoslari, CSS3, Json va Ajax texnologiyalari, veb-sahifa va ma’lumotlar bazasiga veb-interfeyslarni dasturlash uchun JavaScript, PHP obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari, mavjud veb freymvorklar va CMS platformalarni o‘rgatish va ularni qo‘llashdan iborat.
Download 14.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling