2021 abdulla qodiriyning so‘z qo‘llash mahorati


Oriental Renaissance: Innovative


Download 442.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana24.11.2023
Hajmi442.71 Kb.
#1796632
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
abdulla-qodiriyning-so-z-qo-llash-mahorati

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 4 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
593 
w
www.oriens.uz
May
2021
 
 
yoki bir oz qizillikka aylangan kabi shakllardan foydalanadiki, bu ham yozuvchining 
o‘zbek tili ifoda imkoniyatlarini mukammal bilganligidan darak beradi. 
Endi tasvirdagi so‘zlarning tilimizda qo‘llanilishi darajasi, mavqeyi masalasiga 
ham e’tibor qarataylik. Uyushiq bo‘laklardan tashkil topgan bu jumlada 50 ta atrofida 
lug‘aviy birlik mavjud bo‘lib, parchadagi hamma so‘zlar o‘zbek tilimizda keng 
iste’molda, hamma uchun tushunarli, xalq tilida keng qo‘llanadi, hammasi adabiy til 
uchun ham xarakterlidir. Grammatik shakllar ham xuddi shu kabi hamma 
bildiradigan birliklar bo‘lib, keng iste’moldagi shakllardir. Bu matnda qora so‘zi – 
uch marta; nimadandir so‘zi ikki marta; bir so‘zi uch marta; kabi ko‘makchisi uch 
marta; narsa so‘zi ikki marta qo‘llanilgan. Bunday takroriy qo‘llash matn tarkibidagi 
ortiqchalikni keltirib chiqarmagan, aksincha, asar tilining ohangdorligini ta’minlash 
uchun xizmat qilgan. Yana so‘zlarning har birini o‘z o‘rnida ishlatishga ham e’tibor 
qaratilganligi kuzatiladi. 
Matndagi –gan kabi, -ganda (tikilgan-da, chimrilgan-da, aylangan-da) tarzida 
berilan takrorlar badiiylikni yuksak darajada bo‘lishini ta’minlagan. Bundan tashqari, 
tasvirda bir narsaning turli jihatlari zanjirsimon bog‘lanishda, bir-birini to‘ldirib turib 
izohlangan: qop-qora kamon, o‘tib ketgan nafis, qiyiq qoshlari (qosh tasviri); quyuq 
jingila kiprik ostidagi tim qora ko‘zlari (ko‘z tasviri-qora; tim qorakiprik ostidagi
jingila kiprik ostidagi; quyuq jingila kiprik ostidagi) ; to‘lgan oydek g‘uborsiz oq yuzi 
(yuz tasviri to‘lgan oydek (oydek) ; g‘uborsiz oq). Matn go‘yo o‘zbek tilining boy 
ifoda imkoniyatlarini ataylab namoyish etish uchun yaratilgandek. Bunday tasvirlarni 
A.Qodiriy asarlaridan ko‘plab keltirish mumkin. “Juvonboz” asaridan olingan mana 
bu parcha fikrimizni tasdiqlaydi: 
“Turkistonda bunday ishlar hamisha davom etib turganini ko‘ruvchi va 
biluvchi har bir aqlli musulmon kishi, shari’ati islomiyatda man’ qilinmish, mundog‘ 
xunuk besoqolbozlik odatini davom ettiruvchi, Turkiston musulmonlari ahvollariga 
afsuslar qilub, bekorga necha mingcha pullarni isrof qiluvchi, besoqol talashida 
musulmon musulmonga dushmanlik ortdiruvini va bir-birlaridan qon to‘kuvni, 
besoqolbozlik sababi birlan jinoyat ko‘payub, yosh-yosh yigitlar o‘n-o‘n besh 
yillarini Sibirda, ming turluk azob va xo‘rlik bilan zoe qiluvlarini, ham dunyodagi 
g‘ayri millatlarga musulmonlik ismini bulg‘atib ko‘rsatuvlarini va o‘zlari kulki 
bo‘lmoqlarini, yana bu dunyoda xor va oxiratda xudoning qahr-g‘azabiga giriftor
Muhammad alayhissalomning oldilarida sharmisor va shafoatlaridan benasib 
bo‘luvlariga achinib, mundog‘ xilofi sharvi ishlarining koni bo‘lgan Turkistondan 
boshqa shaharlarga qochib ketkusi kelur edi” (110 ta so‘z). 



Download 442.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling