2021 Oʻyinli teхnologiyalardan foydalanish orqali
Oriental Renaissance: Innovative
Download 464.49 Kb. Pdf ko'rish
|
o-yinli-tehnologiyalardan-foydalanish-orqali-o-quvchilarning-bilim-ko-nikma-va-malakalarini-shakllantirish-chizmachilik-fani-misolida
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 688 w www.oriens.uz December 2021 qaratilgan bo`ladi. O‘yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani taibiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo`ladi. Faoliyatni rivojlantiruvchi o‘yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, chog‘ishtirish, o‘xshashini topish, faraz, xayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal yechimni topa olish, o‘quv faoliyatini motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan bo`ladi. Ijtimoiylashuv o‘yinlari jamiyatning me’yorlari va qadriyatlariga jalb qilinish, muhit sharoitlariga ko‘nikish, ehtiroslami nazorat qilish, o‘z- o‘zini boshqarish, muloqotga o‘rgatish hamda psixoterapiyani nazarda tutadi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda pedagogik o‘yin degan tushuncha mavjud. Pedagogik jarayonni tashkil etishning bir qator metodlari va usullari hamda turli shakldagi pedagogik o‘yinlar «o‘yinli pedagogik texnologiyalarni tashkil etadi. Pedagogik o‘yinda ta’limning pedagogik maqsadlari aniq qilib qo‘yiladi. Pedagogik o‘yinlar asosida talabalarni o‘quv faoliyatiga yo‘llovchi o‘yinli usullar va vaziyatlami vujudga keltirish yotadi. Pedagogik o‘yinIar faoliyat turlari, pedagogik jarayon xarakteri, о‘yin metodikasi, soha xususiyati, o‘yin muhiti bo‘yicha tasnif qilinadi. O‘qitishni jadallashtirish texnologiyasini Viktor Fedorovich Shatalov ishlab chiqdi va hayotga joriy qildi. U o‘qitishning an’anaviy sinf-dars usulining hali ochilmagan katta imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi. V.F. Shatalovning maqsad- mo‘ljali: • bilim, malaka va ko'nikmalami shakllantirish; • har qanday individual xususiyatlarga ega bo`lgan barcha bolalami o`qitish; • o'qitishni tezlashtirish. Tamoyillar: • ko'p maria takrorlash, majburiy bosqichma-bosqich nazorat, qiyinchilikning yuqori darajasi, katta bloklardao‘rganish, faoliyatning dinamikqolipi, xatti-harakatning tayanchi, va uning mo`ljaldagi asosini qo`llash; • shaxsni ko'zda tutish asosida yondashuv; • insonparvarlik; • zo'rlab o‘qitmaslik; • o'quv vaziyatlarining konfliktsizligi, har bir o'quvchining muvaffaqiyatlaridan boxabarlik, tuzatish (yo`lga solish), o`sish va yutuqlarga istiqbolni ochish; • o`qitish va tarbiyani bo`g`lash. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling