2021-yil 22-fevraldagi O’zbekiston va aqsh mamlakatlari o’rtasida bo’lib o’tadigan savdo hajmini oshirish masalasiga bag’ishlangan yuqori darajadagi uchrashuv uchun aqsh tomonidan quyidagi vakillar tayinlandi


Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida respublikada 157 trln so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan


Download 52.53 Kb.
bet2/3
Sana09.01.2022
Hajmi52.53 Kb.
#262649
1   2   3
Bog'liq
seminar 2

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida respublikada 157 trln so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan. 

Qayd etilishicha, bozor xizmatlarining nominal hajmi 16,1 trln so‘mga oshgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati 1,8 foizni tashkil etgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi:


  • aloqa va axborotlashtirish – 9,3 trln;

  • moliyaviy – 33,7 trln; 

  • transport – 38,4 trln;

  • yashash va ovqatlanish – 4,2 trln;

  • savdo – 41,2 trln;

  • ko‘chmas mulk bilan bog‘liq – 4,3 trln;

  • ta'lim sohasi – 5,5 trln;

  • sog‘liqni saqlash sohasi – 2,2 trln;

  • ijara – 2,9 trln;

  • kompyuter va maishiy tovarlarni ta'mirlash – 2,3 trln;

  • shaxsiy – 3,5 trln;

  • me'morchilik, izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi – 3,3 trln;

  • boshqalar – 5,6 trln so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonda moliya bozori qachon rivojlanadi?


Mutaxassislar taqdim etgan tahlillar O‘zbekistonda moliya bozorining likvidligi talab darajasida emasligini ko‘rsatadi. Ikkilamchi bozorning mavjud holati va aholi boshqa qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining moliya bozoridagi faoliyatini susaytirmoqda.

Iqtisodiyotning real sektori va moliya bozoridagi uzilishlar sababli korxonalarga investitsiya mablag‘larini jalb qilish uchun moliya bozorining zamonaviy vositalaridan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelinyapti. Uy xo‘jaliklarining moliya bozoriga kirib borishi orqali ularning korporativ qimmatli qog‘ozlar bozoridagi salmog‘ini oshirish masalasi yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.

Bundan tashqari, kreditlash, jamg‘arma-depozit, pul o‘tkazmalari, hisob-kassa amaliyoti, sug‘urtalash, inkassatsiya, moliyaviy kafolatlash va valyuta oldi-sotdisi kabi moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish yurtimizda lozim darajada, yoinki, xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yilmagan. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar tajribasida keng qo‘llaniladigan birja, lizing, reytinglash, qayta sug‘urtalash, brokerlik, mulkni baholash, moliyaviy maslahat berish, moliyaviy resurslarni ishonchli boshqarish kabi xizmatlarni ko‘rsatish kutilgan natijalarni bermayapti.

“Moliya bozori va moliya xizmatlari sohasini yanada rivojlantirishning dolzarb muammolari va istiqbollari: milliy amaliyot va xalqaro tajriba” mavzusi oliy Majlis Senati qo‘mitalari va Bank-moliya akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan davra suhbatida shu kabi masalalar muhokama qilindi. Senatorlar, xorijiy va milliy ekspertlar, mutasaddi vazirlik va idoralar, tijorat banklari vakillari ishtirokida mamlakatda moliyaviy boshqaruvning yangi turlarini tatbiq etish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish muammosi o‘rtaga tashlandi.

— To‘g‘ri, sohada hali natijaviy yondashuvni kutayotgan, ayniqsa, qonunchilikdagi takomilga muhtoj bo‘lgan normalar talaygina, — dedi Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov. — Ayniqsa, korporativ boshqaruv va moliya sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, qimmatli qog‘ozlarni sotish orqali jismoniy va yuridik shaxslarning bo‘sh pul mablag‘larini mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish bo‘yicha ishlarni yanada jonlantirish lozim. Chunki bu kamchiliklar moliya bozori va xizmatlarini rivojlantirish bilan bog‘liq dasturlar ijrosi samaradorligini oshirish, iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti. Buning uchun bir necha yangi qonunlar qabul qilish oldimizda turgan vazifalardan. Jumladan, davra suhbatida bildirilgan taklifga ko‘ra, moliya bozorini rivojlantirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, investorlar hamda fond bozorining boshqa ishtirokchilariga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlariga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qilinishini yanada tezlashtirishga kelishib olindi.

Tadbirda ishtirok etgan sohaning xalqaro ekspertlari ham bu borada xalqaro tajribaning muvaffaqiyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan fikr bildirdi.

— Koreya va O‘zbekiston iqtisodiyoti va bank-moliya tizimi bir biridan katta farq qiladi, — deydi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi konsultanti Pol Li. — Ammo, O‘zbekiston zamonaviy moliya bozorini rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega mamlakat. Uning investitsiya resurslarini yanada ochiqroq taqdim etish, banklarning jozibadorligini oshirish va aholi o‘rtasida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida ishtirok etishga ishonch uyg‘otish – moliya bozorining kelgusidagi istiqbolini ta’minlaydi. Bugun moliya bozori kechagidan farq qiladi. Mulkdor bo‘lish uchun imkoniyatlar juda ko‘p. Bu borada aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish orqali moliya bozorlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish mumkin.

Davra suhbati yakuni bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga moliya bozori va xizmatlarini rivojlantirish, fond birjasi mexanizmlarini takomillashtirish hamda davlat qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Bank ochish

Joriy yil 5 noyabr kuni davlat rahbari “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini imzoladi. Mazkur hujjat Oliy Majlis Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisida ma'qullangan edi.

Oliy Majlis Senati a'zosi Baxtiyor Umarovning yozishicha, bank faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadlariga yo‘naltirilgan ushbu Qonunda bank faoliyatiga ruxsat berishga doir quyidagi eng zarur shartlar nazarda tutilgan:

bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish;

chet ellik muassislarga nisbatan ular tomonidan bankni tashkil etish yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etish chog‘ida qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar;

litsenziyalashdan oldin boshqa organlar bilan maslahatlashish, bankni davlat ro‘yxatiga olish va litsenziya berish;

bank aksiyalariga egalik qilishga doir ruxsatnoma va cheklov, bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani berish;

potensial oluvchini baholash, aksiyadorning muvofiqligi to‘g‘risidagi talablarga rioya etish zarurati, hal qiluvchi egalik sotib olinganligi, o‘zgartirilganligi yoki boshqalarga berilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma, xabardor qilish majburiyati, banklar tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olish.

O‘zbekiston Respublikasidagi banklar Markaziy bankning ruxsati bilan filiallar tashkil etishi, vakolatxonalar va boshqa alohida bo‘linmalar ochishi mumkin.

Qonunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida chet el banklari tomonidan filiallar tashkil etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Chet el bankining O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan hamda bank faoliyatini va boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirish huquqisiz bankning manfaatlarini ifodalovchi alohida bo‘linmasi chet el bankining vakolatxonasidir. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el bankining vakolatxonasi Markaziy bank tomonidan akkreditatsiya qilinadi.

Shu bilan birga, davlatning bank muassisi yoki aksiyadori bo‘lishi mumkinligi tartibi hamda bank tashkil etish uchun ustav kapitalining boshlang‘ich eng kam miqdori yuz milliard so‘m bo‘lib, bank hisob raqamida saqlanishi ham belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, banklarning, qoidaga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi nazarda tutilgan.

Yana bir jihat, Markaziy bank ushbu Qonunda nazarda tutilgan qo‘pol, jiddiy va juz'iy qoidabuzarliklar uchun javobgar bankka, bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi a'zolariga, muhim ahamiyatga ega xodimlariga nisbatan choralar va sanksiyalar qo‘llashga haqli.



Ushbu masalada mavjud bo‘lgan muammolarni bartaraf etish maqsadida Qonunning yangi tahririda, bankning mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlari, shu jumladan, kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari va ularni belgilash tartibi, depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari, vositachilik haqi miqdori va shartnomalarning amal qilish muddatlarini bir taraflama o‘zgartirish huquqiga ega emasligi belgilab qo‘yilgan.


Download 52.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling