2021-yilda soliq siyosatida qanday o’zgarishlar bo’ldi


Download 361.47 Kb.
bet2/14
Sana28.12.2022
Hajmi361.47 Kb.
#1021140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
4 yanvar 2021

FOYDA SOLIG’I
3.1. Foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning 2020 yilda amalda bo‘lgan tartibi, shuningdek soliq stavkalari saqlanib qolinmoqda.

3.2. 2021-yil 1-yanvardan boshlabSoliq kodeksi 304-moddasining 8, 9, 14, 15 va 17-bandlariga muvofiq kelib tushgan mablag‘lar hisobidan olingan yoki sotib olingan (barpo etilgan), shuningdek soliq va bojxona imtiyozlari berilganligi natijasida bo‘shagan mablag‘lar hisobidan olingan yoki sotib olingan (barpo etilgan) mol-mulklar amortizasiya qilinadigan aktivlar deb e’tirof etilmaydi va amortizatsiya qilinmaydi.


Amortizasiyalanadigan aktivning qiymati qayta baholashni hisobga olmagan boshlang‘ich qiymatidan hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari orqali xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asosan soliq to‘lovchida mavjud bo‘lgan, ilgari o‘tkazilgan qayta baholashni hisobga olgan holda amortizasiyalanadigan aktivlar qiymati soliq solish maqsadida boshlang‘ich qiymat hisoblanadi.
2021-yil 1-yanvardan boshlab, soliq to‘lovchi tomonidan keyingi hisobot (soliq) davrlarida amortizasiyalanadigan aktivlar qiymatini qayta baholashi amalga oshirilganda, amortizasiya ajratmalarini hisoblashda soliq solish maqsadlari uchun bunday qayta baholash natijasi hisobga olinmaydi.
3.3. Soliq organlari tomonidan oldingi hisobot davri asosida bo‘nak to‘lovlarini hisoblanishi saqlanib qolinmoqda.
Shu bilan birga, soliq to‘lovchi kelgusi chorakning birinchi oyi 10 sanasiga qadar joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risida soliq organlariga ma’lumotnoma taqdim etish huquqiga ega. Ushbu norma ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5978- sonli Farmonida ko‘zda tutilgan edi.
JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG’I
4.1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi, shuningdek 12 foiz miqdorida soliq stavkasi saqlab qolinmoqda.
4.2. Qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliqni to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun quyidagilar nazarda tutilgan:

  • ushbu toifadagi soliq to‘lovchilari uchun soliq stavkalari Soliq kodeksida belgilanmoqda. Bunda, 2020 yilda amalda bo‘lgan soliq stavkalari miqdori saqlanib qolinmoqda;

  • O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” Qonunida nazarda tutilgan, ushbu soliq stavkalari qo‘llanilishi bilan bog‘liq alohida normalar Soliq kodeksiga o‘tkazilmoqda;

  • jismoniy shaslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olgan daromadiga 12 foiz miqdoridagi soliq stavkasida soliq solinadi.

  • Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdordagi soliq summalarini yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini amalga oshiradigan joyl xususiyatlarini, shuningdek amalga oshirilayotgan faoliyat turlarining mavsumiy tusdaligini hisobga olgan holda 0,7 dan 1,3 gacha bo‘lgan oraliqdagi kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffisientlar belgilash huquqi saqlab qolinmoqda.

4.3. Yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq to‘lov manbaida soliq agenti — yakka tartibdagi tadbirkor — tomonidan soliq to‘lovchiga daromad to‘langanda hisoblab chiqariladi va ushlab qolinadi.


IJTIMOIY SOLIQ
5.1. Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi, shuningdek 2020 yilda amalda bo‘lgan yuridik shaxslar uchun 12 foiz va byudjet tashkilotlari uchun 25 foiz miqdorida soliq stavkalari saqlanib qolmoqda.
5.2. Quyidagi toifadagi jismoniy shaxslar uchun quyidagilar nazarda tutilmoqda:
1) mehnat staji hisoblanishi uchun yiliga kamida 1 bazaviy hisoblash miqdorida soliq to‘lanishi qo‘yidagicha amalga oshiriladi:

Download 361.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling