2022 fuqarolarning jamiyat hayotida o‘z ijtimoiy faolliklarini amalga oshirishning muhim shakllari shamanova Zarina Uralovna


Download 468.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana15.06.2023
Hajmi468.9 Kb.
#1485927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
fuqarolarning-jamiyat-hayotida-o-z-ijtimoiy-faolliklarini-amalga-oshirishning-muhim-shakllari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
225 
w
www.oriens.uz
August
2022
 
boʻlishiga haqli ekanligi, 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega ekanligi
42-moddasida har kimga ilmiy-texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan 
foydalanish huquqi kafotlanlanligi belgilab berilgan. Har qanday inson faoliyati-bu 
uning ongi, fikri, tafakkuri va dunyoqarashining real hayotiy faoliyatiga aylanishi 
samarasidir. Boshqacha qilib aytganda, mustaqil fikrlashning mahsulidir. 
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan kelajak avlod haqida 
qaygʻurilgan, maʼnaviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy taʼlim-tarbiya 
tizimini takomillashtirishga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Yoshlarning zamon 
talablari darajasida taʼlim-tarbiya olish, vatanparvar boʻlishi, salomatligini 
mustahkamlashi, oʻz kuchi, bilim va salohiyatini namoyon etishi uchun barcha 
sharoit yaratilmoqda. 
Konstitutsiyamizning 33-moddasida fuqarolar oʻz ijtimoiy faolliklarini 
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yigʻilishlar va namoyishlar 
shaklida amalga oshirish huquqiga ega ekanligi koʻrsatilgan. Shuningdek
Konstitutsiyamizning 32-moddasida fuqarolar huquqiy-siyosiy faolliklarini jamiyat 
va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda oʻz vakillari orqali ishtirok qilish 
yoʻli bilan namoyon etishlari ham koʻzda tutilgan. 
Biz demokratik huquqiy davlatda yashayapmiz, kelajakda uning yuqori bosqichi 
boʻlgan fuqarolik jamiyatini qaror toptirishni maqsad qilib qoʻyganmiz. Bu jamiyat 
fuqarolarning erkin va demokratik faoliyatlarining keng namoyon boʻlishini taqozo 
etadi. Kelajagimiz boʻlgan yoshlar oʻqishda, sportda, ilmiy-texnik ijodda, mehnat 
koʻnikmalarini hosil qilishda, mustaqil hayotiy pozitsiyaga ega boʻlishining 
ahamiyati ortib bormoqda. Buning uchun birinchidan, oilada sogʻlom muhitning 
boʻlishi; ikkinchidan, taʼlim muassasalarida sifatli oʻqitish; oʻquvchining fikrini 
eshitishni va erkin munozarani yoʻlga qoʻyish; uchinchidan, mustaqil fikr yuritish 
koʻnikmalarini hosil qiluvchi ijtimoiy muhitni shakllantirish muhim ahamiyat kasb 
etadi. 

Download 468.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling