2022 hissiy-idrok fe’llari nazariyasi tadqiqi tilakov Nozimjon Olimjon o‘g‘li
Download 412.43 Kb. Pdf ko'rish
|
Hissiy idrok f
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 219 w www.oriens.uz July 2022 belgilashtirish jarayoni, ya’ni sintaktik aloqa mavjud ekanligi ko‘rinadi. Sintaktik aloqa esa valentlik tufayli yuzaga keladi. Tillar bir –birlaridan idrokni ifodalovchi fe’llarning soniga ko‘ra farq qiladi. Ba’zi bir tillarda ularning soni ikki xil, ko‘rish mumkin bo‘lgan harakatni ifodalovchi fe’llar va ko‘rish mumkin bo‘lmagan harakatni ifodalovchi fe’llardir. Hissiy idrok fe’llarini guruhlarga ajratishda tilshunoslik yo‘nalishida ko‘plab izlanishlar olib borilgan va ko‘plab savollar o‘z javobini topgan. Ko‘plab olimlar ularni bir necha turlarga ajratib o‘rganishgan. Ularning turlari ham tilning o‘ziga xoslik jihatidan farq qilgan [4]. Masalan, ingliz tilida hissiy modallikni ifodalash to‘g‘risida ilk ilmiy izlanish Viberg tomonidan olib borilgan. Uning ilmiy izlanishlarining natijasiga ko‘ra Ingliz tilida barcha beshala idrok –hissiyotni ifodalash uchun alohidadan fe’llar mavjud. Ya’ni beshta hissiy –idrok fe’llari, ko‘rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish, ushlash shular jumlasidandir. a. John looks happy. b. That sounds reasonable. c. This flower smells sweet. d. The cake tastes good. e. The cloth feels soft. Xausa tillarida bu faqatgina ikki turli ekanligi ko‘rsatilgan. Ko‘rish idrokini ifodalovchi fe’l (see), qolgan idroklar esa ikkinchi turga kiradi (hear, smell, taste, touch). Boshqa tillarda esa bir necha hissiy-idrok yagona fe’l bilan ifodalinishi mumkin ekanligini ta’kidlab o‘tgan .Vibergning farazlariga ko‘ra bir necha idrokni bildiruvchi hissiy-idrok fe’llari bu ko‘p ma’noli fe’llardir va beshala idrok ana o‘shalarning asosi hisoblanadi va butun dunyo tillari leksikalogiyasiga qo‘shilishi kerak deb hisoblaydi [5]. Lekin his tuyg‘u antropologlarning fikricha beshta hissiy-idrok shakli bu g‘arbiy tushuncha deb hisoblaydi. Boshqa madaniyatlarda esa hissiy idrokning o‘zgacha yondashuvlari mavjud ekanligini aytib o‘tishadi. Masalan, “ong” ni [6] yoki “muvozanat hissini” [7] oltinchi idrok deb hisoblashadi. Idrok fe’llarining quyida berilgan misollardagi ma’nolarini asosan Lees Kopulativ fe’llarning ichki bo‘linish guruh a’zolari sifatida o‘rgangan [8]. Mazkur tahlil asosan Chomsky tomonidan qo‘llab quvvatlangan va ilmiy ish olib borilgan [9]. Reuben looked stoned to me. Fotheringay sounded interesting to me. The soup tasted funny to me. Ambergris smelled awful to me. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling