2022 milliy iqtisodiyotni diversifikasiyalash siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘xtaxo‘jayev Ma’rifxon Abdurashid o‘g‘li


Download 66.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana02.11.2023
Hajmi66.25 Kb.
#1741304
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
milliy-iqtisodiyotni-diversifikasiyalash-siyosatining-ustuvor-yo-nalishlari (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
344 
w
www.oriens.uz
May
2022
 
yarmi va oxirgi choragida amalga oshirilgan modernizasiyalash tajribalari diqqatga 
molik. 
Uchinchidan, 
iqtisodiyotni 
modernizasiyalash 
siyosati 
o‘zining 
harakatlantiruvchi kuchlariga ega (investisiya va ishchi kuchi). Milliy iqtisodiyotda 
investisiyalarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi, investisiya normasi 25-35 
foiz oralig‘ida bo‘lishi tarkibiy o‘zgartirishlarni jadal amalga oshirish va iqtisodiyotni 
modernizasiya qilishni ta’minlaydi. To‘rtinchidan, iqtisodiyotni modernizasiyalashda 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar barqaror o‘sish sur’atlariga ega bo‘ladi. O‘zbekistonda 
2005-2017 yillarda YAIMning o‘rtacha yillik o‘sishi 7 foizdan yuqori bo‘lgan va bu 
o‘sish sur’ati aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromadning mos ravishda 
ortib borishini ta’minladi. YAIMning tarmoq tarkibi va YAIMning o‘sishiga alohida 
iqtisodiyot tarmoqlarining qo‘shgan ulushi dinamikasidan ko‘rinadiki, iqtisodiyotni 
modernizasiyalashning 
milliy 
xususiyati 
industrlashtirishdan 
boshlanadi. 
Ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2000-2017 yillarda tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan 
qiymati 2,3 foizli punktga o‘sgan bo‘lsa, sanoatning ulushi mos ravishda 9,9 foizli 
punktga ortib, qishloq xo‘jaligining qo‘shilgan qiymati 12,9 foizli punktga kamaygan. 
Tahlil qilinayotgan davrda qishloq xo‘jaligidagi o‘sish sur’atlariga nisbatan 
sanoatning o‘sish sur’atlari jadal bo‘lgani uchun YAIM tarkibida sanoat tarmog‘i 
ulushi ortgan holda, qishloq xo‘jaligi tarmog‘i hissasi nisbatan pasaygan. Barqaror 
iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishish uchun iqtisodiyotni modernizasiyalash 
konsepsiyasini samarali amalga oshirishda quyidagi ikkita yo‘nalishdan biriga 
yondashiladi:
1. Modernizasiyalashning institusional asoslarini takomillashtirib borish orqali 
milliy iqtisodiyotdagi barqaror o‘sish sur’atlariga erishiladi.
2. Milliy iqtisodiyotdagi o‘sish sur’atlari modernizasiyalashga xizmat qiluvchi 
institusional infratuzilmani rivojlantiradi. 
XULOSA 
Xulosa qilib aytganda, 2017-2021 yillarda O‘zbekistonda umumiy qiymati 40 
mlrd. AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investisiya loyihasini ko‘zda tutuvchi tarmoq 
dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilganligi natijasida keyingi 5 yilda sanoat 
mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning YAIMdagi ulushi 33,5 foizdan 36 
foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi. 
REFERENCES 
1. Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyovning 
Oliy Majlisga murojaatnomasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2018. 48-b.



Download 66.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling