2022 milliy iqtisodiyotni diversifikasiyalash siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘xtaxo‘jayev Ma’rifxon Abdurashid o‘g‘li


Download 66.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana02.11.2023
Hajmi66.25 Kb.
#1741304
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
milliy-iqtisodiyotni-diversifikasiyalash-siyosatining-ustuvor-yo-nalishlari (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
343 
w
www.oriens.uz
May
2022
 
qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini
3
tushunadi.Ushbu ta’rifning kamchiligi 
shundaki, chora-tadbirlar majmuasining o‘zi bilangina modernizasiyalash ro‘y 
bermaydi, ular to‘g‘ri amalga oshirilishi zarur. Ye. Yasin fikricha ko‘ra, iqtisodiy 
modernizasiya “...barqaror rivojlanish va rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib 
o‘rin egallashni ta’minlash uchun davlat va undagi yetakchi tarmoqlarning jahondagi 
raqobatbardoshligiga erishishdir
4
.” Ushbu ta’rif modernizasiyaning mohiyatini 
to‘laroq ochib beradi, modernizasiyalash orqali barqaror rivojlanishga erishish 
mumkin, lekin modernizasiyalash jarayonida iqtisodiyotning real tarmoqlarida, 
jumladan sanoatda iqtisodiy o‘sish sur’atlari yuqori bo‘ladi. V. Krasilщikov 
tomonidan iqtisodiyotni modernizasiyalash kategoriyasiga to‘laroq ta’rif berilgan. 
Uning fikriga ko‘ra, “Umumiy ma’noda modernizasiya XX asrning ikkinchi yarmida 
Avstraliya va Yangi Zelandiya, Gʻarbiy Yevropa va Shimoliy Amerikaning yetakchi 
davlatlaridagi turmush darajasi va jamiyatning taraqqiyot darajasiga yetkazishga 
yo‘naltirilgan ijtimoiy va texnologik o‘zgarishlar yig‘indisidir
5
.” Mazkur ta’rifda 
modernizasiya dasturi amalga oshiriladigan davlatning spesifik xususiyatlari 
nazardan chetda qoldirilgan. Ayrim mamlakatning tajribasini ko‘r-ko‘rona mexanik 
ko‘chirib olish, kutilgan natijani bermaydi. Ayrim iqtisodchilar fikriga ko‘ra, 
iqtisodiy modernizasiyaning konseptual g‘oyasi “iqtisodiy, texnologik va 
institusional jihatdan ortda qolishni tan olish va uni yangi rivojlanish bosqichiga olib 
o‘tish zaruriyati”
6
dan iborat. Ushbu ta’rifdagi ortda qolish tushunchasiga aniqlik 
kiritish zarur. Iqtisodiyotni modernizasiyalashni iqtisodiy kategoriyasiga quyidagicha 
ta’rif berish mumkin: Iqtisodiyotni modernizasiyalash ishlab chiqarish omillarini 
takomillashtirish asosida iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror o‘sish sur’atlarini 
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidan iborat uzluksiz jarayondir. Jahon 
amaliyotida 
iqtisodiyotni modernizasiyalashga xos bo‘lgan xususiyatlarni 
umumlashtirgan 
holda 
quyidagicha 
guruhlashimiz 
mumkin: 
Birinchidan, 
iqtisodiyotni modernizasiyalash mamlakatning geosiyosiy va strategik maqsadlaridan 
kelib chiqqan holda muayyan milliy model asosida amalga oshadi. Ikkinchidan, 
iqtisodiyotni modernizasiyalash bosqichi ma’lum muddat ichida amalga oshiriladi. 
Iqtisodiyotni modernizasiyalash loyihasini amalga oshirish muddatlari 10 yildan 30 
yilgacha davom etib, jahonning rivojlangan mamlakatlarida XX asrning ikkinchi 
3
Гельман В. Авторитарная модернизация: каковы ее перспективы в России [Электронный ресурс] / В. Гельман. 
— 2008. http //: www.eu.spb.ru 
4
Ясин Е.Г. Модернизация и общество [Текст]: докл. к VIII Междунар. науч. конф. Модернизация экономики и 
общественное развитие./ Е.Г. Ясин; М.: ГУ ВШЭ, 2007. С 6. 
5
Красильщиков В.А. Модернизация: зарубежный опыт и уроки для России // Модернизация России: условия, 
предпосылки, шансы. Сборник статей и материалов. Выпуск 1 / под ред. В.Л. Иноземцева. — М.:, 2009 . С 85. 
6
Модернизация Российской экономики: структурный потенциал Колл. авторов / -М.: ИМЭМО-РАН, 2010. -С.5 



Download 66.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling