2022 milliy iqtisodiyotni diversifikasiyalash siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘xtaxo‘jayev Ma’rifxon Abdurashid o‘g‘li
Download 66.25 Kb. Pdf ko'rish
|
milliy-iqtisodiyotni-diversifikasiyalash-siyosatining-ustuvor-yo-nalishlari (1)
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 344 w www.oriens.uz May 2022 yarmi va oxirgi choragida amalga oshirilgan modernizasiyalash tajribalari diqqatga molik. Uchinchidan, iqtisodiyotni modernizasiyalash siyosati o‘zining harakatlantiruvchi kuchlariga ega (investisiya va ishchi kuchi). Milliy iqtisodiyotda investisiyalarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi, investisiya normasi 25-35 foiz oralig‘ida bo‘lishi tarkibiy o‘zgartirishlarni jadal amalga oshirish va iqtisodiyotni modernizasiya qilishni ta’minlaydi. To‘rtinchidan, iqtisodiyotni modernizasiyalashda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar barqaror o‘sish sur’atlariga ega bo‘ladi. O‘zbekistonda 2005-2017 yillarda YAIMning o‘rtacha yillik o‘sishi 7 foizdan yuqori bo‘lgan va bu o‘sish sur’ati aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromadning mos ravishda ortib borishini ta’minladi. YAIMning tarmoq tarkibi va YAIMning o‘sishiga alohida iqtisodiyot tarmoqlarining qo‘shgan ulushi dinamikasidan ko‘rinadiki, iqtisodiyotni modernizasiyalashning milliy xususiyati industrlashtirishdan boshlanadi. Ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2000-2017 yillarda tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati 2,3 foizli punktga o‘sgan bo‘lsa, sanoatning ulushi mos ravishda 9,9 foizli punktga ortib, qishloq xo‘jaligining qo‘shilgan qiymati 12,9 foizli punktga kamaygan. Tahlil qilinayotgan davrda qishloq xo‘jaligidagi o‘sish sur’atlariga nisbatan sanoatning o‘sish sur’atlari jadal bo‘lgani uchun YAIM tarkibida sanoat tarmog‘i ulushi ortgan holda, qishloq xo‘jaligi tarmog‘i hissasi nisbatan pasaygan. Barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishish uchun iqtisodiyotni modernizasiyalash konsepsiyasini samarali amalga oshirishda quyidagi ikkita yo‘nalishdan biriga yondashiladi: 1. Modernizasiyalashning institusional asoslarini takomillashtirib borish orqali milliy iqtisodiyotdagi barqaror o‘sish sur’atlariga erishiladi. 2. Milliy iqtisodiyotdagi o‘sish sur’atlari modernizasiyalashga xizmat qiluvchi institusional infratuzilmani rivojlantiradi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, 2017-2021 yillarda O‘zbekistonda umumiy qiymati 40 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investisiya loyihasini ko‘zda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilganligi natijasida keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning YAIMdagi ulushi 33,5 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi. REFERENCES 1. Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyovning Oliy Majlisga murojaatnomasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2018. 48-b. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling