2022 seminar mashg‟ulotlarning ta‟lim texnologiyasi


Eksperimental psixologiya


Download 60.25 Kb.
bet7/8
Sana21.01.2023
Hajmi60.25 Kb.
#1107271
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nasullayeva Nilufar (1)

Eksperimental psixologiya - eksperimental metodlar yordamida psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy sohasi. Psixologiya fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish asosiy rol o‘ynagan. XIX asrning o‘rtalarida psixologik hodisalar ustidan ilk bor amaliy eksperimental-psixologik tadqiqotlar o‘tkazilgan. Bu fiziologik laboratoriyalarda elementar funksiyalarni o‘rganish orqali, ya’ni ilk bor sezgi va idrokni o‘rganish bilan boshlangan. Bu tadqiqotlar eksperimental psixologiyaning falsafa va fiziologiyadan mustaqil, alohida fan sifatida vujudga kelishiga muhim asos va ob’ektiv shart-sharoit yaratib bergan. Eksperimental psixologiya fan sifatida ajralib chiqishiga V.Vundt o‘zining katta hissasini qo‘shgan. Ilk eksperimental tadqiqotlar o‘zini o‘zi kuzatish metodi yordami bilan insonning ichki funksiyalarini o‘rganishga qaratilgan edi. Keyinchalik eksperimental ishlar turlicha hayvonlarda o‘tkazila boshlangan. Tadqiqotlarning ko‘pchiligi T.L.Morgan, E.L.Torndayklar tomonidan olib borilgan. Eksperimental tadqiqotlar orqali faqat psixik funksiyalargina emas, balki hissiyotlarning individual variantlari ham tekshirilgan. Eksperimental psixologiyaning tadqiqotlari psixologiya sohalarining nazariyasiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Har qanday ma'ruzaning umumiy tuzilishini asosi — bu mavzuni bayon etish, rejani va mustaqil ishlash uchun tavsiya etiladigan adabiyotlarni ko'rsatish, keyin esa — ko'rsatilgan ishning rejasiga qat'iy amal qilishdir. Ma'ruza o'qishga qo'yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar shart deb hisoblanadi.
Ifoda etilayotgan ma'lumotlarning yuksak ilmiy darajadaliligi,
odatdagidek dunyoqarash ahamiyatiga egaligi.
Zamonaviy ilmiy ma'lumotlarning aniq tizimlashtirilgan va
metodik qayta ishlab chiqilgan hajmlari.
Bildirayotgan fikr-mulohazalarining isbotlanganligi va
asoslanganligi.
Keltiriladigan ishonchli isbotlar, misollar, tekstlar va
hujjatlarning yetarlicha boiishi.
Fikrlari aniq, tushunarli bayon etilishi va eshituvchilar fikrlashlarini faollashtirish, muhokama etilayotgan muammolar bo'yicha mustaqil ishlar uchun savollarning qo'yilishi.
Qo'yilgan muammoni hal etish uchun turli nuqtayi nazarlarni
keltirib chiqarish, xulosalarni ifoda etish.
Kiritilayotgan termin va nomlarni tushuntirish: fikr-mulohazalarni talabalarga eshitishga, fikrlash va ma'lumotlarni qisqacha yozib olishga imkon berish.
Auditoriya bilan pedagogik aloqa o'rnatish mahorati.
Tekst, konspekt, bloksxemalar, chizmalar, jadvallar, grafiklar, asosiy materiallarini qo'Ilash.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib ma'ruza quyidagi turlarga ajratiladi:
Kirish ma'ruzasi o'quv fani haqida birinchi yaxlit tasawurni
beradi va talabalarni ushbu kurs bo'yicha ishlash tizimiga yo'naltiradi.
Ma'ruzachi talabalarni kursning vazifasi va masalalari bilan
tanishtiradi. O'quv fanlari va mutaxassislar tayyorlash tizimidagi uning
roli va o'rni bilan tanishtiradi. Kursning va fanning rivojlanish davri,
amaliyoti, bu sohadagi yutuqlar, mashhur olimlar nomlari bo'yicha
qisqacha ma'lumotlar beradi, tadqiqotlar istiqbolli yo'nalishlarini ifoda
etib beradi. Bu ma'ruzada kurs doirasidagi ishlar metodik va tashkiliy
xususiyatlari ko'rsatib beriJadi hamda talabalarga tavsiya etiladigan
o'quv-metodik adabiyotlar tahlili beriladi, shuningdek, hisobot shakli
va muddati belgilanadi.
Axborot-ma'ruza tushunib olish esda qolishi kerak bo'lgan
bilimlar zaxirasini talabalarga ilmiy ma'lumotlarni bayon etish va
tushuntirishga qaratilgan. Bu oliy maktab tajribasida eng odatiy bo'lgan
turdir.
Obzorli ma'ruza — bu aniqlashtirish va detallashtirishsiz fan ichidagi va fanlararo aloqalarni ochib berishdagi bayon etiladigan ma'lumotlarni anglab yetish jarayonida ko'p sonli assotsiativ bogiiqliklarga asoslanishi mumkin. Yuqori darajada hisoblangan ilmiy bilimlarni tizimlashtirishdir. Odatda, bayon etiladigan nazariy qoidalar asosini butun kursning yoki uning katta bo'limining ilmiy-tushunchali va konseptual asosi tashkil etadi.
Muammoli ma'ruza. Bu ma'ruzada bilimlar masalaning, savol yoki vaziyatning muammoliligi orqali beriladi, shu bilan birga idrok etish jarayoni o'qituvchi bilan hamkorlik suhbatlari bilan tadqiqotchilik faoliyatiga yaqinlashadi. Muammoning mazmuni uning yechimini izlashni tashkil etish yo'li bilan yoki an'anaviy va zamonaviy nuqtayi nazarlarni qo'shish va tahlil qilish yo'li bilan ochib
beriladi.
Ma'ruza-vizual-aloqa. Ma'ruza materiallarini O'TV vositalari yoki audio-video texnikalari yordamida ko'rsatib yetkazib berishdan iborat boiadi Bituday ma'ruzani o'qish ko'rilayotgan materiallarni keng va qisqacha izohlab berishdan iborat bo'ladi.
Binar ma'ruza — bu ma'ruzani ikki o'qituvchi suhbati shaklida
o'qish turi hisoblanadi, ya'ni ikki ilmiy maktab vakillari sifatida yoki
olim va amaliyotchi, o'qituvchi va talaba o'rtasida va boshqalar.
Oldindan xatolar ko'zda tutilgan ma'ruza — talabalarni
berilayotgan ma'lumotlarni doimiy kuzatib borishga rag'batlantirishga
mo'ljallangan (mazmunida xatoni izlash: metodologik, metodik,
orfografik). Ma'ruza yakunida tinglovchilarni diagnostika qilish va yo'l
qo'yilgan xatolarni tahlil qilish amalga oshiriladi.
Ma'ruza-konferensiya - oldindan qo'yilgan muammo 5-10
minut davom etadigan axborotlar tizimi bilan ilmiy-amaliy mashg'ulot
sifatida o'tkaziladi. Har bir chiqishi o'qituvchi taklif etgan dastur
doirasida tayyorlangan mantiqiy yakunlangan matndan iborat boiadi.
Beriladigan matnlar birgalikda muammoni har tomonlama yoritib
beradi. Ma'ruza yakunida o'qituvchi talabalarning mustaqil ishlari va
chiqishlarini toidirib yoki taklif etilgan ma'lumotlarga aniqlik kiritib
yakun yasaydi va asosiy xulosalarni shakllantiradi.
Ma'ruza-konsultatsiya — turlicha ssenariyda o'tkazilishi
mumkin. Birinchi varianti «savol-javoblar» usulidc tmalga oshiriladi.
Ma'ruzachi butun ma'ruza vaqti davomida bir bo'lim /old bir kurs
bo'yicha talabalarning savollariga javob qaytaradi.
Bunday ma'ruzalarning ikkinchi varianti «bahs-munozara» usulida o'tkazilib bu uch xilda olib boriladi: ma'ruzachi yangi o'quv ma'lumotlarini bayon etadi, savol qo'yiladi, qo'yilgan savolga javob izlashda tortishuvlar, muhokama tashkil etiladi.
Maktabda o'quv jarayonini tashkil etish turlarining juda ko'pligi va turli tumanligiga qaramay ularning har bir turi va ko'rinishi ma'lum didaktik masalalar to'plamini hal etadi va o'z vazifasini bajaradi. Ularning turli-tumanligi amalda maktab va oliy o'quv yurtlari o'qituvchilarining ijodi va mahorati haqida xabar beradi, o'z ishlari samaradorligidan mafaatdorliklarini bildiradi. Shunga ko'ra o'quv ma'ruzasi uning tuzilish komponentlari haqida ma'lumot berishi lozim.
I. O'quv ma'ruzasining tuzilishi (V.Ya.Lyaudis bo'yicha)
1.Ma'ruza mavzusi, mavzusini tanlashni asoslash.
2.Mavzuning butun kurs tizimidagi o'rni va ahamiyatini aniqlash
(konspekt).
3.Mavzu bo'yicha adabiyotlarni tanlab olish (o'qituvchi uchun
adabiyotlar, talabalarga tavsiya etiladigan adabiyotlar).
II. Ma'ruzani tashkil etish shakllari
1. Auditoriya (tinglovchilar tayyorgarligi xususiyatlari va darajasi).
Ma'ruzaning maqsadlari (butun fan mazmunini
birlashtiruvchi) ma'razaning mazmuni, asosiy g'oyalari.
Asosiy mazmunini amalga oshiruvchi ma'ruzaning vazifalari:
a) vazifaning tarkibi va ketma-ketllik tartibi;
b) vazifalarning xususiyatlari: informatsion-analitik, tizimlashtiruvcni, muammoli;
d) ko'rsatilgan vazifalarni hal etish uchun talabalarga zarur bo'lgan
vositalar;
e) qo'yilgan masalalarni hal etishda tinglovchilarda o'qituvchi
yuzaga keltiradigan emotsional holatlari va munosabatlari.
4. Ma'ruzani tashkil etish shakli:
a) fikrni monologik bayon etish;
b) evristik suhbat elementlari bilan monolog;
v) evristik suhbat;
g) audio-video namoyish etish vositalariga tayanilgan monolog;
d) dialog-tortishuv (muhokama etilayotgan muammo bo'yicha ikki qarama-qarshi nuqtayi nazarni ifoda etuvchi ikki o'qituvchining tortishuvi).
III. Ma'ruza mazmuni
1.Ma'ruza mazmuni rejasi va konspekti.
2.Yaxlitligi,'tizimliligi, ketma-ketligi, tushunarliligi, yaqqolliligi, isbotliligini ta'minlovchi o'quv vositalari va didaktik uslublari (konspekt chetida ajratib ko'rsatiladi).
IV. Ma'ruza davomida o'qituvchining yaxlitlik obrazi
1.Ma'ruza mazmunining har bir bo'limi bo'yicha masalalarni yechish jarayonida o'qituvchining talabalar bilan hamkorlik qilish usullari (birgalikda masalalarni yechish, namunaga taqlid qilish, sheriklik).
2.Bayon etishning tipik shakli (leksika, grammatika, stilistika).
3.O'qituvchining auditoriya bilan emotsional munosabati, noverbal munosabat vositalari (imo-ishora, mimika, patomimika, vokal mimika, intonatsiya, ovozi balandligi, sur'ati, tezligi, pauzasi).
I. Seminar mashg'ulotlari tuzilishi I. Mashg'ulot mavzusi
Mavzu tanlashni asoslab berish.
Kurs dasturidagi o'rnini aniqlash.
Mashg'ulot maqsadi, vazifalari: ta'limiy, tarbiyaviy, metodik.
Adabiyotlarni o'qib chiqish, hajmi, matnning murakkabligini
hisobga olib adabiyotlarni tanlashni asoslab berish.
II. Seminarni tashkil etisb shakli
1. Auditoriya tayyorgarligi xarakteri bilan bog'liq seminar o'tkazish shaklini tanlashni asoslab berish:
- savol-javobli;
- reja asosida keng suhhat;
- o'zaro tanqidiy baholab axborot berish;
- yozma referatlarni munozara elementi bilan muhokama qilish.
- guruhli muhokama: yo'naltirilgan, erkin o'quv-rolli o'yin.
2. Talabalarni adabiyotdagi mavzu, masalalar, obyektlar, mashg'ulot xususiyati, muhokama ishtirokchilari rollarini taqsimlash, referatlar, hisobotlar, talabalar, mavzuni muhokama qilish shakli va xususiyatiga dastlab yo'naltirish dasturi. III. Mashg'ulot borishini rejalashtirish va konspektlar tayyorlash
Mashg'ulot mazmuni dasturi: mavzuning asosiy bo'limlari,
uning vazifalari, ko'rilayotgan muammoni hal etilishi davomida asosiy
qarama-qarshiliklarni qayd etish.
Dastur bo'limlari mazmunini konspektlashtirish. Ko'rilayotgan
nuqtayi nazarlarni asosliligi va isbotlanganligi, qarama-qarshiliklarni
aniqlashni ta'minlovchi didaktik uslublarni ko'rsatish. Guruhli
muhokama shaklini ko'zda tutuvchi qoidalar va vazifalarni ko'rsatish.
Mashg'ulotning turli bosqichlarida guruhlar aloqalari uslublari.
Seminar mashg'ulotida muhokama etilgan mavzu bo'yicha
xulosalar,
Seminar mashg'uiotini o'tkazgandan keyin uning borishini
o'rganib chiqish.
Laboratoriya va amaliy mashg'ulotiar psixologiya kursini o'qitishning ajralmas qismi hisoblanadi. Ularda rns'ruzalarda olingan nazariy bilimlarini faollashtiradi, mustahkamlaydi va aniqlashtiradi. Laboratoriya mashg'ulotlarida talabalar psixologik tadqiqotiarning oddiy usullari va ko'nikmalarini o'zlashtiradilar, ulardan keyinchalik maktabda kundalik ishlarida foydalanishlari mumkin bo'ladi.
Bu yerda ular o'tkaziladigan tajribalarda tekshirilayotganlar sifatida ishtirok etadilar va ularni mustaqil o'tkazishga o'rganadilar. Tajribalarda ishtirok etish va turli test topshiriqlarini yechish talabalarda alohida qiziqish uyg'otadi, chunki bu ularga o'zlarini anglab yetishga, mavjud psixologik sifatlarini o'rganishga, o'zining rivojlanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi.
Turli psixologik masalalarni yechishda ham talabalar o'z bilimlarini amalda ko'rsatishlari mumkin. Shunga o'xshash masalalarni hal etib, talabalar yana bir bor bo'lajak amaliy ishlari uchun psixologik bilimlarning zarurligiga ishonch hosil qiladilar. Amaliy mashg'ulotlarda masalalardan foydalanish o'qituvchiga ham o'quv materialini o'zlashtirib borishi va shu bilan bu jarayonni nazorat qilishni kuchaytirishga yordam beradi.
Amaliy mashg'ulotlarda kompyuter texnikasidan foydalanish talabaning butun intellektual imkoniyatlarini maksimal darajada jamlaydi, faqatgina nazorat qilish va amalga oshirishni ta'minlaydi, bu talabani o'ziga baho berishini shakllanishiga va uning shaxsini tarkib topishiga yordam beradi.
Laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarni o'tkazishda qo'llanilishi mumkin boigan ishlarning turli xillari mavjud. Ularning har biri aniq mashg'ulotni tanlab olish, mashg'ulot mavzusini va o'qituvchining real imkoniyatiga, shu jumladan, texnik imkoniyatlarga ham bog'liq bo'ladi. Umumiy talablar esa o'qituvchining talabalarni tayyorlash hamda har bir mashg'ulot oldidan tekshirish kiradi.
Tajriba ishlarini bajarish uchun talabalar ikkita daftarga ega bo'lishlari kerak: ish davomida yozuvlarni qayd etib borish uchun va ishlari natijalarini yaxshilab ishlab chiqib, tartibga solib hisobot berish uchun kerak bo'ladi. Hisobot daftarida bayonnoma rasmiylashtiriladi. U yoki bu usul bilan maktabda olingan ma'lumotlar asosida mashg'ulotlarni maktab materiallarida o'tkazsa yaxshi bo'ladi. Bu psixologiya bo'yicha o'quvchi bilimlarini chuqurlashtiradi va aniqlashtirish imkonini beradi, yosh psixologiyasi masalalariga qiziqishini oshiradi.


Download 60.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling