2022-yil 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘risidagi kodeksiga o‘zgartish kiritishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilindi


Download 17.98 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi17.98 Kb.
#1482688
Bog'liq
1k


2022-yil 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘risidagi kodeksiga o‘zgartish kiritishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilindi.
Unga ko‘ra ichki ishlar organi xodimi asosli tarzda jinoyat sodir etishga moyil deb hisoblagan shaxs boshqa shaxslar bilan bir jamoat joyida to‘plansa, ichki ishlar organi xodimi ularning tarqalishiga buyruq berishi, ushbu buyruqqa bo‘ysunmagan shaxslarni javobgarlikka tortish chorasini ko‘rishga haqli ekani nazarda tutildi. Qonunning asosiy maqsadi shaharlarda jinoyat ko‘rsatkichini pasaytirish va xavfsiz hududlarni yaratish ekani, shuningdek bezorilik, odam o‘ldirish va giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olishga qaratilgani aytildi.
2022-yil 10-iyul kuni kechki soat 22.00 da oilaviy janjal sababli uydan asabiy holda chiqqan N. Shukurov Amir Temur hiyobonida sayr qilib yurar edi. Unga xotini qo‘ng‘iroq qilganda telefonda u bilan baland ovozda janjallashib ketdi. So‘ng o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qilib Amir Temur hiyoboniga kelishini va u bilan gaplashadigan gapi borligini aytdi.
O‘rtog‘i D. Rustamov aytgan joyga yetib keldi. Ushbu holatni boshidan kuzatib turgan ichki ishlar organi xodimi ularni jinoyat sodir etishga moyil shaxslar deb topdi va ularning yoniga kelib tarqalishlarini buyurdi.
N. Shukurov bunga qarshilik ko‘rsatdi. Shunda ichki ishlar organi xodimi unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik kodeksida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uchun bayonnoma rasmiylashtirdi.
Keyinchalik N. Shukurov barcha sud instansiyalaridan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qildi. Murojaatda 2022-yil 15-mayda qabul qilingan qonun insonning respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish, shuningdek erkinlik va shaxsiy daxlsizlik singari konstitutsiyaviy huquqlarini poymol etgani sababli mazkur qonunni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid deb topishni so‘radi.
Quyidagi savollarga javob bering.
Ushbu kazusni yechishda IRAC usulidan foydalanamiz:
Muammo:

  1. O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga o’zgartirish kiritilishi konstitutsiyaga muvofiqmi?

  2. Ushbu holatda ichki ishlar x odimining harakati qonuniymi?

  3. Vahobov Ma’muriy kodeksga kiritilgan bu o’zgartirish yuzasidan qayerga shikoyat qilishi mumkin?


Qonun:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25,28,19,15,16,20,43, 44-moddalari.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sud to’g’risidagi qonuni.
Application:
1.Oliy Majlisning Ma’muriy javobgarlik to’risidagi kodeksiga Ichki ishlar organi xodimi asosli tarzda jinoyat sodir etishga moyil deb hisoblangan shaxs boshqa shaxslar bilan jamoat to’plansa , ichki ishlar organi xodimi ularning tarqalishiga buyruq berishi , ushbu buyruqqa bo’ysunmagan shaxslarni javobgarlikka tortish chorasini ko’rishga haqli ekani nazarda tutilishi to’g’risidagi o’zgartirish konstitutsiyamizning 19-moddasiga zid kelib qolgan. Konstitutsiyaning 19-moddasida ko’rsatilganidek Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo’yishga hech kim haqli emas. Bundan ko’rinib turibdiki ichki ishlar xodimi yoki boshqa birorta shaxs fuqarolarning erkinliklariga putur yetkazishi mumkin emas.Konstitutsiyamiz 15-moddasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat,uning organlari ,mansabdor shaxslar,jamoat birlashmalari,fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar. Bundan tashqari 16-moddaning 2-qismiga muvofiq Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas. Oliy Majlisning Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga kiritgan bu o’zgartirishi Konstitutsiyaga muvofiq kelmagan.
2.Bu vaziyatga biz ikki tomonlama yondashganimiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Bir tarafdan olib qarasak Konstitutsiyaning 25-moddasida keltirib o’tilganidek: Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
Vahobovning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi bor . Ichki ishlar xodimi unga nisbatan bunday chora ko’rishi mumkin emas.Undan tashqari 28-moddaga ko’ra : O’zbekiston Respublikasi fuqarolari Respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko’chishlari mumkin.Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasno.Vahobovga nistabatan bunday cheklov mavjud emas.
Ikkinchi tarafdan olib qaraydigan bo’lsak 20-moddada ko’rsatilgan Fuqarolar o’z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning ,davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari , huquq va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shartligi belgilab qo’yilgan. Vahobov esa telefonda baland ovozda gaplashib jamiyatdagi boshqa shaxslarning manfaatlariga putur yetkazdi.
3.Konstitutsiyaning 43-moddasida Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.Agar ushbu huquq va erkinliklar buzilgan taqdirda 44-moddada har bir shaxsning o’z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari ustidan shikoyat qilish huquqlari kafolatlanadi.Konstitutsiyaviy Sud to’g’risidagi qonunda ham Agar qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning fikricha, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasiga muvofiq kelmasa hamda sudda ko‘rilishi tugallangan muayyan ishda qo‘llanilgan bo‘lsa va sudda himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, ular qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqlidir. Vahobovning yuqoridagi o’zgarishga nisbatan Konstitutsiyaviy Sudga murojaat qilishi mumkin.
Xulosa:O’zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan birorta ham qonun yoki normativ huquqiy hujjat O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid kelishi mumkin emas. Oliy Majlisning Ma’muriy javobgarlik to’g’risida kiritgan o’zgartirishi Konstitutsiyaga muvofiq emas va u fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga putur yetkazishi mumkin.
Download 17.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling