2022 yil 27-yanvar kuni maktabda "Yangi yil" munosabati bilan madaniy -ma’rifiy tadbir tashkil etildi


Download 14.86 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi14.86 Kb.
#1420670
Bog'liq
Yangi yil. Bayonnomasi


Past Darg'om tumani XTBga qarashli 14-umumiy o'rta ta;lim maktabida 2022-yil 27- yanvar kuni “Yangi yil” munosabati bilan o’tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI
2022 – yil 27-yanvar kuni maktabda “Yangi yil” munosabati bilan madaniy –ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir boshlanguniga qadar yangi yil va archaga atalgan kuy – qo’shiqlar yangrab turardi.
So’zga maktab MMIBDO’ : G’.Safarov chiqib avvalo yig’ilgan barcha tashrif buyuruvchilarni, opa-singillarni va o’quvchilarni “Yangi yil” bilan chin dildan samimiy qutladi va sahnaga tadbir ishtirokchilari bo’lgan 11-sinf o’g’il bolalarini taklif qildi.
Tadbir ishtirokchilari musiqa sadolari ostida sahnaga tashrif buyurishdi va tadbir boshlandi. Tadbir boshida avvalo vatanimizning madhiyasi yangradi va undan keyin tadbir davomiyligi ulaninb ketdi.
Tadbirda maktabning 11-sinf o’g’il bolalari faol ishtirok etishdi. Maktabning barcha o’qituvchilari va barcha sinflarning o’quvchilari tadbir ishtirokchilari tomonidan taklif qilindi va ularga atab kuy ijro qilishdi.
Tadbirda ishtirokchilar tomonidan yangi yil va archaga atalgan turli she’rlar, kuy-qo’shiqlar ajoyib ko’rinishlar jonli tarzda namoyish qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilar barchaga yaxshi kayfiyat ulashadigan QVZ jamoalarining ko’rinishlaridan parchalarni jonli tarzda namoyish etishdi. Bu bayramona tadbir juda ham taasurotlarga boy tarzda o’tkazildi.
Tadbirga ishtirokchilar puxta tayorgarlik ko’rishgani ular tomonidan jonli tarzda ijro etilayotgan kuy-qo’shiqlar, she’rlar va monologlardan bilinib turardi.
Tadbir juda ham maroqli va chiroyli sahna ko’rinishlariga boy bo’lib o’tdi. Yig’ilganlar tadbirdan juda ham yaxshi taasurotlar bilan tarqalishdi. Qo’shiqlar jonli tarzda kuylandi.
O’tkazilgan tadbir juda ham yaxshi ko’rinishlarga, ajoyib chiqishlarga boy bo’ldi. 11-sinf o’g’il bolalari tomonidan tashkillashtirilgan bu tadbirdan yog’ilgan tomoshabinlarning kayfiyatlari kutarilib tarqalishdi. Yig’ilgan tomoshabinlar ishtirokchilarga o’z minnatdorchiligini bildirishdi.

Qaror qilindi:

  1. O’tkazilgan tadbir juda yaxshi o’tilganligi inobatga olinib, bunday tadbirlar davomiyligi yo’lga qo’yilsin.

  2. O’tkazilgan tadbir natijasida ma’naviyat darslarida barcha o’quvchilarda mehr-muhabbat, vatanga, onalarga va ustozlarga hurmat tuyg’ulari shakllantirib borilsin.

Makyab direktori: N.Himmatov


MMIBDO’: G’.Safarov
Kutubxonachi: O.Jumayeva
Download 14.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling