2023 fev 5, 20: 48 Milliy ong bevosita har bir millat yoki elatning
Download 33.24 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqo\'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. aqliy tarbiya 2
2023 fev 5, 20:48 Milliy ong - bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e’tiqodlari, madaniyati, boshqa xalqlarning o’zaro ta’siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va madaniy-ma’naviy sohalarda faollik darajasi. «Milliy ong - O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashning samarali omillaridan biridir». Milliy ongni davr talabi darajasiga ko’tarish uchun davlatimizda katta ishlar amalga oshirilmokda. Bunda ta’lim-tarbiya muassasalari-ning roli ayniqsa muhimdir. Mafkura (arabcha «mafkura» - nuqtai nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmui) - jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g’oyalar majmui. Mafkura ijtimoiy borliqning, ya’ni keng ma’noda jamiyat hayotining ma’naviy-siyosiy in’ikosidir, uning inson ongida aks etishi, inson tomonidan anglanib, bir butun tizim holiga keltirilishi va bu tizimning amaliy faoliyatda nazariy asos hamda ruhiy tayanch bo’lib xizmat qilishidir. Ongimiz va dunyoqarashimizda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishimiz kerak ekan, dastlab bu mafkuraning mohiyatini chuqur anglab olishimiz kerak. Bu haqda oldingi mavzularda, boshqa fanlarni o’tish jarayonida ham kup to’xtab o’tilgan. Shu fikrlarni, bilimlarni yana bir esga tushiraylik. «Aqliy hujum» usuli qo’llaniladi. Talabalar guruhlarga bo’linib , «Milliy istiqlol mafkurasi - xalqimiz manfaatlari ifodachisi», «Milliy mafkuraga qo’yilgan talablar», «Milliy mafkuraning vazifalari», «O’quvchilarga milliy mafkurani singdirish yo’llari» haqida guruh bilan muhokama qilib, o’z xulosalarini beradilar. «Aqliy hujum» qoidalari yozilgan chizma doskaga osib qo’yiladi. Muhokamalardan so’ng chiqariladigan XULOSA: O’zbekiston jamiyatining milliy istiqlol mafkurasi, o’z mohiyatiga ko’ra, xalqimizning asosiy maqsad - muddaolarini ifodalaydigan, uning o’tmish va kelajagini bir - biri bilan bog’laydigan, asriy orzu - istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan g’oyalar tizimidir. Milliy istiqlol mafkurasi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi; xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyati, an’ana va udumlari, ulug’ bobokalonlanrimizning o’lmas merosidan oziqlanadi; adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik g’oyalari hamda xalqimizning ishonch va e’tiqodini aks ettiradi; yurt tinchligi , Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi; jamiyat a’zolarini, aholining barcha qatlamlarini O’zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi; millati, tili va dinidan qat’iy nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona Vatanga muhabbat, mustaqillik g’oyalariga sadoqat va o’zaro hurmat tuyg’usini qaror toptiradi; jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma - xilligi, vijdon erkinligi tamoyillariga rioya qilgan holda ma’rifiy yo’l bilan singdiriladi. Milliy mafkura faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda ham dolzarb siyosiy - ijtimoiy masala, jamiyatni sog’lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o’z muddaolariga erishishi uchun ma’naviy - ruhiy kuch - quvvat beradigan poydevor bo’lib kelgan. U har bir vatandoshimizning oilasi, jamiyat, el - yurt oldidagi burch va mas’uliyatini qay darajada ado etayotganini belgilaydigan ma’naviy mezondir. O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma - xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas. Bu qoida O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan Download 33.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling