2023-yil 10-yanvardan 2023 -yil 19-yanvarga qadar bo'lib o'tadigan katta. Uz


Download 96.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana25.01.2023
Hajmi96.08 Kb.
#1121762
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
raffle-46-uz

8. Tanlov
Ishtirokchilarining
huquq va
majburiyatlari
8.1. Tanlov Ishtirokchilari ushbu Tanlov Shartlariga rioya qilishlari, shu
jumladan, ushbu Shartlar bilan belgilangan muddatlarda Tanlovda
ishtirok etish bilan bog'liq barcha harakatlarni bajarishlari shart.
8.2. Tanlov Ishtirokchilari ushbu Shartlarga muvofiq Tanlov
Tashkilotchisidan Tanlov haqida ma’lumotni talab qilish huquqiga ega.
8.3. Tanlovda ishtirok etish fakti Ishtirokchilarning ushbu Shartlarga
to'liq
roziligini
bildiradi,
shuningdek
Ishtirokchining
shaxsiy
ma'lumotlarini Tashkilotchi tomonidan qayta ishlashga, shuningdek
Tanlovni bevosita amalga oshiruvchi va Tanlov Tashkilotchisi bilan
tegishli shartnoma tuzgan, yoki Tanlov o'tkazishda qonunchilikka rioya
etilishini nazorat qilish qonuniy yuklangan «Katta.uz» mobil ilovasida
joylashtirilgan Foydalanuvchi shartnomasiga muvofiq uning shaxsiy
ma'lumotlarini Ijrochilarga uzatilishga roziligini tasdiqlaydi. Rozilik
Tanlovning butun muddati davomida amal qiladi.
8.4. Agar Ishtirokchi Tanlov shartlarini buzsa, Tanlov Tashkilotchisi
Tanlovda ishtirok etishini rad etishga haqli.
8.5. Ushbu Tanlovga oid barcha nizolar O‘zbekiston Respublikasining
amaldagi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.


9. Tanlov
Tashkilotchilarining
huquq va
majburiyatlari
9.1. Tashkilotchi quyidagilarga majbur:
− tanlovni ushbu Shartlarga muvofiq o‘tkazish;
− ishtirokchilarga tegishli Xizmatlarni taqdim etish;
− tanlov shartlari o'zgargan yoki Tanlov tugatilishi rejalashtirilgan
taqdirda - ushbu Shartlarning 13.3.-bandida belgilangan tartibda
tegishli ma'lumotlarni joylashtirish.
9.2. Tashkilotchi o'z xohishiga ko'ra, Ishtirokchilarga sabablarini
tushuntirmasdan va ular bilan yozishmalarga kirishmagan holda
quyidagi huquqlarga ega:
− Ushbu Shartlarga rioya qilmaslik fakti aniqlangan taqdirda
Ishtirokchiga Xizmatni taqdim etishni rad etish.
− Ushbu Shartlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno,
Ishtirokchilar bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalar
o'tkazmaslik.
− Ushbu Shartlarning 12.1.-bandiga muvofiq, agar Ishtirokchi
Xizmatni olishdan bosh tortgan bo‘lsa, sovrinlarning birortasini
olmaganligiga tegishli Ishtirokchining da’vosini ko‘rib chiqishni rad
etish (Xizmat Ishtirokchi tomonidan qayta talab qilina olmaydi.
− Ishtirokchilardan zarur ma’lumotlarni talab etish (zaruriyat
tug'iladigan bo‘lsa).
– Tanlov g‘oliblari bilan Tanlovda ishtirok etish haqida reklama
suhbatlarini tashkil etish va o‘tkazish, shu jumladan suhbatni Internet
tarmog'ida jamoatga yetkazish, suhbatni televideniyeda ko'rsatish va
shu bilan birga suhbatdan boshqa ommaviy axborot vositalari uchun
foydalanish huquqini saqlab qoladi; Tanlov Ishtirokchilariga nisbatan
Yutib olingan sovrinlarni olganliklari munosabati bilan foto- va video
suratga olishlarni tashkil etish va o‘tkazish, Ishtirokchilar ishtirokidagi
tayyor foto- va video-materiallarni Internet tarmog‘ida, shu jumladan
Tashkilotchining internet-manbalarida nashr etish, Tanlov Ishtirokchisi
suratidan
qo‘shimcha
ogohlantirmasdan
va
haq
to‘lamasdan
foydalanish.
− Tashkilotchida ma’lumotlarni soxtalashtirayotganligi yoki Tanlovda
ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan har qanday ma'lumotlarni
soxtalashtirishdan foyda olayotganligi haqida asosli shubhalar paydo
bo‘lgan
taqdirda
Tanlov
Ishtirokchilarining
har
qanday
xatti-harakatlarini bekor qilish, shuningdek har qanday shaxsga
Tanlovda keyingi ishtirokini taqiqlash.
- Ushbu Shartlarning 1.1.-bandi, 13.3.-bandiga muvofiq ma'lumotlarni
joylashtirish orqali ularni darhol Tanlov ishtirokchilari e'tiboriga havola
qilgan holda, istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda ushbu Shartlarga
o'zgartirishlar kiritish.


- Tanlov o'tkazilishiga xalaqit beradigan va natijada Tanlov keyingi
o'tkazilishining imkoni bo'lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda,
Tanlov o'tkazishni vaqtincha to'xtatib turish yoki to'liq to'xtatish.
9.3. Tashkilotchining Ishtirokchi oldidagi javobgarligi Ishtirokchi haqli
bo'lgan Xizmat bilan cheklanadi.
9.4. Ushbu Shartlar Tanlovda qatnashish uchun yagona rasmiy shartlar
hisoblanadi. Ushbu Shartlarni noaniq talqin qilishga imkon beradigan
vaziyatlar va/yoki ushbu Shartlar bilan tartibga solinmagan masalalar
yuzaga kelganda, bunday talqin va/yoki tushuntirish bo‘yicha yakuniy
qarorni Tanlov Tashkilotchisi qabul qilinadi.
9.5. Tashkilotchi, shuningdek, ushbu Shartlar va rag‘batlantiruvchi
tadbirlarini o‘tkazishni tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga va boshqa
majburiyatlarga ega.

Download 96.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling