2023-yil 14-mart kuni tashkil etilgan ochiq dars muhokamasining bayonnomasi №


Download 18.66 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi18.66 Kb.
#1299394
Bog'liq
Ochiq dars bayyonomasi Boyqarayeva


TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Pedagogika va Psixologiya mutaxassisligi 2-bosqich magistranti
Boyqarayeva Navro’zgul Allaberdi qizining “Umumiy psixolgiya”fanidan
2023-yil 14-mart kuni tashkil etilgan ochiq dars muhokamasining
BAYONNOMASI №__


14.03.2023-yil Termiz shahar
Yig`ilish raisi: O.Eshmurodov
Yig`ilish kotibi: M.Karimova
Qatnashdilar: Psixologiya kafedrasi o`qituvchisi dots. v/b (PhD) O.Eshmurodov, katta o`qituvchilar, M.Imonova, K. Xo’shboqov, N. Amirova, M. To’raxonova, M. Karimova, S. Qayumova 2-kurs magistrantlari (5 nafar)
KUN TARTIBIDA
Pedagogika va Psixologiya mutaxassisligi 2-kurs magistranti Boyqarayeva Navro’zgul Allaberdi qizining Umumiy psixologiya (Yosh va podagogika psixologiyasi) fanidan o`tkazilgan ochiq dars tahlili
Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan dots.v/b PhD) O.Eshmurodov Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi 2-kurs magistranti Boyqarayeva Navro’zgulning “Umumiy psixologiya” fanidan “Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi” mavzusida o`tgan ochiq darsga ishtirok etgan o’qituvchi hamda Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi 2-kurs magistrlari bilan tahlil qilishni taklif qildi.
So’zga chiqdi: Mazkur masala yuzasidan katta o’qituvchi M. Imonova so’zga chiqib: Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi 2-kurs magistranti N.Boyqarayeva tomonidan bugun “Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi” mavzusida olib borilgan ma`ruza mashg’uloti tashkiliy qismni to`g`ri tashkil etdi, talabalarga mavzuni e`lon qilib foydalanilishi kerak bo`lgan adabiyotlar tavsiya etildi va darsni boshladi. Darsni boshlashda biroz hayajoni borligi sezilib turdi, lekin ovoz toni yaxshi auditoriyani o`ziga qarata oldi rejalar asosida mavzuni yoritishga harakat qildi, vaqtni to`g`ri taqsimlay oldi, lekin orqadagi talabalar biroz e’tibordan chetta qoldi, dars o’tishda taqdimotdan o’rinli foydalandi, taqdimotda mavzu yaxshi yoritilgan. Boyqarayeva Navro’zgul ko`proq o`z ustida ishlasa, pedagogik texnologiyalarni egallasa, pedagogik mahorati ortib yaxshi kadr bo`lishiga umid qilaman va bugungi darsni “juda yaxshi”deb hisoblayman.
So`zga chiqdi: Ushbu masala bo`yicha K.Xo’shboqov ham ushbu dars bo`yicha o`z fikrlarini bildirib o`tdi va yuqoridagi fikrlarga qo`shilgan holda bu darsni boshqa darslar bilan solishtirish imkonini berganligi takidlab o`tdi, darsda kuzatilgan kamchiliklar sifatida 3 va 7 yosh inqirozi haqida to’laqonli ma’lumot berilmadi, taqdimot shriftlariga ahamiyatli bo’lishini, bog’cha so’zini ishlatmasdan maktabgacha ta’lim tashkiloti deb yuritishni tavsiya qilar edim va bugungi darsni “yaxshi” deb hisoblayman.deb aytib o’tdi.
So`zga chiqdi: Psixologiya kafedrasining 2-kurs magistrantlari N.Nematova, B.Qorajonova, M.Turdiyeva, I.Yorboboyevalar ham dars haqida o`z fikrlarini bildirib o`tdilar.
Shundan so`ng dots.v/b PhD) O.Eshmurodov tahlil bo`yicha o`z fikrlarini bildirib o`tdi va o’tkazilgan dars “yaxshi” deb topilganini e’tirof etdi.
Yuqoridagi fikr va mulohazalarni inobatga olib yig`ilish
QAROR QILADI:
1.Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi 2-kurs magistranti Boyqarayeva Navro’zgulning “Umumiy psixologiya” fanidan “Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi” mavzusida ochiq darsi “yaxshi” deb topilsin.


Yig`ilish raisi: O.Eshmurodov
Yig`ilish kotibi: M.Karimova
Download 18.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling