2023-yil Reja: O‘qish darslarining maqsad va vazifalari
O'qituvchi har bir o'quvchining mustaqil ishlash jarayonida o'zlashtirish darajasini aniqlaydi
Download 148.69 Kb.
|
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarining o\'qish malakasini shakillantirish metodikasi
O'qituvchi har bir o'quvchining mustaqil ishlash jarayonida o'zlashtirish darajasini aniqlaydi.
Ichda o'qishda ongli o'qishga talab va e'tibor kuchayadi. Ichda o'qishda o'qituvchi o'quvchilar o'qishidagi kamchiliklarni aniqlay olmaydi. Bu undan foydalanishni cheklab qo'yadi. Ovozli o'qishning afzalliklari quyidagilar: O'qituvchi o'quvchilarning xato va kamchiliklarini, o'qish ko'nikmalarini aniqlay oladi. Kichik yoshdagi o'quvchilar ovoz chiqarib o'qisalar, matn mazmunini tez tushunib oladilar. Ovozli o'qishdan kitobxon estetik zavq oladi. Ovozli o'qishda ifodalilikka katta e'tibor beriladi.Ovozli o'qish o'quvchilar lug'atini boyitish va nutqini o'stirishda katta ahamiyatga ega shivirlab (yarim ovozli) o'qish darsning tashkiliy qismlarida, o'qituvchi sinf jurnali bilan mashg'ul paytda yoki o'quvchilarni darsga tayyorlash bosqichlarida o'tkaziladi. Maktabda o'qishning bu uch turi almashtirib turiladi. 1-2-sinflarda ovozli va shivirlab (pichirlab) o'qishdan ichda o'qishga o'tilsa, 3-4-sinflarda ichda o'qishdan ovozli o'qishga o'tiladi. 3-4-sinflarda o'qish turlaridan foydalanishda chegara qo'yilmaydi. Boshlang'ich sinflarda o'qishning hamma turiga bir xil talab qo'yiladi, ya'ni o'qish to'g'ri bo'lishi, tez, ongli va ifodali bo'lishi zarur. “Ta’lim to’g’risida” gi Qonun, ‘Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da ta’lim sohasida olib boriladigan ishlarning mazmuni va istiqbolini belgilab berdi. Ta’limni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishga doir tajribalar to’planmoqda va yaratilmoqda. Shu nuqtai nazardan boshlang’ich sinflarda ham dars o’tish jarayonini takomillashtirish uchun izlanishlar olib bormoqdamiz. Shu bois o’qish darsida ayrim mavzular yuqoridagi usullarda bayon qilinsa, bu mavzu materiallari o’quvchilar tomonidan osonlikcha o’zlashtirib olinadi. 4. Xulosa: Boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish malakasini shakillantirish metodikasi yuqori sifatli ta'lim-tarbiya jarayonini ta'minlash uchun murakkab va samarali bo'lishi kerak. Darslar o'quvchilarni faol tarzda qatnashishga chaqirish, o'z fikrlarini ifodalashga imkoniyat yaratish, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishlarini ta'minlashda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish malakasini shakillantirish metodikasi, ta'lim va tarbiya jarayonini birgalikda o'z ichiga oladi. Mustaqil o'qish, amaliy mashg'ulotlar, muhokama va munozara, visual asboblar qo'llash, o'quvchilarni adabiyot bilan yaqinroq tanishtirish, ularning fikr va taassurot salomatligini ta'minlash uchun katta ahamiyatga ega. Bu metodika orqali o'quvchilar til bilimlarini oshirish, g'oyaviy fikrlash va qo'shiqlarini rivojlantirish, umumiy o'quv bilimlarini kengaytirish va insoniy qadriyatni shakllantirish maqsadga muvofiq amalga oshiriladi. Download 148.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling