2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida


Download 28 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi28 Kb.
#1513464
Bog'liq
Фарғона вилояти халқ таълими бошқармаси бошлиғи Ш


Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Dolimovga.
O‘zbekiston Respublikasining "2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq 2023-yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga, shu jumladan, Vazirlikka ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari belgilangan.
Shunga ko‘ra 2023-yil uchun umumta’lim muassasalarining shtatlar jadvallari va tarifikatsiya ro‘yxatlari "UZASBO' dasturiy majmuasida yaratilgan modullar doirasida kiritilgan ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda shakllantirilishi hisobiga umumta’lim maktablarining 1 va 2 guruh harajatlariga talab etiladigan mablag‘lar ushbu dasturiy majmuasi orqali shakllantirilib rejalashtirilganligi ko‘rsatilgan. Bo‘lim tasarrufidagi umumta’lim muassasalarining o‘rtacha bir oylik ish xaqi miqdori 4111100 harajat moddasi bo‘yicha 8 624,5 ming so‘mni tashkil etadi.
Farg‘ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining 2023-yil 10-martdagi 06/553-sonli topshiriq xatiga asosan Qo‘shtepa tumani xalq ta’limi bo‘limida tumandagi umumta’lim maktablarining 2023-yil yanvar, fevral va mart oylari ish haqi va aprel oyining kutilayotgan birinchi yarmi ish xaqi mablag‘lari yuzasidan tahlil qilindi. Tahlil natijasida umumta’lim maktablarining 2023-yil aprel oyi uchun hisob raqamlarida 4111100 harajat moddasi bo‘yicha 2900,0 ming so‘m qoldiq mablag‘lar mavjud bo‘lib, o‘rtacha ish xaqiga nisbatan 33,6 foizni tashkil qiladi. Shu munosabat bilan yuqoridagi holat bo‘yicha tahlillar o‘tkazildi va ilovadagi jadvallar asosida ma’lumot ko‘ndirildi.


(Jadvallar va ma’lumotnoma ilova qilinadi.)
Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling