XIX asrda qator Yevropa mamlakatlari va AQShda arxivlarining eshiklari tadqiqotlar uchun ochildi. Natijada arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadlarda foydalanish va ularni nashr etish imkoniyati paydo bo’ldi. Ko’p mamlakatlarda maxsus arxivshunos kadrlarni tayyorlash yo’lga qo’yildi. 1821 yilda Fransiyada ilk arxiv instituti – Xartiyalar maktabi ochildi. Hozirgi kunda jahonnning barcha mamlakatlarida minglab arxivlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning orasida har bir davlatning markaziy (yoki milliy) arxivlari o’zlarining noyob hujjatlarga boyligi bilan ajralib turadi. Londondagi Davlat arxivi, Parijdagi Milliy arxiv, Rimdagi Markaziy davlat arxivi, Koblens shahridagi Federal Arxiv (GFR), Vashingtondagi Milliy arxiv, Moskvadagi Rossiya Markaziy davlat arxivi, Dehlidagi Milliy arxiv, Qohiradagi Markaziy davlat arxivi jahondagi eng yirik arxivlar qatoriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |