2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha


Download 43.22 Kb.
bet4/4
Sana26.06.2020
Hajmi43.22 Kb.
#121893
1   2   3   4
Bog'liq
qaror


2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha

YO‘L XARITASI”

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli/mexanizmi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

I.Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish

1.

BRMni amalga oshirishda uyg‘unlashgan yondashuvni sektorlararo muvofiqlashtirishni ta’minlash uchun “Iqtisodiy barqarorlik”, “Ijtimoiy himoya”, “Sog‘liqni saqlash”, “Ta’lim”, “Atrof muhit”, “Samarali boshqaruv” yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert guruhlar tarkiblarini shakllantirish

Yo‘nalishlar bo‘yicha ekspert guruhlarni tuzish

2018-yil dekabr

Muvofiqlashtiruvchi kengash

2.

2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy Barqaror rivojlanish maqsadlarining har biri bo‘yicha rivojlanish konsepsiyasini hamda maqsadlarning har birini amalga oshirish yuzasidan yillik rejalarni ishlab chiqish va Muvofiqlashtirish kengashiga kiritish

Rivojlanish konsepsiyasi

Tadbirlar rejalari



2019-yil may

Ekspert guruhlar rahbarlari

3.

Milliy BRM veb-saytini yaratish

Veb-sayt yaratish

2019-yil fevral

Davlat statistika qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

II.BRMga erishish mezon ko‘rsatkichlari tizimini shakllantirish

4.

Barqaror rivojlanishning milliy ko‘rsatkichlari bo‘yicha idoralararo ishchi guruh tarkibini shakllantirish

Idoralararo ishchi guruhni tuzish

2018-yil dekabr

Iqtisodiyot vazirligi,

Davlat statistika qo‘mitasi



5.

Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish holatini kuzatish uchun mezon ko‘rsatkichlari tizimini ishlab chiqish

Tadbirlar rejasi

2019-yil fevral

Milliy BRMga erishi� mezon ko‘rsatkichlarini shakllantirish bo‘yicha idoralararo ishchi guruh

6.

Inson huquqlarini himoya qilish, sud-huquq islohotlari va davlat boshqaruvi sohalarida Milliy BRMga tegishli idoraviy statistik ma’lumotlarning hajmi va turlarini belgilash

Idoraviy statistik ma’lumot ro‘yxati

2018-yil dekabr

“Samarali boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha ekspert guruhi

7.

Milliy BRMni amalga oshirish uchun qo‘shimcha moliyalashtirish, xalqaro moliya institutlari, investitsiyalar, xususiy sektorni jalb etish

Loyihalar portfelini shakllantirish, BRMni xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik dasturlariga kiritish

Aniq loyihalarni amalga oshirish doirasida TITga muvofiq bajariladi

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi


8.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasini tayyorlash va ko‘rib chiqishda Milliy BRMni hisobga olish va unda aks ettirishni ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlariga BRMni kiritish

Davlat budjetini ishlab chiqish va tasdiqlash doirasida

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi,

Iqtisodiyot vazirligi


III.Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish monitoringi va hisobdorlik

9.

Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yuzasidan O‘zbekistonning yillik Milliy hisobotini tayyorlash va uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hamda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashiga kiritish

Milliy hisobotni tayyorlash

2019-yildan boshlab

Muvofiqlashtiruvchi kengash,

Iqtisodiyot vazirligi, Ekspert guruhlari rahbarlari



10.

Jarayonga jalb qilingan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida Muvofiqlashtiruvchi kengashning Milliy BRMga erishish yuzasidan yillik majlislarini o‘tkazish

Parlamentda ko‘rish uchun alohida BRMga erishish natijalari bo‘yicha material tayyorlash

Zaruriyatga ko‘ra

Iqtisodiyot vazirligi

Oliy Majlis palatalari qo‘mitalari bilan hamkorlikda (kelishilgan holda)



11.

Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish mezon ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plashni davlat statistika ishlariga qo‘shish va ularni Milliy BRM veb-portalida nashr etishni ta’minlash

Statistik ishlarning yangilangan dasturi

2019-yil fevral

Davlat statistika qo‘mitasi

12.

Milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha yillik to‘plamlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etish, ularni Milliy BRM veb-portaliga joylashtirish

Milliy BRMga erishish statistik ko‘rsatkichlari to‘plami

2019-yilning

IV choragidan boshlab



Davlat statistika qo‘mitasi

13.

BMTning Statistika komissiyasi hamda boshqa tuzilmalari bilan tajriba almashish, xalqaro ekspertlarni taklif etish, Milliy BRM mezon ko‘rsatkichlari metodologiyasini ishlab chiqish, BMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari asosida statistik va BRMga erishish yuzasidan boshqa mavzuli hisobotlarni tayyorlash masalalarida hamkorlik qilish

Chora-tadbirlar majmuasi

Alohida jadval bo‘yicha

Iqtisodiyot vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Davlat statistika qo‘mitasi


14.

Xorijiy mamlakatlarning eng yaxshi tajribasini qo‘llashga bag‘ishlangan seminar va anjumanlarni tashkil etish (BMT, donor-mamlakatlar bilan hamkorlikda)

Seminarlarni o‘tkazish jadvali

Jadval bo‘yicha

Iqtisodiyot vazirligi

yetakchi ilmiy markazlar bilan hamkorlikda



15.

Bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali Milliy BRMga erishish jarayonini yoritish hamda aholining ushbu masala yuzasidan xabardorligini muntazam oshirib borish tadbirlarini o‘tkazish

Tadbirlar rejasi

Jadval bo‘yicha

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi




(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 09/18/841/2081-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Download 43.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling