207-guruh talabasi Po’latov Og’abekning Xalqaro huquq fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi


Download 0.52 Mb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1543362
  1   2   3   4
Bog'liq
Taqdimot Xalqaro Huquq .Po\'latov Og‘abek.

207-guruh talabasi Po’latov Og’abekning Xalqaro huquq fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi.

Tekshirdi. Tursinbaev M.

Mavzu: Xalqaro tashkilotlar huquqi. Reja: Kirish. I.Bob. Xalqaro Tashkilotlarning paydo bo‘lish tarixi va rivojlanishi. 1.1. Xalqaro tashkilotlar klassifikatsiyasi. 1.2. Xalqaro tashkilotlar maqomi. II.Bob. Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarda a’zolik. 2.1. Xalqaro tashkilotlar organlari. 2.2. O‘zbekiston Respublikasida xalqaro tashkilotlar huquqi shakllanishi va rivojlanishi. Foydalanilgan adabiyotlar.

Xalqaro tashkilotlar boshqacha qilib aytganda, davlatlararo birlashmalarning paydo bo‗lishi va rivojlanishi toʻgʻrisida fikr yuritilganda, qadimgi Yunonistonda miloddan avvalgi VI asrning boshlarida shakllana boshlangan shahar-polislarning ittifoqlariga murojaat qilishimiz mumkin. Odatda ikki xil turdagi ittifoqlar mavjud bo‗lgan:diniy-siyosiy ittifoq sifatida – harbiy-siyosiy ittifoq sifatida simmaxiya(misol uchun: Delos, Lakedemon simmaxiyalari, Etoliya va Axey ittifoqlari) hamda amfiktioniya (misol uchun: Delfiy-Fermopil) – yunon xudolari ibodatxonalarida tashkil etiluvchi yunon qabilalarining vakillari uyushmalari mavjud bo‘lgan.Lakedemon simmaxiyasi miloddan avvalgi VI asrda Peloponnesdagi shaharlar va qabilalarning ittifoqi sifatida tashkil topgan. Ittifoqning boshida Sparta turar edi.XIII va XVII asrlar davomidagi Ganza savdo ittifoqi savdo gildiyalarining bloki hisoblangan va Boltiq dengizida, qisman Shimoliy dengiz va Shimoliy Yevropaning katta qismida savdo monopoliyasini o‘rnatgan edi.

XIX asrning yarmidan boshlab dunyo xaritasida xalqaro tashkilotlar ko‘paya bordi. Jumladan, 1864-yili Yer o‗lchash xalqaro ittifoqi, 1865-yili Xalqaro telegraf ittifoqi, 1874-yili Xalqaro pochta ittifoqi, 1875-yili O‘lchov va og‘irliklar (mer i vesov) bo‘yicha xalqaro byuro, 1886-yili Adabiy va badiiy mulkni muhofaza qilish uchun xalqaro ittifoq, 1890-yili Bojxona tariflarini nashr qilish xalqaro ittifoqi kabi xalqaro tashkilotlar tuzilgan.Va bu tashkilotlar davlatlar o‘rtasidagi xalqaro shartnomalar asosida tashkil etilgan, doimiy organlarga ega bo‘lgan, ularning a‘zolari davlatlar hisoblangan va ularning kotibiyati va shtab-kvartirasi (qarorgohi) bo‘lgan.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling