21- mavzu: mokisiz avtomatik to‘quv dastgohining uzel va detalarini ta‘mirlash


Download 367.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana25.04.2023
Hajmi367.09 Kb.
#1396909
  1   2   3
Bog'liq
21-маруза



21- MAVZU: MOKISIZ AVTOMATIK TO‘QUV DASTGOHINING UZEL 
VA DETALARINI TA‘MIRLASH 
STB dastgohi elektrodvigateldan 10 ponali tasmali uzatma 9 va ilashadigan 
friksion mufta 6 murakkab tartibda ishlaydigan elektrodvigatel. orqali harakatga 
keltiriladi. Valdagi moment dastgohning ish paytida notekis va 60 foizdan 85 
foizgacha o‘zgarib turadi, bu uning mexanik va elektrik jarohatlanishiga olib keladi. 
Elektrodvigatel ko‘p fazali qisqa tutashuvlardan himoyasi mavjud bo‘lib, qisqa 
tutashuv ta‘sirida ishdan chiqish hodisasi ro‘y berishi mumkin. Bunday 
elektrodvigatellar yangisiga yoki ta‘mirlanganligiga almashtiriladi, dastgohdan 
yechib olinganlari esa elektrodvigatellarni ta‘mirlash bo‘yicha maxsus zavodlarga 
yoki elektr sexlariga yuboriladi. 
STB dastgohi ishlash jarayonida shunday hodisalar ro‘y baradiki, yetarlicha 
moylash ishlari olib borilsa, shkivlar (27.2-rasm) teshigi yeyiladi. Bunday 
nosozliklarda burilish vali tasodifan to‘xtab qolish holatiga tushib qoladi, bu esa 
baxtsiz hodisaga olib kelishi mumkin. Bunday shkivlar dastgohdan yechiladi va 
ta‘mirlanadi. Yeyilgan teshiklar tokarlik dastgohida yo‘niladi va unga ta‘mirlash 
vtulkasi zichlanadi (bronza yoki poroshokli materialdan tayyorlanadi). 
Muftalarni ta‘mirlashda uni bo‘laklashadi. Ishni yengillashtirish va detallarni 
saqlash uchun maxsus yechgichlar qo‘llaniladi. 27.3-rasmda keltirilgan yechgich 
ajraladigan konusli vtulkadan 1 muftani 2 yechish uchun xizmat qiladi. Yechgich 
ikkita uzun vint 4 va plankadan 5 iborat. Vint 4 uchida kesilgan joyi mavjud. Vint 4 
bitta uchi bilan rez’bali teshikka buraladi, bunda mufta 2 yoni mavjud, ikkinchi uchi 
bilan plankaning 5 ochiq teshigi orqali o‘tkazilib, u bosh val 3 yoniga tayanadi. 
Gaykalarni 6 bir xil burab, muftani bosh valdan 3 yechib olinadi, bunda hyech 
qanday jarohatlanish sodir bo‘lmaydi.
Dastgohning notekis yurishida elektrodvigatel kuchli yuklanadi, tormoz 
qiziydi va tormozning ishdan chiqishiga olib keladi. Tormoz lentasi va shkivning 
yetarlicha kontakti bo‘lmaganda dastgoh bosh vali tormozlanishi ishdan chiqadi. Bu 


holda tormoz shkivi lentaga nisbatan sirpanadi va dastgoh to‘xtaydi. Tormoz lentasi 
jarohatlansa yoki misli-asbestli qoplama qoldig‘i bo‘lganda ta‘mirlanadi: nosoz 
qoplama olib tashlanadi, yangisi yelimlanadi yoki parchin mix yordamida 
mahkamlanadi. Misli-asbestli qoplama uncha ko‘p yeyilmasa rostlovchi vint 
yordamida burab sozlanadi.
27.2-rasm. STB to‘quv dastgohi yuritmasi; 
1-bosh val; 2 tormoz shkivi (baraban); 3-tormoz lentasi; 4-friksion plastinalar;
5-krestovina-mufta; 6-ilashish friksion muftasi; 7-kesilgan konusli vtulka; 8-shkiv; 
9-ponali tasmali uzanma; 10-elektrodvigatel; 11-richag plastinasi; 12-prujina; 13-
chekka qayta ulagich; 14-ulash shtangasi; 15-chambarak; 16-tortkich; 17-nazorat 
vali; 18-ayri. 
27.3-rasm. Friktsion muftani yechgich;
1- vtulka; 2-mufta; 3-val; 4- vint; 5- planka.
Tormoz lentasi 2 27. 4-rasmda ko‘rsatilgan moslamada rostlanadi.
Moylangan tormoz lentasi va shkiv obdon artiladi va tozalanadi. Agar tormoz 
shkivida tirnalishlar bo‘lsa, u yechib olinadi va tokarlik dastgohida yo‘niladi.


27.4-rasm. Tormozni ta‘mirlash uchun moslama; 
1-plita; 2-metall tormoz lentasi; 3-friksion qoplama; 4-tormoz shkivi; 5-siqish 
bolti; 6-gayka; 7-barmoq; 8-rolikli siquvchi richag; 9-markaziy siqish gaykasi. 
27.5-rasm. Konusli vtulkadan tormoz shkivini yechish uchun yechgich; 
1-tormoz shkivi; 2-vtulka; 3-truba; 4- disk; 5-vint;6- val. 

Download 367.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling