21-mavzu. Insho o‘tkazish metodikasi.(2 soat)
Download 104 Kb.
|
21-ma\'ruza
Adabiy mavzudagi insho ta’lim dasturida qayd qilingan, dars jarayonida o‘tilgan mavzular asosida yoziladigan, darslar va darsliklardagi ma’lumotlarga o‘quvchining munosabati, shaxsiy fikrlari ifodalanadigan, ijodiy yondashuv asosidagi yozma ishdir. Adabiy mavzudagi inshoda muayyan yozuvchi, shoiming hayoti va ijodi, qahramonlar xarakteri, fe’l-atvori, faoliyati, taqdiri tahlil qilinadi, ijodkor faoliyati, asarlariga doir umumiy ma’lumotlar bayon etiladi, badiiy asar mazmuni, g‘oyasi hamda undagi qahramonlar xarakterini, taqdirini yoritishda, tahlil qilishda o‘quvchining mustaqil yondashuvi aks etadi. Ijodiy yondashuv, mustaqil fikr inshoning zarar shartlaridan biridir. Ta’lim jarayonida adabiy mavzudagi insholar к eng qo‘l!anadi. Adabiy mavzudagi insholar matn asosidagi insholar, deb ham yuritiladi.
Adabiy mavzudagi insholardan ona tili va adabiyot darslarida keng foydalanish, reyting tizimining oraliq va yakuniy nazoratlarini insho ko‘rinishida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Adabiy mavzudagi insholar o‘quvchining badiiy nutqini rivojlantiradi, unga o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag‘a singari adabiy tasvir vositalaridan foydalanishni, oddiy so‘zlar bilan rna’nosi kuchaytirilgan bo‘yoqdor so‘zlarni farqlash va qo‘llay bilishni o‘rgatadi. Shuningdek, yozuvchi uslubini tushunish, asar kulminatsiyasi va yechimidagi voqea-hodisalami anglash, asar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini keng, aniq va izchil, erkin ravishda bayon qilish imkonini beradi. Adabiy insholardan faqat adabiyot darslarida emas, balki ona tili mashg‘ulotlarida ham keng foydalaniladi. Bunday insholar yozuvchi mahoratini aniqlashga, asar qahramonlari olamiga kirishga, ulami bir- biri bilan taqqoslab, yaxshilik va yomonlikning tub mohiyatini anglashga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda ona tili qoidalarini, badiiy uslub xususiyatlarini o‘zlashtirishda ahamiyatlidir. Adabiy insholar o‘quvchidan badiiy nutq ko‘nikmasini talab etadi. Masalan, “Ma’nodosh va qarama-qarshi ma’noli so‘zlar” mavzusi o‘rganilgandan so‘ng o‘quvchilarga yaxshilikni, insonning, ijobiy, ezgu fazilatlarini ifodalovchi so‘zlaniing qarama-qarshi ma’nolilarini toptirish, ma’lum bir asar misolida “Yaxshi fazilatlar - inson ziynati” adabiy inshosini yozdirish mumkin bo‘ladi. Adabiy insholar badiiy adabiyot namunalari asosida yaratiladi. O`quvchilar o‘rganilayotgan til hodisalari bilan bog‘liq holda badiiy asarlar, ulardagi qahramonlar, bayon qilingan qiziqarli voqea- hodisalarni tahlil qiladilar, o‘z munosabatlarini bildiradilar. Download 104 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling