21-mavzu. Insho o‘tkazish metodikasi.(2 soat)


Download 104 Kb.
bet3/6
Sana30.04.2023
Hajmi104 Kb.
#1408051
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
21-ma\'ruza

Erkin mavzudagi insho adabiyot fani dasturida qayd etilmagan, ijtimoiy hayotning muhim masalalari, milliy qadriyatlar, urf-odat, an’analar, davr mafkurasi, yoshlar faoliyati bilan bog‘liq axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy mavzularda yoziladi. O`quvchining ma’lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi, fikr va mulohazalarini aks ettiruvchi, ijodkorlik

qobiliyatini, his-tuyg‘ularini namoyon qilishga qaratilgan insholar erkin mavzudagi insholardir.
Badiiy adabiyotdan yaxshi xabardor o‘quvchigina erkin mavzuda qiynalmay insho yozishi mumkin. Erkin mavzudagi insholar mavzusi va materiallari hayotning turli sohalariga oid bo‘lishi mumkin. Bunday nazorat turi o‘quvchidan hayotni yaxshi tushunish va bilishni, voqea-hodisalar haqida yetarli, ilmiy, aniq ma’lumotga ega bo‘lishni, o‘z fikr-mulohazasini bayon eta olishni, o‘qilgan badiiy asarlar, teleko‘rsatuvlami, kinofilmlami, teatr namoyishlarini muhokama qilib, mustaqil xulosa chiqarishni taqozo etadi. Shuning uchun erkin mavzudagi insholar adabiy insholarga qaraganda murakkabdir. Erkin mavzudagi insho o‘ziga xos kichik nasriy asar bo‘lib, unda o‘quvchining o‘zligi ko‘proq namoyon bo‘ladi.
Nazoratlarda “Mening sevimli qahramonim”, “Ommaviy axborot vositalariga munosabatim”, “Ustoz o‘gitlari”, “Vatanga sadoqat” va shu kabi erkin mavzularda insho yozish mumkin.
Adabiy va erkin mavzudagi insholar bir-biridan, avvalo, asoslaniladigan manbasi bilan farq qiladi. Adabiy insholarning manbai adabiy asarlar boisa, erkin insholarning manbai serqirra hayot, o‘quvehilarning kuzatishlari va taassurotlari boiishi mumkin.
Umumta’lim jarayonida adabiy va erkin mavzudagi insho asosida davlat imtihoni o‘tkaziladi.
Har qanday matn, shu jumladan, insho ham muayyan janr xususiyatlarini namoyon qiladi. An’anaviy insho adabiy-tanqidiy maqolaning analogiyasini o‘zida aks ettiradi. Insho uchun eng maqbul janrlar sifatida adabiy-tanqidiy maqola, esse, ocherk, kundalik, maktubot janri, sayohatlar e’tirof etiladi. Bularning barchasini ham adabiy, ham ommabop mavzularda yozish mumkin. Turli janrdagi insholar ustida ishlash sermulohaza, savodli o‘quvchini tarbiyalaydi, tildagi ma’no nozikliklarini fahmlash, badiiy did, obrazli fikrlash va ijodiy tafakkurni rivojlantiradi. O`quvchi ijodiy yondashuvi orqali yozma ishning o‘ziga xos xususiyatini yaxshiroq anglaydi. Bunday insholar nisbatan mustaqil va turli-tuman bo‘ladi. Ularning mohiyatini anglash uchun insho ta’limini muayyan tartibda olib borish kerak bo‘ladi. Janming o‘ziga xosligini tushuntirish, nazariy bilish; turli janrdagi badiiy asar yoki adabiy tanqidchilik namunalarini o‘qish va tahlil qilish; turli mualliflaming bir asarga bag'ishlangan maqolalarini taqqoslash; badiiy asar yoki adabiy tanqidning janr xususiyatlarini o‘zlashtirishga yordam beruvchi, o‘quvchilaming ma’lum bir janrda insho yozishiga ko‘maklashuvchi namunaviy savollar tuzish; yozma ishlarni bajarish va ulami tahlil qilish asosiy vazifalar hisoblanadi.
Adabiy-tanqidiy maqola, taqriz, esse badiiy asarlami va ularda aks ettirilgan hayot hodisalarini baholash hamda izohlashga qaratilgan adabiy tanqid janrlari hisoblanadi. Adabiy tanqid ham zamonaviy, ham mumtoz adabiyotni o‘rganadi, u estetika, adabiyot nazariyasi va tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Adabiy tanqid xususiyatlari vaqt o‘tishi bilan yangilanib boradi, uning maqsad va vazifalari ham o‘zgaradi.
Adabiy turdagi janrlardan ayrimlari uslub xarakteriga ko‘ra inshoni eslatadi. Insho o‘quv jarayoni, ta’lim bosqichlari, o‘qitish, ta’lim berish, baholash tizimi bilan xarakterlanadi va shu jihatlari bilan yondosh adabiy janrlardan ajralib turadi. Inshoning insho- miniatyura, muhokama-insho (esse), kartina bo‘yicha insho, tavsifiy insho, mulohaza-insho, tasviriy insho, kundalik, maktub, rivoyat- insho, ertak- insho kabi ko‘rinishlari ham qayd etilgan.

Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling