21-mavzu. Insho o‘tkazish metodikasi.(2 soat)
Download 104 Kb.
|
21-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsifiy insholar
- Mulohaza-insholar.
- Mulohaza yuritish
Muhokama-insho - inshoning muhim turidir. Inshoning bu turida o‘quvchilardan qiyoslash, ma’lum bir voqea-hodisaga baho berish, o‘z nuqtayi nazarini himoya qilish, o‘zining haqligini isbotlash kabilar talab etiladi.
Muhokama-insho induktiv yoki deduktiv usul asosiga qurilgan bo‘lishi mumkin. Induktiv usulda yaratilgan insholarda avval ilgari surilayotgan fikmi asoslashga xizmat qiladigan dalillar, isbotlar keltirilib, so‘ngida umumiy xulosalar beriladi. Deduktiv usulda esa xulosadan dalil va asoslarga boriladi. Tavsifiy insholar muhokama inshoning bir ko‘rinishidir. Tavsifiy insho - voqelik, narsa-hodisa mohiyati batafsil, ko‘zga tashlanadigan belgilaridan tortib eng mayda, yashirin qirralarigacha atroflicha tahlil etiladigan yozma ish turidir. Tavsifiy insholar o‘quvchidan o‘qilgan badiiy asar, ko‘rilgan kinofilm qahramonlari haqida shaxsiy fikr- mulohazalarini bayon etishni talab etadi. Tavsifiy insho ham kirish, asosiy, xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi. Kirish qismida tavsif predmeti va obyekti, asosi bayon etiladi. Asosiy qismda predmet, obyektning farqli belgilarini topish: shaxslar portreti, hayot tarzi, xatti-harakatlari, fe’l-atvori, asosiy mashg‘uloti, kimlar bilan muloqotda bo‘lishi, jonsiz narsalarda esa o‘lchami, o‘ziga xos belgilari, tashqi ko‘rinishi, shuningdek, asosiy farqli jihatlari, predmet, obyektning xususiyatlarini yoritish maqsadga muvofiqdir. Xulosa qismida narsa-hodisa, voqelikning asosiy jihatlari umumlashtiriladi. Mulohaza-insholar. Muhokama inshoning yana bir turi mulohaza insholardir. Mulohaza inshoning maqsadi o‘quvchini aytilgan fikrga ishontirish, muayyan masala haqidagi qarashlarini o‘zgartirish yoki mustahkamlashdan iborat. Shu sababli mulohaza inshoning asosini aniq shakllantirilgan, tushunarli va har tomonlama asoslangan bir asosiy fikr tashkil etadi. Mulohaza yuritish turli dalillar bilan asosiy fikmi tushuntirib yoki isbot qilib berishdir. Odatda, mulohazalardan so‘ng xulosa chiqariladi. Mulohaza insholarda isbotlanishi talab qilingan fikr aniq bo‘lishi kerak. To‘liq mulohaza insholar uch qismdan tashkil topadi. Bular: tezis - isbotlanishi kerak bo‘lgan fikr, mulohaza; dalil - fikmi isbotlashga xizmat qiluvchi faktik material; xulosa - mohiyatan tezisning ma’lum ma’nodagi takrori, biroq umumlashma tavsiyalar bilan yangi darajaga olib chiqilgan hukm. Mulohaza-insholarning mavzusi ham munozara shaklida bo‘ladi. Masalan, “Qaysi kasb muhim?”, “Sharq madaniyat beshigidir”, “Dilkash (Dilmurod, Nilufar v.h.) haqmi?”, “Botir (Sohib, Olim v.h.) haqiqiy do‘stmi? kabi mavzularda yoziladigan matnlar shu tipdagi insholar bo‘lib, o‘quvchi qo‘yilgan munozarali savolga shaxsiy munosabatini bildiradi va o‘z nuqtayi nazarini asoslashga intiladi. O`qituvchi insho mavzusini sinf o‘quvchilarining hayotidan, gazeta va jurnallarda e’lon qilingan munozarali maqola va xabarlardan tanlashi mumkin. Mulohaza-insho muqaddimasi o‘quvchini suhbatga jalb qilish, masalaning mohiyati va muhimligini aniqlash maqsadida belgilangan qismdir. Muqaddimani kiritish ixtiyoriy hisoblanadi. Download 104 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling