21-Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari Reja Korruptsiya illatlariga qarshi kurashishning mexanizimlari


Download 30.12 Kb.
bet3/4
Sana29.01.2023
Hajmi30.12 Kb.
#1138499
1   2   3   4
Bog'liq
21...-мавзу маруза матни

Oltinchidan, jinoiy usullar bilan boylik va mo’may pul orttirgan kimsalarning yangi huquq himoyachilari va hatto demokratiya uchun jafo chekkan kurashchilar sifatida siyosatga kirib olishga harakat qilayotganidan dalolat beruvchi misollar, jumladan, bizda ham oz emas. Ular bunday xatti-harakatlari bilan insoniyatning adolat va demokratiya kabi olijanob ideallariga naqadar jiddiy zarar yetkazayotganlarini, o’z xalqlari va mamlakatlari sha’niga dog’ tushirayotganlarini aytib o’tirishning hojati bormikin? Nafsilamrini aytganda, ular o’z xalqlari va mamlakatlarining taqdiriga, ozodlik va mustaqillik ideallariga mutlaqo befarq qaraydilar. Bunday shaxslarning turish-turmushi ketma-ket qilingan jinoiy xatti-harakatlar zanjiridan iboratdir. Avvaliga o’z xalqini aldab kapital to’planadi, keying gal – demokratiya va adolatni ro’kach qilgan holda jamoatchilik fikrini aldab, siyosiy obro’ orttiriladi. Sir emaski, bunday shaxslar o’z manfaatlari yo’lida respublikadagi vaziyatga ta’sir ko’rsatishga urinayotgan tashqi kuchlarga xizmat qilishga hamisha tayyor turadilar.
O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan № O’RQ – 419 raqamli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” qonuniga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora – tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi. (4-modda)
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosoiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

  • Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

  • Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora – tadbirlarni amalga oshirish;

  • Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularga chek qo’yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart – sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash ( 5- modda). 5


Download 30.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling