21-mavzu: Metallarni sinishi
Download 234.5 Kb.
|
21-MAVZU
Materiallarni ishlash harorati pasayishi bilan ularning qovushqoqligi, plastikligi pasayadi mo‘rt yemirilishga (buzilishga) moyilligi ortadi. Bu materialni mo‘rt sinishga olib keladi. Mo‘rt temirga, po‘latlarga, hajmi markazlashgan va geksogonal panjarali po‘lat va qotishmalarga xos. Material ishonchli ishlashi uchun qovushqoqlik harorati zaxirasi bo‘lishi lozim. Bunga materialni sovuq sinish ostonasi (chegarasi) uni ishlatish haroratini past bo‘lgan holatda erishiladi. Materialni zarur bo‘lgan qovushqoqlik harorat zaxirasi materialni sovuq sinishiga ta’sir qiluvchi faktorlarga bog‘liq: kuchlanishlarni to‘planishiga, kuch qo‘yish tezligiga, detal o‘lchamlari va h.k. Qovushqoqlikni harorat zaxirasi qancha katta bo‘lsa, soviq sinish xavfi kichik bo‘ladi, ishlash ishonchliligi yuqori bo‘ladi. Yoqlari markazlashgan kristallik panjarali metall va qotishmalar, titan va uning geksogonal panjarali qotishmalarini sovuq sinish ostonasi yo‘q, ularni sovutganda zarbiy qovushqoqligi bir tekis (bir oxangda) kamayadi. Bunday materiallarni sovuq sinishi uni zarbiy qovushqoqligi 0,3MDj /m2 (tksi=0,3) dan ko‘p bo‘lgandagi harorati bilan baholanadi. 3-rasm. Konstruktsion materiallarni zarbiy qovushqoqligini (Q) va oquvchanlik chegarasini (b) haroratga bog‘liqligi: 1-12X18N10T-suvda toblash (1100ºS); 2-0N9-suvda toblash (980ºS), bo‘shatish (600ºS); 3-VT5-1-normallash (750ºS); 4- 03X9K14N6M3T-xavoda toblash (950ºS), eskirtirish. 5-AMt5-bo‘shatish (400ºS). Sovuq sinishga yana quyidagi faktorlar ham ta’sir qiladi: mustahkamlik (σv,σag), fizik va texnologik xossalar,tashqi muhit bilan mosligi. Materialni issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazishligi qancha kam bo‘lsa, uni sovishi (muzlashi) shuncha oson bo‘ladi. Plastiklik yupqa listlar va yupqa devorli elementlar olish imkonini beradi. Yupqa devorli detallar (konstruktsiyalar) qalin devorliga nisbatan sovuq sinishga moyilligi kam. Download 234.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling