21-Mavzu. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana30.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1413075
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
21-MAVZU.MA\'RUZA.O\'zbekiston geogr.2-kurs (1)

Qishloq xo’jaligi. Sirdaryo viloyati respublikamizning asosan qishloq xo’jaligiga 
ixtisoslashgan va shu maksadda tashkil etilgan ma’muriy xududi hisoblanadi. Biroq 
hozirgi vaqtda, xususan sobiq Itgifoq parchalanishi va “umumittifok mehnat 
taqsimoti”ning barham topishi bilan viloyat iqtisodiyotida jiddiy muammolar 
yuzaga 
keldi. 
Bunday 
sharoitda, 
eng 
avvalo, 
mintaqa 
iqtisodiyotini 
diversifikatsiyalash, paxta yakka xokimligini yuqotish, ishlab chiqarishning yuqori 
texnologik pog’onalarini tashkil qilishdek jiddiy vazifalar paydo bo’ldi Mustaqillik 
yillarida bu va shunga o’xshash masalalar boskichma-bosqich hal etib 
borilmokda.Viloyat katta yer maydoniga ega emas; uning jami maydoni 372,2 ming 
gektar bo’lib, shundan 283,7 ming gektaridan qishloq xo’jaligida 
foydalaniladi.(2018yil 1-yanvar). Bu respublikamizning qator hududlariga 
qaraganda ancha yuqori ko’rsatkich hisoblanadi. Qishloq xo’jaligiga yaroqli 
yerlarning 93,4 foizini sug’oriladigan yerlar tashkil qiladi. Bu ham Xorazm, Andijon 
viloyatlariga o’xshash nihoyatda yuqori ko’rsatkichdir. Demak, Sirdaryoda yer-
resurs salohiyatidan intensiv foydalanish koeffitsienti ancha katga.


Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlar hissasi Oqoltin, Guliston, 
Sardoba tumanlarida nisbatan yuqori, sug’oriladigan maydonlar esa Oqoltin, Xovos, 
Sayxunobod kabi tumanlarda 95-100 foizni tashkil qiladi. Yerlarni sug’orish 
maksadida viloyatda qator irrigatsiya infratuzilma shaxobchalari, jumladan, 
magistral kanal va ariqlar qazilgan (Sarkisov nomli Janubiy Mirzacho’l, Do’stlik 
kanali va uning markaziy hamda chap, irmoqlari, Jizzax mashina kanali, 1 va 2 
mashina kanalari). Shuningdek, yangi yerlar o’zlashtirilgan boshqa mintaqalarga 
xos bo’lgan qator kollektor va drenajlar, tashlamalar ham qurilgan. Masalan, 
Markaziy, 1 va 2 - Sardoba, Boyovut, Shuro’zak va boshqa kollektorlar, Sharqiy 
tashlama va x-k. Kanal, kollektor va tashlamalar viloyat irrigatsiya va melioratsiya 
infratuzilmasining o’zagini tashkil etadi. Kanallar viloyatning janubida ko’proq 
bo’lsa, kollektorlar uning quyi va markaziy kismlarida zichrok joylashgan.Ekin 
ekiladigan yerlar qishloq xo’jaligida foydalaniladigan maydonlarning o’rtacha 86,5 
foizini egallaydi Bu ko’rsatkich, ayniqsa, Okoltin va Sayxunobod tumanlarida 
yuqori, uning birmuncha pastrok holati esa Xovos tumaniga tegishli. Ko’pgina 
mintaqalardan farq qilib, bu yerda yaylov va pichanzorlar maydoni uncha katga 
xududni egallamaydi- o’rtacha 7,1 %. Uning nisbatan ko’proq ulushi Mirzaobod va 
Boyovut tumanlarida ko’zatiladi.Viloyat qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 64,3 
foizini dehqonchilik beradi. Fermer xo’jaliklarining agroiqtisodiyot tizimidagi 
ulushi 41,3 %. Bu respublikamizda eng yuqori kursatkichlardan hisoblanadi 2018-
yilda viloyatda jami 207,3 ming gektar yerga turli xil ekinlar ekilgan (2000 yilda 
260 ming ga). Donli ekinlar 98,1 ming gektarni egallagan (2000 yilda 217 ming ga). 
Shu yilda jami 372,9 ming tonna bug’doy olingan; uning hosildorligi 42,4 s/ga 
bo’lgan. Donli ekinlardan viloyatda qisman sholi ham ekiladi. Ushbu ekin turiga 5,0 
ming ga yer ajratilgan bo’lib, undan 37,0 ming t hosil olingan (hosildorlik o’rtacha 
46,5 s/ga). 
Paxta har yili taxminan 105-110 ming gektar maydonda yetishtiriladi, yalpi 
hosil 240-250 ming tonna atrofida. Qayd etish lozimki, paxtaning hosildorligi yuqori 
emas - atigi 23,2 s/ga. 2018yilda 81,2ming gektarga paxta ekilgan. Shundan yalpi 
hosil 165,1ming tonnani hosildorlik esa 20,0 sentnerni tashkil etgan. Demak, viloyat 
paxtachiligining iqtisodiy samaradorligi uncha katga emas. Yana shuni ta’kidlash 
kerakki, viloyatda paxta ekin maydonlari yildan-yilga qisqarib bormoqda. Bu ijobiy 
hol bo’lib, paxtadan bushagan yerlarga g’alla, poliz, sabzavot ekiladi. Agar 2000 
yilda paxtazorlar barcha ekin maydonlarining 53,1 foizini egallagan bo’lsa, 2013-
yilda bu raqam 44,2 foizga tushgan.Sirdaryoda azaldan polizchilik, xususan qovun, 
tarvo’z yetishtirish (“Mirzacho’l qovunlari”) yaxshi rivojlangan. 2013-yilda poliz 
maydonlari 4,3 ming gektarga teng bo’lgan va 250 ming tonnaga yaqin hosil 
olingan. Bu yerda sabzavotchilik ham rivojlanib bormoqda: maydoni 4,0 ming ga, 
yalpi hosili - 218 ming tonna. Bogdorchilik va uzumchilik Sirdaryoda nisbatan 


sustroq tashkil etilgan: bog’dorchilikka 5,6 ming ga, uzumzorlarga 1,6 ming ga yer 
ajratilgan. 2018yilda 31,8 ming gektar yerga kartoshka, sabzavot, poliz 
mahsulotlari ekilgan.Ushbu yilda kartoshkadan 56,8ming tonna, sabzavot 
ekinlaridan 270,5 ming tonna,polizdan 216,3 ming tonna hosil olingan. 
Shuningdek, yirik shoxli qoramollar soni 458,3 ming, qo’y va echkilar 163,3 
ming bosh. Bir yilda tirik vaznda 64,8 ming tonna go’sht, 341,5 ming t sut, 155,8 
mln dona tuxum olindi. Chorvachilik sohalarida mahsulotning ko’pchilik qismini 
dehqon xo’jaliklari beradi.Qishloq xo’jalik geografiyasida eng katta 
ko’rsatkichlarga Boyovut (jami mahsulotning 15,0 %), Sirdaryo (13,8 %), Oqoltin 
(13,5 %) va Sardoba (12,8 %) tumanlari ega. Birmuncha pastroq ulush Guliston va 
Mirzaobod tumanlariga to’g’ri keladi
Avvalroq ta’kidlanganidek, Sirdaryo viloyatida fermerchilik ba’zi mintaqalarga 
qaraganda yaxshi yulga quyilgan Bunga yer maydonlarining aholi soniga nisbatan 
kattaligi, tadbirkorlikning rivojlanganligi ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Tabiiyki, katta 
yer maydonlarida mexanizatsiyadan foydalanish imkoniyatlari katta. Bu yerda 
Farg’ona vodiysidan farq qilib, ekin maydonlari katta va aholi manzilgoxlari bilan 
bulinmagan. Bepoyon paxtazorlarni, o’ziga xos agrolandshaftni ayni shu hududda 
qurish mumkin. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling