21-Mavzu. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja


Aholisi va mehnat resurslari


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana30.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1413075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
21-MAVZU.MA\'RUZA.O\'zbekiston geogr.2-kurs (1)

Aholisi va mehnat resurslari. Viloyat mamlakatimizda o’zining demografik 
salohiyati bo’yicha oxirgi o’rinlarning birini egallaydi (Navoiy va Sirdaryo 
viloyatlaridan oldinda, xolos).
Aholisining o’sish sur’ati ham respublika o’rtacha darajasi atrofida. Aholining 
tabiiy ko’payishi bo’yicha Surxondaryova Qashqadaryo viloyatlaridan keyingi, 
taxminan Xorazm, Namangan va Buxoro viloyatlari bilan bir qatorda turadi. So’nggi 
13 yil mobaynida viloyat aholisi 123 foizga usgan holda, o’rtacha bir yillik 
ko’payish 1,60 foizga teng bo’lgan.Eng yuqori ko’rsatkich Baxmal, Jizzax va 
Paxtakor tumanlarida ko’zga tashlanadi, bu holat ularning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan. Arnasoy, Zafarobod va Forish tumanlarida 
demografik rivojlanish sustrok. Aholi soni bo’yicha Yangiobod respublikamizda 
faqat Tomdi tumanidan (Navoiy viloyati) oldinda turadi, xolos. Demografik 
xususiyatlar, o’z navbatida, aholining tabiiy hamda mexanik harakati tufayli yuzaga 
kelgan. Viloyatda tug’ilish va tabiiy ko’payish ko’rsatkichlari yukori. Jizzax viloyati 
aholisi yiliga, 17-18 ming kishiga ko’payib bormoqda. Bunday ko’payish to’liq 
tabiiy harakat natijasida yuzaga kelgan, migratsiya aloqalari esa salbiy natijalarga 
ega bo’lib, tabiiy ko’payish bu manfiy qoldig’ini to’ldiribgina kolmay, umumiy 


aholi o’sishini ham ta’minlaydi. 2018-yilda viloyat aholisining tabiiy ko’payishi 
21,0 promille, migratsiya qoldig’i esa minus -823kishini tashkil etadi. 2018-yilda 
kuchib kelganlar 11055 kishi, ko’chib ketganlar 11878 kishi. Har ming kishiga 
hisoblaganda, Tug’ilish viloyat bo’yicha 25,2 kishini, vafot etganlar 4,2 kishini 
tashkil qilgan. Tug’ilish va tabiiy ko’payishning yuqori darajalari Baxmal va 
Zarbdor tumanlarida qayd etilgan.
Viloyat markazi -"Jizzax shahrida tug’ilish 19,2 %o, tabiiy ko’payish 15,4 
yoki 1,54 % ni tashkil etgan. O’lim ko’rsatkichlari Arnasoy, Mirzacho’l, Zafarobod, 
Do’stlik tumanlarida qolgan hududlarga nisbatan pastrok. Tabiiy ko’payish esa, 
o’lim geografiyasida uncha katta tafovut bo’lmaganligi sababli, asosan tug’ilish 
darajasi bilan belgilanadi. Viloyatning nozogeografik vaziyati ham o’zigaxos. Bu 
yerda, xususan, Baxmal, G’allaorol tumanlarida toza ichimlik suvi bilan 
ta’minlanganlik darajasi pastligi tufayli turli xil yukumli kasalliklar uchrab turadi. 
Jizzax viloyatida migratsiya jarayonlari an’anaviy xususiyatga ega. 
Dastavval, o’tgan asrning 60-70 yillarida Mirzacho’l dashtini o’zlashtirish 
munosabati bilan bu yerga respublikamizning boshqa viloyatlaridan, ayniqsa 
qo’shni Samarqand viloyatining Jomboy, Poyarik, Bulung’ir, Pastdarg’om, Navoiy 
viloyatining Nurota tumanlaridan ko’plab aholi kuchib kelgan. So’nggi yillarda esa 
migratsiya okimi teskari yunalishda kuchayib bormoqda. Xususan, yangi 
o’zlashtirilgan hududlarda kelganlarga nisbatan ketganlar ko’p. 
Viloyatda 2019-yil 1-yanvar holati bo’yicha urbanizatsiya darajasi 46,9 %ni 
tashkil etgan. 2008 yilda esa u 29,2 foiz bo’lgan. Shaharliklar 6 ta shahar 43 ta 
shaharchalarda istiqomat qiladi. “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat 
dasto’rining ijrosiga binoan viloyatda 34 ta qishloq aholi punktlariga shaharcha 
maqomi berilgan. Jumladan, Jizzax tumanida ularning soni 7 ta: Jizzaxlik, 
Gandumtosh, Qorayantok, Tokchilik, Mulkanlik, Kangli va Uchtepa; Baxmal 
tumanida 6 ta: Mug’ol, Novka - 1, Alamli, Tongotar, Oqtosh hamda Baxmal; 
G’allaorolda 4 ta: Abdukarim, Lalmikor, Chuvilloq, Qangli - 1. Qolgan tumanlarda 
bunday shaharchalar ozrok, Paxtakor va Do’stlik tumanlarida esa atigi bittadan 
(Gulzor va Navro’z ). 
Yangi shaharchalar orasida G’oliblar (12,0 ming kishi), Jizzaxlik (15,6 ming), 
Tokchilik (15,8 ming), Mulkanlik (11,0 ming), Yuksalish (11,5 ming kishi) aholi 
soni bo’yicha ajralib turadi. Umuman olganda esa, Jizzax shahridan tashqari qolgan 
shahar joylar ko’proq kichik sinflarga taallukli. Bu yerda urbanistik tarkibning o’rta 
bo’g’ini nihoyatda zaif: 50- 100 ming aholiga ega bo’lgan birorta shahar yo’q, 
Paxtakor, G’allaorol,
Dashtobod shaharlari aholisi 20-25 ming atrofida.Jizzax viloyatida 500 dan ortiq 
qishloq aholi punktlari bor. Yangi shaharchalar paydo bo’lganligi sababli qolgan 
qishloqlar yanada maydalashgan; har bir qishloqka o’rtacha 1100-1200 kishidan 


to’g’ri keladi. Nisbatan yirikrok qishloqlar Sangzor daryosi hamda Toshkent - 
Samarqand avtomagistrali buyida, Jizzax shahri atrofi va yangi o’zlashtirilgan 
joylarda uchraydi. 
Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi 795,1 ming kishi, iqtisodiy faol aholi 465,4 
ming, iqtisodiyotda band aholi 441,4 ming kishidan iborat. Bir yilda jami 43-45 
mingta yangi ish o’rinlari yaratiladi, ularning 3/5 qismidan ko’progi qishloq 
joylariga to’g’ri keladi. Bu o’rinlar, asosan, chorvachilik va kasanachilik doirasida 
tashkil etilgan. Band bo’lgan aholining 2/3 qismi moddiy ishlab chiqarish sohasiga 
mansub. Aholining milliy tarkibida mahalliy millat vakillari, ya’ni o’zbeklar 
ko’pchilikni tashkil qiladi (88,5 %,) Shuningdek, bu yerda qozoqlar (Forish, 
Arnasoy, Mirzacho’l) va qirg’izlar (Do’stlik, Baxmal, Zomin) ham biroz ko’proq. 
Boshqa millat vakillari - tojik, rus, tatarlar ham bor. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling