21-Mavzu. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja
holisi va mehnat resurslari
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
21-MAVZU.MA\'RUZA.O\'zbekiston geogr.2-kurs (1)
holisi va mehnat resurslari. Yuqorida ta’kidlanganidek, mintaqaning
demografik ko’lami uncha katta emas. Biroq, bu yerda aholi zichligi ancha yuqori, ya’ni an’anaviy cho’l hududlariga xos emas. Bu ko’rsatkich o’rtacha 178 kishiga teng, u Boyovut tumanida 229 kishidan ortiq; o’rtachadan yuqori daraja Sirdaryo tumanida ham ko’z atiladi.Viloyat aholisining o’sishi respublikaning ba’zi turdosh hududlariga qaraganda birmuncha sustrok. U 2008-2014-yillarda o’rtacha 8,8 ming kishidangina ko’payib borgan. Bu o’rtacha yillik ko’payish 1,20 foiz demakdir. Vaholanki, mamlakatimiz aholisi so’nggi yillarda 1,60 foiz atrofida ortib bormoqda. uzoqroq tarixiy demografik davr olinsa ham o’sish sur’atlari juda kattga emas. Chunonchi, 1989-2014-yillar mobaynida Sirdaryo viloyati aholisi 134,2 foizga oshgan, xolos. Mintaqa aholisining bunday o’sishi uning tabiiy va mexanik harakatiga bog’liq bo’lgan. Aholi tabiiy va mexanik harakatida, viloyatda tug’ilish koeffitsientining tobora kamayishini qurish mumkin. Jumladan, u 2008-yilda 24,3 promillega teng bo’lgan, 2018-yilda esa 22,3 promillega ni tashkil qilgan (2000 yilda tug’ilish 22,1, ulim 5,5 promille bo’lgan). Bu, albatga, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm kabi viloyatlar ko’rsatkichidan pastroqdir.Tug’ilishning umumiy koeffitsienti Mirzaobod tumanidagi 24,1 promilledan Sirdaryo tumanidagi 20,3 gacha farq qiladi. 2008 yilda ham bunday hududiy tafovutlar uncha katga bo’lmagan; Xovos tumanida 26,0, Oqoltinda 21,3 %o. qizig’i shundaki, shahar joylarda, masalan, Guliston va Yangierda bu ko’rsatkich qishloq joylarga qaraganda yuqoriroq. O’lim ko’rsatkichi ancha past; 2018-yilda u viloyat bo’yicha 4,6 promille bo’lgan holda, tumanlar doirasida 3,5 dan (Sardoba) 5,5 promillegacha (Sirdaryo tumanida) o’zgaradi. Eng yuqori ko’rsatkich esa Guliston shahrida qayd etiladi. Aholining tabiiy ko’payishi tug’ilish darajasidagi xududny xususiyatlarga ega. Bir yilda u 17,1 promille, foizda olinsa - 1,71 %. Vaholanki, viloyat aholisining real ko’payish sur’ati 1,0 foizdan ortiqrok, xolos. Demak, bunday demografik vaziyat aholining tashqi migratsiyasi tufayli vujudga kelgan. Shu o’rinda alohida ta’kidlash lozimki, Sirdaryo viloyati aholisi asosan migratsiya ta’sirida shakllangan respublikamizdagi yagona mintaqa hisoblanadi O’tgan asrning dastlabki yillarida bu yerga rus fukarolari (batraklari) ko’chib kelgan. Usha paytda ruscha nomli aholi manzilgoxlari vujudga kelgan (Krestyanskoe, Slavyanskiy, Dmitrovskoe va x.k.). XX asrning 50-yillari oxirlarida Mirzacho’l dashtini kompleks o’zlashtirish dasturi amalga oshirilishi boshlangan. Sal keyinrok shu maksadda alohida viloyat ham tashkil etilgan va unga poytaxt sifatida deyarli “bush” joyda Yangier (ismi jismiga monand) shahri barpo etilgan. Uning qurilishi arxitektor A.Zotov loyihasi bo’yicha 1956 yilda boshlangan. Biroq, u ko’zlangan maqsadiga erisha olmadi, bunga oddiy geografik omil, ya’ni Xovos yoki Ursatevsk shamollari sabab bo’ldi Natijada, Sirdaryo viloyati ma’muriy markazi sifatida Guliston (avvalgi Mirzacho’l) shahri tanlandi. Mirzacho’lni o’zlashtirish uchun respublikaning boshqa viloyatlaridan, asosan aholisi zich joylashgan hududlardan aholi (dastlab majburiy, sung ixtiyoriy ravishda) ko’chib keltirilgan. Bu yerga ko’proq Andijon, Farg’ona viloyatlaridan dehqonlar (avval o’z lari, kelib-ketish tarzida (“vaxta” ko’rinishida), keyingi yillarda oilalari bilan butunlay) kuchib kelishgan. Cho’lni o’zlashtirish jarayonining keyingi bosqichlarida Samarqand viloyatidan ham migratsiya bo’lgan. Ular ko’proq cho’lning Hozirgi qo’shni Jizzax viloyati tumanlariga joylashgan (Paxtakor, Arnasoy tumanlari va h-k). Eng so’nggi yillarda ham Sirdaryo viloyati aholisi ancha “serqatnov”, ya’ni migratsion harakatchan: 2008-2013-yillarda viloyatga, har 1000 kishiga hisoblaganda, 8,5-10,2 kishi kelgan, 10-13 kishi undan ketgan, migratsiya qoldig’i eng so’nggi 2013-yilda ijobiy bo’lgan. 2018yilda viloyatga kelganlar 8599 kishini tashkil qilgan bo’lsa, ketganlar soni 9125nafar kishini tashkil etgan.Migratsiya qoldig’i-526 kishini tashkil etgan. Kelish intensivligi, ayniqsa, Guliston shahrida yuqori (12-16 % 0 ); Shirin shahrida ham bu ko’rsatkich ancha katga, uning past darajasi esa Sardoba va Xovos tumanlarida qayd etiladi. Yangier va Shirin shaharlarida migratsiya jarayoni ancha intensiv xususiyatga ega bo’lib, ularning aholisi o’zining qunimsizligi bilan boshqa joylardan farq qiladi. Shuningdek, Sirdaryo, Xovos tumanlarida ham aholining kuchib kelishiga nisbatan kuchib ketishi ko’proq- Natijada, ularda migratsiya qoldig’ining yuqori ko’rsatkichlari ko’zga tashlanadi. Viloyatda 2009-yilgacha 5 ta shahar (ularning 3 tasi viloyatga buysunuvchi maqomiga ega) va shuncha shaharcha mavjud bo’lgan. Ularda jami aholining 31,1 foizi istiqomat qilgan. Urbanizatsiya jarayonining bunday demografik ko’rsatkichi respublika o’rtacha darajasidan 35,8 % ancha past. 2009-yilga kelib esa, vaziyat mamlakatimizda yuz bergan “qishloq” yoki “ma’muriy urbanizatsiya” tufayli shaharchalar soni 25 taga yetgan, urbanizatsiya darajasi esa 43,2 foizga yetgan.2018yilda viloyat aholisining 47,2foizi shaharlarda yashagan. Viloyatda 72,2 ming qishloq; aholisi to’g’ridan-to’g’ri “shaharlik” bo’ldi Bu xususda Okoltin tumani peshkadam (25,3 ming kishi), Sirdaryo va Sayxunobod tumanlari ham “yangi” shaharliklar bo’yicha birmuncha oldinda. Ayni paytda, Xovos, Sardoba tumanlarida birorta qishloq aholi punkti bunday maqomga sazovor bo’lmagan. Ta’kidlash o’rinliki, yangi agroshaharlar soni Sirdaryo viloyatida uncha ko’p emas; bu borada u Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan birgalikda (11 ta) mamlakatimizda oxirgi o’rinlarni bo’lib olishgan.Sirdaryo viloyatida 260 ta qishloq aholi punkti mavjud - bu respublikamizda eng past raqam hisoblanadi. Har bir qishloqka o’rtacha 1560 kishi to’g’ri keladi. Ko’rinib turibdiki, viloyat qishloq joylar geografiyasi va demografiyasi ko’proq, o’rtacha kattalikdagi aholi manzilgoxlari borligi bilan tavsiflanadi (respublikada bu ko’rsatkich 1250 kishi atrofida). Viloyat aholisining kupmillatliligi ham qisman shu demografik omillarga bog’liq- Bu yerda o’zbeklardan tashqari, qozoq, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari yashaydi. o’zbeklar jami aholining 77,3 foizini, tojiklar 9,3, Qozoqlar 1,8, qirg’izlar 2,1 foizini tashkil qiladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling