21-Mavzu. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja


Mintaqa iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududiy tarkibi


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana30.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1413075
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
21-MAVZU.MA\'RUZA.O\'zbekiston geogr.2-kurs (1)

Mintaqa iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududiy tarkibi.Sirdaryo viloyatida 
ishlab chiqarish kuchlari, boshqa hududlardan farq qilgan holda, asosan bir asr 
doirasida shakllana boshlagan. Hozirgi vaqtda u kuprok qishloq xo’jaligiga 
ixtisoslashgan rayon hisoblanadi Viloyat yalpi hududiy mahsulotining 41,7 foizini 
qishloq xo’jaligi beradi. Agroiqtisodiyotning bunday katta ulushi bo’yicha Sirdaryo 
Surxondaryo viloyatidan keyingi ikkinchi o’rinda turadi. Sanoat ishlab 
chiqarishining hissasi Jizzax Surxondaryo, Xorazm va Namangan viloyatlaridan 
yuqori, qurilish ham xuddi shunday o’rtacha mavqega ega. 
Viloyat hududlari doirasida ham KB ancha tafovutlarga ega. Masalan, Yangier 
va Shirin shaharlari, Mirzaobod tumanida 81-97 % sanoat mahsuloti KB 
korxonalarida ishlab chiqariladi. Eng past ko’rsatkichlar Oqoltin, Guliston va 
Sardoba tumanlarida ko’zatiladi. Qishloq xo’jaligida kichik biznesning mavqei 
ayniqsa Okoltin, Sayxunobod, Mirzaobod, Guliston tumanlarida baland - 100 %. 
Qurilish ishlarida bu ko’rsatkichlar Boyovut va Okoltin tumanlari hamda Yangier 
shahrida 99 %, uning nisbatan past darajasi Shirin shahri va Sidaryo tumanida qayd 
etilgan. 
Sanoati. Yuqorida qayd etilganidek, Sirdaryo viloyatida sanoat uncha 
rivojlanmagan, uning tarmoqlari va hududiy tarkibi ham mukammal ko’rinishga ega 
emas 
Sanoat ishlab chiqarishining tarmoqlar tarkibi quyidagicha; mashinasozlik va 
metalni qayta ishlash - 0,9%, qurilish materiallari sanoati - 1,9 %, o’rmon va 
yog’ochni qayta ishlash -0,4 % va x. k. Yengil sanoat (asosan, paxta tozalash 
zavodlari) jami sanoat mahsuloti hajmining 56,1 foizini ta’minlaydi, oziq-
ovqatsanoati - 25,6 % va un-yorma, omixta yem 11,0 foizini beradi. Boshqa 
tarmoqlar orasida farmatsevtika sohasiniig ulushi ko’proq.Sanoat mahsuloti turlari 
ham uncha boy emas; viloyat sanoati, asosan, mintaqaning ixtisoslashgan tarmog’i-
qishloq xo’jaligi, aniqrogi, paxtachilik bilan chambarchas bog’liq. Jumladan, 
qurilish materiallari va don mahsulotlari ishlab chiqarish (Yangier), paxta tozalash 
(qishloq tumanlari markazlarida), yog’ ishlab chiqarish (Guliston shahri) kabilar 


ayni shu yetakchi tarmoqbilan birgalikda aloxida ishlab chiqarish majmuasini 
shakllantiradi. 
2018yilda qayta ishlash sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 25,8 
foiz oziq-ovqat sanoatiga, 47,0 foizi to’qimachilik sanoati, 5,8foizi mashina va 
asbob uskunalar ishlab chiqarish,1,0 foizi qog’oz va qog’oz mahsulotlari hamda 
mebel sanoati, 2,4 foizi kimyo mahsulotlari, 4,3 foizi farmatsevtika sanoati 
korxonalariga to’g’ri keldi.
2018 yilda viloyat sanoat korxonalarida 8298,3 tonna ip kalava, 1693,8 ming 
kv.m gazlamalar, 6683,3 ming juft chulki paypoq buyumlari, 6683,3 ming juft 
paypoq, 118,7 tonna trikotaj, 686,3 ming juft poyabzal,16189,1 mln.kvt/soat elektr-
energiya, 1,7 tonna qog’oz va karton,42,7 mln dona qurilish g’ishtlari ishlab 
chiqarilgan.
Sanoat geografiyasida Gulistonning xissasi 13,6 %, Yangier shahriniki - 3,2 %. 
Qishloq tumanlari orasida bu iqtisodiyot tarmog’i ayniqsa Sirdaryo tumanida yaxshi 


rivoj topgan - 33,2 %. Sayxunobod tumanining hissasi 12,7 %, Oqoltin, Guliston, 
Boyovut tumanlarining ulushlari ham ko’zga tashlanadi. Nisbatan past 
ko’rsatkichlar esa Xovos hamda Mirzaobod tumanida kuzatiladi. Halk iste’mol 
mollarini ishlab chiqarishda ham hududiy tafovutlar deyarli shunday; ularning 45,6 
foizi Sirdaryo tumani,16,4 foizini Guliston shahri beradi. Shuningdek, Sayxunobod 
tumanining mavkei ham birmuncha yuqoriroq. Viloyat sanoatining hududiy tashkil 
kilinishida Guliston shahrini sanoat markazi sifatida ajratish mumkin. Shuningdek, 
Sirdaryo, Yangier shaharlari ham xuddi shunday maqomga ega. Bu shaharlarda 
mintaqaning yirik sanoat korxonalari: yog’-moy va qurilish materiallari korxonalari 
joylashgan. Aholi soni bo’yicha birmuncha kichik sanoat markazlari qatorida Shirin 
va Baxt shaharlari turadi. Yuqoridagilardan tashqari, Sirdaryo shahridagi sut zavodi 
va qurilish materiallari korxonalari, tibbiyot sohalari uchun momiq-paxta, doka, 
bint, dori-darmonlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni ham qayd etish joiz.Umuman 
olganda, Sirdaryo viloyatida garchi sanoat ishlab chiqarishi yaxshi rivojlanmagan 
bo’lsa-da, bu yerda ushbu tarmoqning juda katta korxonalari barpo etilgan. Bu esa 
bozor munosabatlari va mintaqalar iqtisodiy mustaqilligi sharoitida birmuncha 
qiyinchiliklar tug’diradi. Masalan, Guliston shahrida o’tgan asrning 70-yillarida 
qurilgan yog’-moy kombinatining loyixa quvvati 1 sutkada 1200 tonna paxta 
chigitini qayta ishlashga muljallangan, bunday xom ashyo esa bugungi kunda 
viloyatning o’zida mavjud emas. Xuddi shunday, bir vaqtlar paxta xom ashyosini 
qayta ishlash uchun yetishtirilgan paxta boshqa viloyatlarga, hatto Farg’ona vodiysi 
paxta tozalash zavodlariga junatilar edi, endi esa viloyatning o’z ida ishga 
tushirilgan paxta tozalash zavodlariga xom ashyo ozlik qiladi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling