21-Mavzu. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja
va tashqi iqtisodiy aloqalari
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
21-MAVZU.MA\'RUZA.O\'zbekiston geogr.2-kurs (1)
va tashqi iqtisodiy aloqalari. Viloyatning transport geografik o’rni qo’lay; uning
xududidan qator xalqaro va respublika ahamiyatidagi temir va avtomobil yullari o’tadi. Guliston, Xovos muhim transport markazlari hisoblanadi Umuman olganda, Toshkent-Xovos (Yangier) - Bekobod Sirdaryo hamda poytaxt viloyatlarining muhim transport “uchburchagi” sifatida katta ahamiyatga ega. Yaqinda qurilgan, Guliston shahrini chetlab utuvchi, Zarafshon mintaqasi, Janubiy O’zbekiston va quyi Amudaryo iqtisodiy rayonini Farg’ona vodiysi bilan bog’lovchi magistral avtomobil yuli ham viloyatning transport geografik o’rnini, uning tranzitligi va markaziyligini yanada kuchaytiradi. Transport tarmoqlarida yuk tashish va yuk aylanmasi bo’yicha Guliston shahri, shuningdek, Mirzaobod, Oqoltin va Xovos tumanlari ajralib turadi. Ko’rilayotgan yilda jami 119,3 mln. yulovchi tashilgan; bu borada va yulovchi aylanmasida, viloyat markazidan tashqari Sirdaryo va Boyovut tumanlarining salohiyati kattaroq. Yuk va yulovchi tashishda xususiy avtomobil egalarining xissasi 73 - 74 %.Taxlillar ko’rsatishicha, Sirdaryo viloyatining tashqi savdo aylanmasi, jumladan, eksport va importi respublika mikyosida ancha past.2012-yilda tashqi savdo aylanmasi 240,6 mln., eksport 122,7, import 117,9 mln. AQSh dollari hajmida (2000 yilda 83,1 mln. AQSh dollar, eksport 49,7 va import 33,4 mln. dollar) bo’lgan. Eksport tarkibida asosan paxta yetakchilik qiladi - 52,5 %, oziq-ovqatmahsulotlari - 18,2 %; importda esa mashina va uskunalarning ulushi 27,3 %, kimyo sanoati mahsulotlari -47,2 %. Keltirilgan mashina va jihozlar kelgusida ishlab chiqarish jarayonini kengaytirishga zamin bo’ladi.2018yilda viloyat tashqi savdo aylanmasi 291,1mln AQSh dollarini shundan119,1mln AQSh dollari importga,172,3mln AQSh dollari eksportga to’g’ri kelgan. Tashqi iqtisodiy aloqalarda “o’zok xorij” va Boltiqbuyi davlatlari faolrok ishtirok etishadi. Ular bilan jami 59,6 % tashqi savdo aylanmasi, shu jumladan, eksportning 50,3 % va importning 69,2 foizi amalga oshirilgan. Mazkur aloqalarda qisman xorijiy investitsiyalar yordamida qurilgan qo’shma korxonalar ham qatnashadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling