Mintaqa iqtisodiyotining hududiy tarkibi. Sirdaryo viloyati maydonining
kichikligi va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda katta
hududiy tafovutlarning
ko’zgatashlanmasligi, uning doirasida iqtisodiy rayonlar ajratishni biroz cheklaydi.
Biroq shunday bo’lsa-da, viloyat mikyosida, shartli ravishda, Markaziy (Guliston
shahri,
Guliston,
Mirzaobod, Boyovut, Oqoltin tumanlari), Janubiy (Xovos,
Sardoba) hamda Shimoliy (Sirdaryo va Sayxunobod tumanlari) rayonlarni ajratish
mumkin. U holda Markaziy rayon hissasiga 48,1 % viloyat maydoni, 47,1 % aholisi,
47,4 % sanoat va 47,7 % qishloq xo’jalik mahsulotlari to’g’ri keladi.
Janubiy va
shimoliy rayonlarning ulushi ancha past.
Nazorat savollari
1.Iqtisodiy rayonning geografik o’rniga ta’rif bering.
2.Iqtisodiy rayon foydali qazilmalarining xo’jalik ahamiyatiga baho bering.
3.Iqtisodiy rayonning aholisi va uning tarkibiga ta’rif bering.
4.Iqtisodiy rayon xo’jaligining tarmoqlar tarkibi va ularning rivojlanish darajasiga
baho bering.
Test savollari:
1. Jizzax viloyatidagi Uchquloch konidan qanday foydali qazilmalar qazib
chiqariladi?
A) Polimetal B) Oltin C) Ko‘mir D) Sement
2. Jizzax viloyatining etakchi sanoat tarmog‘ini aniqlang.
A) Qurilish B) Mashinasozlik
C) Kimyo D) Engil sanoat
3. Sirdaryo viloyati qachon tashkil topgan?
A)1967 yil 4-iyun B)1970 yil 2-mart
C)1963 yil 16-fevral D)1965 yil 12-may
4. Jizzax viloyatidagi hududi eng katta qishloq tumanini belgilang.
A) Baxmal B) Forish C) G‘allaorol D) Zomin
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Mirziyoev SH.M.Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz-T:O’zbekiston 2017
2. Mirziyoev SH.M.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob
xalqimiz bilan birga
quramiz-T:O’zbekiston 2017
3. Asanov G.R., Nabixonov M., Safarov I. O’zbekistonning
iqtisodiy va ijtimoiy
jo’g’rofiyasi. -T.: “O’qituvchi”, 1994.
4. Soliev A. O’zbekiston geografiyasi.-T.:Universitet, 2014.
5. Soliev A va boshqalar Mintaqaviy iqtisodiyot. –T., 2003.
6. Soliev A., Nazarov M., Qurbonov Sh. O’zbekiston hududlari ijtimoiy -iqtisodiy
rivojlanishi . –T.: “Mumtoz so’z”, 2010.
Elektron manbalar:
1.www.Stat.uz
4.www.Ziyo.net