21-Mavzu. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja
Geografik o’rni, tabiiy sharoiti va resurslari
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
21-MAVZU.MA\'RUZA.O\'zbekiston geogr.2-kurs (1)
Geografik o’rni, tabiiy sharoiti va resurslari.Jizzax viloyati O’zbekiston
Respublikasining markaziy qismida joylashganligi, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga, mintaqaning geosiyosiy o’rni ham o’ziga xos; viloyat shimolda Qozog’iston, janubi-sharkda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Ko’rinib turibdiki, Jizzax viloyati geografik o’rnining “markaziyligi” va transchegaraviyligi uning tarixiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida muhim omil bo’lib xizmat qilgan. Jumladan, Jizzax shahrining O’rta Osiyoning qadimiy markazlari - Samarqand, Toshkent, Xujand va Uratepa oralig’ida, Buyuk Ipak yulida o’rnashganligi ham hozirgi viloyat markazi shakllanish va rivojlanish xususiyatlarini belgilab beradi. Viloyat hududining shimoliy, shimoli-g’arb va janubiy qismlari tog’liklardan, o’rta qismi pasttekisliklardan iborat. Bu yerda Nurota, Pistalitog’, Turkiston, Gubdintov tog’lari bor; eng baland cho’qqkilari Bozorxonim (3401 m, Baxmal tumanida) va Shavkartov (4029 m, Zomin tumanining chekka janubida). Tog’ va tog’oldi hududlarda Nurota tog’ - yong’ok, Zomin tog’ - archa davlat quriqxonalari tashkil etilgan.Viloyatning har xil landshaft turlariga boyligi (u Sirdaryo viloyatidan ayni shu jihatlari bilan farqlanadi) tabiiy holda hududiy mehnat taksimotining rivojlanishida asosiy omil bo’lgan va shunga mos ravishda tabiiy - xo’jalik tarmoqlari shakllangan. Tog’ va tog’-oldi hududlarida chorvachilik, bog’dorchilik, asalarichilik, lalmikor dehqonchilik, rekreatsiya va turizm rivojlangan, tekislik qismi esa eski va yangi o’zlashtirilgan, ko’proq paxta ekiladigan hududlardan iborat. Mintaqada turli xil qazilma boyliklar ham bor. Ular jumlasiga oltin, volfram, kurgoshin, ruh molibden, oxak, granit, marmar kabi ma’danlar kiradi. Quytoshning volfram, Marjonbuloqning oltin, Uchqo’lochning polimetal konlari sanoat ishlab chiqarishida katta ahamiyatga ega. Viloyatda temir rudasi (Temirkon), sement va g’isht xom ashyosi (G’allaorol, Qushkent), bazalt (Osmonsoy) kabi boshqa qazilma resurslari ham bor. Iqlimi kontinental, asosiy gidrografik shaxobchasi Sangzor daryosi bo’lib, u sug’orma dehqonchilikda foydalaniladi. Shimolda joylashgan Aydarko’l va Arnasoy ko’llarida balikchilik yulga quyilgan Turkiston, Nurota, Pistalitog’, G’ubdin tog’ tizmalari o’ziga xos landshaft turlarini shakllantirgan. 1976 yilda Zomin tumanida yaqin 50 ming gektarni egallagan Milliy bog’ (park) tashkil etilgan. Umuman olganda, Zomin, Baxmal, G’allaorol, Forish tumanlarida rekreatsiya resurslari ko’p va bu yerda ekoturizm uchun ham sharoitlar qo’lay. Ushbu hududlarning yozi nisbatan salkinrok, namgarchilik esa tabiiy holda lalmikor dehqonchilik, xususan bug’doy yetishtirish uchun qo’laydir. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling