21-Mavzu. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja


Mintaqa iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududiy tarkibi


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana30.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1413075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
21-MAVZU.MA\'RUZA.O\'zbekiston geogr.2-kurs (1)

Mintaqa iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududiy tarkibi. Jizzax viloyati 
o’zining mintaqaviy iqtisodiyot tuzilmasiga kura rivojlanib borayotgan agrar-
industrial hudud hisoblanadi Uning hissasiga respublika yalpi ichki mahsuloti 
qiymatining -3,2 foizi, sanoat ishlab chiqarishining -1,9 foizi qishloq xo’jalik 
mahsulotlarining 6,6 foizi, jami xizmatning -2,3 (2021y) , eksportning 10,2 - va 
importning -1,0 foizi to’g’ri keladi. Bu nisbiy raqamlarni viloyatning demografik 
salohiyati bilan taqqoslaganda (4,0 %) vaziyat yanada oydinlashadi. Demak, aytish 
mumkinki, viloyatning faqat agroiqtisodiyot tizimida ahvol birmuncha yaxshiroq. 
Sanoati. Jizzax viloyati sanoati uncha rivojlanmagan. Faoliyat ko’rsatayotgan 
jami sanoat korxonalarining soni 1170 ta, shu jumladan, yirik sanoat korxonalari 19 
ta. Bu makroiqtisodiy sohada 7,2 ming kishi ishlaydi. Tarmoqlar tarkibida yengil va 
oziq-ovqat sanoati yetakchilik qiladi. Mazkur ikki tarmoq viloyat yalpi sanoat 
mahsulotining 2/3 qismini beradi.
2018-yilda viloyatda 3581,8 mlrd so’mlik sanoat mahsuloti ishlab 
chiqarilgan. 2017yilga o’sish sur’ati 111,6 foizni tashkil etgan.Viloyatda ishlab 
chiqarilgan sanoat mahsulotining 92,1foizi qayta ishlash sanoatiga to’g’ri keladi. 
2018yilda qayta ishlash sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 20,6 foiz oziq-
ovqat sanoatiga,39,4 foizi to’qimachilik sanoati,12,3foizi mashina va asbob 
uskunalar ishlab chiqarish,3,6 foizi,qog’oz va qog’oz mahsulotlari hamda mebel 
sanoati,8,6 foizi kimyo mahsulotlari,4,1 foizi metallurgiya sanoati korxonalariga 
to’g’ri keldi.
2018 yilda viloyat sanoat korxonalarida 18613,6 tonna ip kalava,2801,9ming 
kv.m gazlamalar,16,6ming kv.m tayyor gazlamalar, 3824,3ming juft chulki paypoq 
buyumlari, 87,6 ming juft paypoq,7092,8 tonna trikotaj, 31,3ming juft poyabzal, 
1564,8 tonna qog’oz va karton,50,7mlndona qurilish g’ishtlari ishlab chiqarilgan.
Viloyatda avtomobillar uchun akumulyatorlar Jizzax akumlyator zavodida, un 
mahsulotlari Jizzax va Dustlik shaharlarida joylashgan don mahsulotlari 


kombinatlarida, plyonka va quvurlar “Jizzax plastmassa” AJda ishlab chiqariladi. 
Paxtani qayta ishlash zavodlari paxta yetishtirishga ixtisoslashgan qishloq tumanlari 
markazlarida joylashgan (Paxtakor, Do’stlik, Mirzacho’l). 
Viloyat 
sanoati 
akkumulyator, plastmassa buyumlar, trikotaj buyumlar, ohak, gips, paxta yog’i, un 
kabi mahsulotlarni, ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Viloyatda elektr energetika 
bazasi nihoyatda sust rivojlangan: elektr energiyani Sirdaryo IES dan olinadi.Tog’-
kon sanoati Quytosh (volfram, molibden), Marjonbulok (oltin), Uchqo’loch 
(Qo’rg’oshin, rux) va boshqa “resurs” shaharchalarda tashkil etilgan. Kimyo, 
mashinasozlik va metallni qayta ishlash, qishloq va yul xo’jaligi mashinalarini 
ta’mirlash yulga quyilgan Viloyatda qurilish materiallari sanoati ham birmuncha 
rivojlangan (Jizzax Dashtobod, G’allaorol). Zafarobod tumanida yirik sement 
zavodi ishga tushirilgan. (2013-yilda uning qurilishiga 120 mln AQSh dollari 
sarflangan). Jizzax shahri viloyat sanoati mahsulotining 36,0 foizini va Do’stlik 
tumani19,3 foizini ta’minlaydi. Bu soha Zomin va Paxtakor tumanlarida ham ko’zga 
ko’rinarli darajada. Qolgan qishloq tumanlarida esa sanoat ishlab chiqarishi 
rivojlanmagan (ayniqsa Mirzacho’l va Yangiobod tumanlarida). Halk iste’mol 
mollarining 46,6 foizi birgina viloyat markazi - Jizzaxga to’g’ri keladi. Qishloq 
tumanlari orasida Do’stlik hamda Jizzax va G’allaorol, Baxmal tumanlari ajralib 
turadi. 
Umuman olganda esa, viloyat sanoatining tarmoqlar va hududiy tarkibi 
uncha rivojlanmagan. Binobarin, bu yerda mavjud xom ashyo va mineral 
resurslardan, boy mehnat zahiralaridan samarali foydalanish asosida sanoat ishlab 
chiqarish salohiyatini yuksaltirishga katta e’tibor qaratish lozim. Mahalliylashtirish 
hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiyalash mintaqa sanoatini 
rivojlantirishning muhim omili bo’lib xizmat qiladi. Xususan, “Jizzax” maxsus 
industrial zonasining barpo etilishi mintaqa sanoat salohiyatini keskin ko’taradi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling