21-Mavzu. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja


Sirdaryo viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana30.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1413075
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
21-MAVZU.MA\'RUZA.O\'zbekiston geogr.2-kurs (1)

2.2.Sirdaryo viloyatining iqtisodiy geografik tavsifi 
Sirdaryo viloyati O’zbekiston Respublikasining maydoni va aholi soni 
bo’yicha eng kichik ma’muriy birliklaridan sanaladi. U 1963-yil 16- fevralda tashkil 
etilgan, maydoni 4,28 ming kv. km yoki respublika hududining bor-yug’i 0,95 
foizini tashkil etadi, xolos. Bu borada u mamlakatimizda oxirgi o’rinda turadi. 
Aholisi 2022-yil 1-yanvar ma’lumotlariga qaraganda, 878,6 ming kishini tashkil 
etadi. Bu O’zbekiston jami aholisiga nisbatan 2,4 %, Mirzacho’l iqtisodiy 
rayonining 39,0 foizi demakdir. Aholi soni bo’yicha ham viloyat eng so’nggi 
o’rinda.Mamlakatimiz va iqtisodiy rayon hududiy mehnat taqsimotida bu mintaqa 
avvalo qishloq xo’jalik mahsulotlariga, jumladan, paxta, poliz ekinlari, don va 
boshqa mahsulotlarni yetishtirishga ixtisoslashgan. xo’jaligi, umuman olganda
hududiy agro-industrial majmua shakliga ega. Qolaversa, ushbu viloyatning tashkil 
etilishini asosiy maqsadi ham yangi yerlar, ya’ni Mirzacho’lni o’zlashtirish asosida 
paxtachilikni rivojlantirish bo’lgan. Bundan taxminan 100 yil muqaddam mazkur 
cho’lning o’zlashtirilishi Chor Rossiyasi tomonidan boshlangan va usha vaqtda juda 
katta maydonni egallovchi Sirdaryo viloyati (bo’limi) ham tashkil etilgan. 
Sirdaryo viloyati O’zbekiston yalpi ichki mahsulotining 2,1 foizini beradi, uning 
sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi - 2,1 % dir. Qishloq xo’jaligining hududiy 
mujassamlashuv ko’rsatkichi ancha yuqori, ya’ni 3,3 foizga teng (2021y). Qolgan 


asosiy ijtimoiy- iqtisodiy indikatorlar 1,5-1,9 % atrofida, eksport-import salohiyati 
esa bundan ham past. 
Sirdaryo viloyati ma’muriy jihatdan 8 ta qishloq tumanlari, 5 ta tumanga 
bo’ysunuvchi shahar va 25 ta shaharchalardan iborat. qishloq fuqarolar yig’inlari 69 
ta bo’lib, ular jami 257 ta qishloq aholi punktlarnni birlashtiradi. Ayrim qishloq 
tumanlari viloyat tashkil topganidan oldin ham mavjud bo’lgan. Masalan, Sirdaryo 
tumani 1939-yilda, Guliston 1952 yilda, Boyovut - 1961 yilda ajratilgan. Eng 
So’nggi tuman 1988-yilda tashkil etilgan (Mirzaobod). 
Viloyat maydoni kichik, uning tumanlari ham shunga mos holda mayda, 
o’rtacha har bir qishloq tumanlariga 0,54 ming kv. km to’g’ri keladi. Biroq, bu 
ko’rsatkichlar xududi bo’yicha deyarli tengdosh Andijon viloyatiga solishtirilsa
ular nisbatan kattaroq tuyuladi. Ma’lumki, Andijon viloyatining maydoni 4,30 ming 
kv. km bo’lib, shunday kichik xududda 14 ta qishloq tumanlari bor, har bir 
tumanning maydoni o’rtacha 0,31 ming kv km. Viloyatda eng katta tuman bilan eng 
kichik tuman orasidagi nisbat (Mirzaobod va Guliston tumanlari) 1,83 martani 
tashkil qiladi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling