21-Mavzu. Mirzacho’l iqtisodiy rayoni Reja


Geografik o’rni, tabiiy sharoiti va resurslari


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana30.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1413075
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
21-MAVZU.MA\'RUZA.O\'zbekiston geogr.2-kurs (1)

Geografik o’rni, tabiiy sharoiti va resurslari.Sirdaryo viloyati nisbatan qo’lay 
iqtisodiy geografik mavqega ega. Viloyat mamlakatimiz doirasida g’arb va janubi-
g’arbda Jizzax sharq va shimoli-sharqda Toshkent viloyati bilan chegaradosh. 
Geosiyosiy o’rni ham o’zigaxos: Sirdaryo viloyati shimolda Qozog’iston 
Respublikasining 
Janubiy 
Qozog’iston 
viloyati, 
janubda 
Tojikiston 
Respublikasining So’g’d viloyati bilan to’tash. Viloyatning deyarli qoq o’rtasini 
kesib o’tgan magistral yullar (“Sirdaryo uqi”) ham uning geografik o’rnining 
qo’layligi, tranzit xususiyatga egaligini ko’rsatadi. 
Yer usti tuzilishi uncha murakkab bo’lmagan, Sirdaryo viloyati foydali 
qazilmalarga ham boy emas. Faqatgina qurilishlarda ishlatiladigan g’isht ishlab 
chiqarish uchun xom ashyoni hisobga olmaganda, (Boyovut va b.) deyarli boshqa 
boyliklari aniqlanmagan. Hududining aksariyat qismi tekisliklardan iborat bo’lib, 
Jizzax viloyatidan farq qilgan holda, u sug’orma dehqonchilik qilish uchun ancha 
qo’laydir. Ammo umumiy yer fondi nafaqat iqtisodiy rayonda, balki respublikada 
ham nisbatan kichik hisoblanadi Viloyatda vegetatsiya davri uzun bo’lib, u 210-228 
kunga yetadi. iqlimning issikligi, vegetatsiya muddatining uzoqligi issiqsevar 
ekinlar yetishtirish uchun qo’lay. Asosiy suv resurslariga Sirdaryo kiradi va u xudud 
yerlarini sug’orishga xizmat qiladi. Respublikamizdagi gaz bilan ishlaydigan eng 
yirik, kuvvati 3000 kVt bo’lgan Sirdaryo IES viloyatning Shirin shahrida qurilgan. 
Sirdaryo viloyatidagi o’zigaxos tabiiy-iktisodiy, geografik omillarning mavjudligi 
xo’jalikning sug’orma dehqonchilik va shu asosda ba’zi tarmoqparning 
rivojlanishiga olib kelgan. 


Mintaqaning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ma’muriy-hududiy 
tuzilmaning o’zgaruvchanligi ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.
A
Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling