21-mavzu: XIX asrning 2-yarmi – XX asrning 1-choragida Turkiston o‘lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji. Reja
Turkistonda rus maktablarining ochilishi. Yerlik aholi uchun rus-tuzem maktablarining tashkil etilishi
Download 116.24 Kb.
|
21-mavzu
Turkistonda rus maktablarining ochilishi. Yerlik aholi uchun rus-tuzem maktablarining tashkil etilishi.
Rus muhojirlari Turkiston general – gubernatorining farmoniga binoan о‘lkada rus maktablari, rus tuzem maktablari, gimnaziya kabi maktablarni ochish va bu maktablarni kengaytirish hisobiga mahalliy maktablar, maktab madrasalarni siqib chiqarish maqsadida maorif islohotini о‘tkaza boshladilar. Bu bilan gо‘yoki, ular Markaziy Osiyo aholisining savodxonlik darajasini oshirmoqchi bо‘ldilar va har bir qilingan ishni bо‘rttirib kо‘rsatishga urindilar. 1917 yilgi tо‘ntarishgacha 21 foiz savodxonbо‘lgan о‘lka aholisini, yoppasiga savodsiz edi, deya kamsitishga urindilar, quruq bо‘hton yog‘dirdilar. О‘lka aholisini savodxon qilish uchun eng avvalo rus, rus tuzem, gimnaziya kabi о‘quv maskanlari kerak, madrasa va “usuli qadimiya” eski usul maktablarida, otinlar maktablarida savod chiqarib bо‘lmaydi degan siyosatni yurgizishga harakat qildilar. Bunga biz 1897 yildagi Rossiya tomonidan о‘tkazilgan aholini rо‘yxati ma’lumotlarini kо‘rsatishimiz mumkin. Masalan, о‘sha aholi rо‘yxatida qayd etilishicha, Markaziy (О‘rta) Osiyo aholisining savodxondik darajasi quyidagicha belgilangan: Tojiklar – 99,5 % savodsiz; Qirg‘izlar – 99,4 % savodsiz; Turkmanlar – 99,3 % savodsiz; О‘zbeklar – 98,4 % savodsiz; Qozoqlar – 97,9 % savodsiz deb hisoblangan. Bu kо‘rsatkichlarning barchasi uydurma edi. Aslida Turkiston о‘lkasi xalqlarining savodxonlik darajasi chor Rossiyasi aholisininng savodxonlik darajasidan past emas edi. Chunki, Turkiston о‘lkasi xalqlari 1917 yilgi tо‘ntarishdan oldin shaxsiy va ommaviy maktablar, madrasalarda bilim olganlar, yuksak ilm egasi bо‘lganlar. Zero, yuqorida qayd etilgan aholi rо‘yxati ma’lumotnomasida rus xalqidan, rus millatidan boshqa millatga mansub fuqarolarni ataylab kamsitish chor Rossiyasining asosiy mafkuraviy kurashi natijasidir. Chunki ular rus va rus-tuzem maktablarini bitirganlarnigina savodli deb hisoblanganlar. Hatto, ular dunyoviy maktablar ochish, ona tilidagi darsliklar, gazeta va jurnallar nashr qilish va hokazolarni qat’iy ta’qib qilar edilar. Ayni vaqtda chor hukumati rus bо‘lmagan aholi yashaydigan joylarda maktablar ochar, bu maktablar esa о‘z oldiga ruslashtirish maqsadini qо‘yar edi. Chor hukumati tomonidan XX asrning 60 yillarida maktab ustavlari tasdiqlanib, shular asosida boshlang‘ich hamda о‘rta maktablar qayta tuzilib, rus bо‘lmagan xalqlar uchun maktablar tashkil etishga doir davlat hujjatlarini ishlab chiqishga kirishdilar. Maktab ishiga taalluqli asosiy siyosiy va idealogiya sohasidagi kо‘rsatmalar 1870 yilda chor Rossiyasi xalq maorifi noziri D.A.Tolstoy tomonidan ifodalab berilgan edi. “Bizning vatanimizda yashovchi barcha begona (rus bо‘lmagan) xalqlarning ma’lumotli bо‘lishining oxirgi maqsadi, deb ma’lum qilgan edi, u, - shubhasiz, ularni ruslashtirish va rus xalqi bilan birlashtirishdan iborat bо‘lishi kerak”. Ruslashtirish kо‘rsatmasi 1870 yilda e’lon qilingan bо‘lib, unga binoan rus millatiga mansub bо‘lmagan barcha xalqlar uchta toifaga bо‘lingan edi. “Juda kam ruslashgan xalqlar”, bularga Sharqiy Sibir va Povoljye xalqlari kirar edi. Bu xalqlar uchun ochilgan maktablarda о‘qishni ona tilida boshlash va keyinchalik rus tilida о‘qitishga о‘tish tavsiya qilinar edi. “Ruslar ham yashaydigan rayonlarda yashovchi xalqlar”. Bu joylardagi maktablarda о‘qitishning dastlab rus tilida olib borish ayrim hollarda ona tilining yordamiga tayanish va mumkin qadar tezroq faqat rus tilida о‘qitishga о‘tish taklif qilinar edi (masalan, gruzin bolalari о‘qitiladigan maktablarda о‘qitish shunday olib boriladi). “Yetarli darajada ruslashgan xalqlar”. Ukrainlar, bellarus va boshqalar, bularning maktablarida о‘qitishni faqat rus tilida olib borish tayinlangan edi. Mazkur “Qoida”larni mana shu toifaga kiritilgan xalqlarga qо‘llanishnish 60 yillarda ijtimoiy harakat jarayonida vujudga kelgan ona tilida о‘qitish tajribasini batamom siqib chiqarishga olib keladi. Mana shu umumiy direktiv hujjat asosida ulkan Rossiya imperiyasining ayrim hududlardagi maktablarning ta’lim-tarbiyaviy ishi prinsiplarini belgilab beradigan yо‘l-yо‘riqlar yaratiladi va e’lon qilinadi. 1776 yilda Markaziy Osiyo tumanining general-gubernatori huzurida Turkiston о‘quv yurtlarining maxsus boshqarmasi tashkil etilgan bо‘lib, avvalo, ruslashtirish siyosatini amalga oshirish vazifasi uning zimmasiga yuklatilgan edi. Tegishli davlat hujjatlari bilan maktablarning ish tartibini belgilab va maktab idorasi organlari о‘z maqsadlarida mustahkamlanib olgach, chorizm о‘qituvchilarning faoliyatini injiqlik bilan sinchiklab nazorat qilish tizimini tо‘xtovsiz oshirib bordi. Tarixda о‘zbek xalqi kо‘p bosqinchilarni kо‘rgan. Masalan, mо‘g‘ul-tatar bosqinchiligini oladigan bо‘lsak, ular odamlarni qirgan, boyliklarini talon-taroj qilgan... ammo madaniyatiga, tiliga va diniga tegmagan. Eng dahshatlisi, ruslar Turkistonda barcha bosqinchilik ishlarini olib borish bilan birga xalqning urf-odatidan, tili va dinidan ham ayirmoqchi bо‘ldilar. General Rozenbax esa shunday degan edi: “О‘lkani ruslashtirish rejasini amalga oshirishda maktab katta ahamiyat kasb etishi lozim”. Haqiqatdan ham mustamlaka davrida rus-tuzem maktablari vujudga keldi. Bu maktablarning asl maqsadi, о‘lkani ruslashtirish edi. Afsuski bu о‘rinda boshqa tishga tegadigan nozik bir holat ham bor. “Tuzemets” degani ruscha о‘zbekcha lug‘atda “mahalliy xalq”, “tub aholi” deb tarjima qilingan. Rus olimi Vladimir Dalning “Velikorus jonli tilining izohli lug‘ati” kitobida mana shunday jumlalar yoziladi: “Tuzemets. Mestnо‘y otnosyahiysya do izvestnoy stranо‘...Tuzemnо‘ye jiteli chasti Okeanii stoyat na nizshey stupeni chelovechestva”. XX asr boshlarida Turkistonda hammasi bо‘lib 20925 ishchi bо‘lgan, xolos. Temir yо‘llar о‘lkamizning barcha boyliklarini Rossiyaga tashib olib ketish maqsadida qurilgan. Yangi ochilgan turli maktablar mustamlakachi amaldorlar uchun tilmochlar tayyorlab berish uchun xizmat qilgan. Download 116.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling