21-mavzu: XIX asrning 2-yarmi – XX asrning 1-choragida Turkiston o‘lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji. Reja
- masala. A. Fitratning ilmiy- pedagogik fikrlari
Download 116.24 Kb.
|
21-mavzu
3- masala. A. Fitratning ilmiy- pedagogik fikrlari.
«O, yer yuzida yurgan ne-ne kimsalarni biz tirik sanaymiz, aslida ular o’lik. Yer ostida yotgan ne-ne zotlarni o’lik sanaymiz, aslida ular tirik!» Abdulxasan Haraqoniy. Ma’naviyatimizning ilk namoyondalaridan biri Abdurauf Fitrat garchand qatag’on qurboni bo’lub, jismonan oramizda bo’lmasa ham, u hamisha tirik. Qismati og’ir bo’lgan ulug’ siymolar qatori A. Fitrat butun kuch-qudratini xalqqa bag’ishladi. Davlatboshimiz I.A. Karimovning ta’kidlashicha: «Jahonga mashhur bo’lgan Beruniy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Imom Buxoroiy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Ulug’bek, Navoiy va boshqa ko’pgina allomalar ma’naviyati keng va ayni vaqtda qismati og’ir bo’lgan siymolar» dan biri- A. Fitratdir(I.A.Karimov.«O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li».T.,O’zbekiston.1992,72-b) Abdurauf Abdurahim o’g’li Fitrat 1886 yili Buxoro shahrida tug’iladi. «Fitrat» Abduraufning adabiy taxallusi bo’lib, bu so’z tug’ma tabiat, tug’ma iste’dod degan ma’noni anglatadi. Uning otasi o’zbek, onasi tojik bo’lgan. A. Fitratning otasi savdogarchilik bilan shug’ullangan, dindor, o’qimishli shaxs bo’lib, olam kezishni, tijoratni yaxshi ko’rgan. A. Fitrat onasi Mustafbibi nozikta’b, savodli ayol bo’lib, farzandlari ta’lim-tarbiyasi bilan asosan u shug’ullangan. Oilada Abduraufdan tashqari yana ikki farzand ukasi Abdurahmon va singlisi Madbuba bo’lgan. Mustafbibi bolalarining savodli, bilimdon kishilar bo’lib etishishlari uchun harakat qilgan. Abdurauf dastlab eski maktabda so’ngra Buxorodagi Mirarab madrasasida tahsil ko’radi. U arab, fors-tojik, turk adabiyotlarini, falsafani, Sharq xalqlari tarixi va madaniyatini chuqur o’rganadi. XX asr boshlarida butun Sharqda bo’lgani kabi Buxoroda ham ijtimoiy fikr taraqqiyotida jiddiy uyg’onish boshlanib, jadidchilik harakati keng yoyiladi. Buxorodagi jadidchilikning o’ziga xos tomonlari bor edi. F. Xo’jaev Turkiston jadidlari bilan Buxoro jadidlarini farqlamoq kerakligini o’qtirib o’tgan edi. «Bu farq rus Turkistoni bilan yarim mustaqil Buxoroda vujudga kelgan xo’jalik va siyosiy munosabatlar o’rtasidagi farqdan kelib chiqadi». Turkiston jadidlari oshkora ish olib bordilar. Amir istibdodining og’irligi Buxoro jadidlarini maxfiy jamiyat tuzishga majbur qildi. Maxfiy to’garaklar ochib, to’garaklarga nisbatan faolroq ish olib bordi. Dastlab jadidizm faqat ma’rifat tashqatish bilan shug’ullanadi. Ammo Buxoro ijtimoiy hayotining toqat qilib bo’lmas og’ir vaziyati, chor podshosi va amirning ikkiyoqlama zulmi jadidizmni madaniyat tarqatish bilan shug’ullanish yo’lidan siyosiy yo’lga burib yubordi. Buxoroda jadidlar «Yosh buxoroliklar» nomi bilan ish olib bordi.A. Fitrat mana shu harakatning rahbarlaridan biri edi. Yosh buxoroliklar o’z faoliyatlarining boshlarida birinchi yashirin jamiyat Buxoroda 1908 yilda tuzilgan yangi usuldagi maktablar ochib ularda boy hamda kambag’allarning bolalarini o’qitdilar. Jadidlar Orenburg, Qozon, Ufa, Istambul kabi musulmon madaniyati markazlarining bilim yurtlari orqali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor beradilar. Shu maqsadda 1909 yili 18 iyunda Buxoro yoshlari «Tarbiyayu atrof» nomli xayriya jamiyati tuzadilar. S. Ayniyning yozishicha: «Jamiyatning birinchi maqsadi Istambulga o’quvchilar yubormoq chorasiga kirishmoq edi. Iqboli tahsil uchun Usmonxo’ja Po’latxo’ja o’g’li (1878-1968), uning birodari Atom Xo’ja (1894-1938), Mazkur Mahzum Burxon Mahzum o’g’li, A. Fitrat, Muqumbek Istambulga safar qildilar. A. Fitrat mazkur talabalarning eng iste’dodlisi va eng faoli edi». Shunday qilib, A. Fitrat 1909 yili 25 yoshida «Jamiyati xayriya» ning ko’magida Turkiyaga o’qishga ketadi. Istambuldagi barcha Buxorolik va Turkistonlik o’quvchilar bu jamiyatga a’zo bo’lib, Buxoro ma’rifatparvarlarining bir qismi ham unga sirtdan a’zo bo’lgan edilar. Jadidlar o’z g’oyalarini matbuot orqali targ’ib qilishga intildilar. Ular «Ma’rifat» shirkatlarini tashkil etib, bunda o’zbek va tojik tillarida darsliklar nashr ettirdilar. Tojik tilida «Buxoroyi Sharif» o’zbek tilida «Turon» gazetalarini chiqaradilar, kutubxonalar ochadilar. A. Fitrat ham barcha jadidlar qatori xalqni ilmli qilib, hayotni, jamiyatni yangilashga intiladi. U ham ilmiy va badiiy ijod sohasidagi dastlabki qadamlarini ma’rifat izlash va hammani ma’rifatga da’vat etishdan boshlaydi. A. Fitrat ma’rifatparvar adib sifatida «Munozara» da Buxoro amirligi idorasida muayyan islohat o’zgarish kiritish g’oyani muayyan darajada Buxoro amirligiga nisbatan o’z e’tiroznomasini bayon etadi. U islohat g’oyalardan voz kechmaydi, biroq Buxoro davlatining madaniyati, tabobati, sanoat va hatto er osti boyliklaridan xalq manfaati yo’lida foydalanish, o’lkaning ma’naviy va moddiy boyliklari haqida qayg’uradi. 1913 yil to’rt yillik o’qishdan so’ng A. Fitrat Turkiyadan Buxoroga qaytib keladi. U turkiyadan ilg’or qarashlar bilan qaytgan edi. U endi faqat ma’rifat va madaniyat tarqatish g’oyasi bilangina yashay olmasdi. Endi uning jadidlar harakatidagi siyosiy jihatdan aralashuvi faollashadi. Bu masalada jadidlar orasida kelishmovchiliklar kelib chiqdi. F. Xo’jaev bu to’g’rida shunday yozgan edi: «Istambul va Orenburgdan qaytib kelgan ko’pgina shogirdlar maqsad va ish usullari masalasida o’zlarining ilgarigi ustozlari, jadidizmning eski arboblari bilan kelisha olmadilar. Jadidlarning madaniyat tarqatishdan iborat tor doiralaridan chiqmay qolgan hayolparastligi ularni endi qanoatlantirmay qo’ygan edi. Ular siyosiy jihatni oldinga surishni siyosiy vazifalarni aniq ta’riflab berishni talab qildilar. Ular soliqlarni kamaytirishni, dehqonlarning og’ir hayotini yaxshilash uchun kurashishni taklif qildilar». A. Fitrat 1916 yili «Oila» nomli falsafiy asarini yozadi. Bu asar fors tilida yozilib S. Ayniyning aytishicha, Mirzo Abdulvohidning harajatlari hisobidan nashr etiladi. Asarda oilaviy hayotning islohatidan bahs yuritilib, adib najot yo’llarini axtaradi va xalqlarning umuminsoniy qardoshlik g’oyasini targ’ib etadi. A. Fitrat Istambuldan qaytganidan keyin ham turk, tatar, ozarbayjon adabiyoti, matbuoti, ijtimoiy tafakkurini chuqur o’rganishda davom etadi, u erdagi ilg’or ziyolilar bilan aloqani yanada mustahkamlaydi. 1916 yili A. Fitrat Orenburgdagi tatarcha «Sho’ro» oynomasi sahifalarida «Johilona taassufga qarshi» maqolasini e’lon qiladi. 1917 yili esa Bakudagi maorifchi do’stlari yordamida o’zining ibtidoiy maktablarining so’nggi sinflari uchun mo’ljallab yozilgan, o’zbek tilidagi «O’quv» nomli kitobini nashr ettiradi. Bu kitob o’sha yillarda Buxorodagina emas, Samarqand, Toshkentda ham M. Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonov o’quv kitodlari singari yangi usul maktablari uchun juda nafli tarbiya kitobi bo’lib qolgan edi. A. Fitrat o’zining ma’rifatparvarlik yo’lini keyin ham davom ettirib boradi. U boshqa ma’rifatparvar yozuvchilar: Vasliy, Behbudiy, Siddiqiy, S. Alizoda, Xoji Mo’yin kabi o’zbek va tojik ziyolilari bilan hamkorlikda Samarqandda «Hurriyat» gazetasida ishlaydi, gazetaga muharrirlik qiladi (1917 yil aprel oyida chiqa boshlagan). A. Fitrat 1922-1923 yillarda Buxoro Xalq Respublikasidan Germaniyaga, Turkiyaga talabalar yuborish, u erdagi ilg’or Evropa ta’lim-tarbiyasi, ilm-fan, texnika sirlarin o’rganish, yangi Buxoro Xalq Respublikasi va Turkistonda maorif va madaniyatni rivojlantiruvchi milliy kadrlar tayyorlash tashabbuskori va tanlovchilaridan biri bo’ldi. Ayni chog’da Buxoro Xalq Respublikasi raisi Fayzullo Xo’jaev ham Turkiston Sho’rolar Respublikasi rahbarlari Turop Rizqulov, Abdulla Rahimbekov, Nazir To’raqulovlar bilan birga Buxoro va Toshkent, Samarqand va Farg’ona, Xo’jand va Xivadan, Sattor Jabbor, Sayidali Xo’ja, Maryam Sultonmurodova, Xayriniso Majidova, Saida Sherahmad qizi Ahmad Shuqriy, Ahmadjon Ibrohimov kabi o’nlab mahalliy millat o’g’il va qizlarini Germaniyaga o’qishga yuboradi. Ularning ahvoli moddiy va ma’naviy tarbiyaviy ishlaridan xabardor bo’lib turadi. Germaniyadagi o’zbek talabalar «Ko’mak» nomli o’zbekcha jurnal chiqarishadi. A. Fitrat «Hind ixtilochilari» sahna asarini Sadriddin Ayniyning «Qiz bola yoki Holida» o’quv kitobini nashr etishadi. Bu asar Buxoro va Turkistondagi milliy zehnlilar orasida keng tarqaladi va sevib o’qiladi. Leningrad Davlat Dorilfununi 1924 yili Fitratga o’zbek va tojik mumtoz adabiyotlari namoyondalari to’g’risidagi tadqiqotlari uchun professorlik unvonini beradi. A. Fitrat «O’zbek adabiyotidan namunalar» kitobida o’nlab mumtoz adabiyotimiz vakillari haqida ma’lumot beradi. 1925 yildan Fitrat turli madaniy oqartuv, maorif va ilmiy tadqiqot institutlarida ishlaydi. O’zbekistonda birinchi tashkil bo’lgan Samarqand Pedakademiyasida, Fanlar komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida, keyinchalik Toshkent Davlat Pedagogika institutlarida Sharq adabiyoti va tili, tarixidan yuksak saviyada dars beradi. Professor A. Fitrat o’sha yillaridayoq dunyoga mashhur bo’lgan olimlar akademik A. Samfeylovich, S. Malov, E.E. Bertelslar bilan hamkorlikda o’zbek, tojik va boshqa millat sharqshunos, adabiyotshunos, turkolog olim, muallimlar tayyorlash ishiga ham yaqindan yordam beradi. Bu sohada A. Fitrat to 1937 yil qatag’onga uchragunga qadar Yahyo G’ulomov, Ibrohim Mo’minov, Oybek Xodi Zarifov, Izzat Sulton, Xomil Yoqubov, Rahim Hoshimov kabi Markaziy Osiyoning bo’lg’usi taniqli olimlariga bevosita yoki bilvosita murabbiylik qilgan edi. 1934 yil O’zbekiston Fanlar komiteti qoshida tuzilgan mustaqil ilmiy-tadqiqot institutlariga aylangan ilmiy-muassasalarda o’sha davrda taniqli olimlardan Otajon Hoshimov, G’ozi Yunusov va boshqalar bilan birga yosh adabiyotshunos hamda tilshunos olimlarga o’zbek adabiyoti tarixi va fors tilidan dars beradi. Sharq adabiyoti, tili tarixining katta bilimdoni sifatida shuhrat topadi va shogirdlari qalbida o’chmas iz qoldiradi. Nayim Karimov Fitratning ijodiy va ijtimoiy faoliyatini nisbiy ravishda ikki davrga ajratish mumkinligini aytib o’tgan. Faoliyatning birinchi davrini 1908-1918 yillarda yozgan «Rahbari Najod», «Munozara», «Sayyohi hindi bayonoti», «Oila» singari asarlari tashkil etib, bular yosh buxoroliklar harakatining g’oyaviy dasturi bo’lib xizmat qilib kelgan. Bu davrda Fitratning «Sayha»she’rlar to’plami, «Begijon», «Mavludu Sharif», «Asomuslim», «Temur sag’anisi» kabi dramatik asarlari hamda «Siyosiy hollarda Siyosiy hollar», «Turkiston muxtoriyati» kabi publitsistik maqolalari ham yaratiladi. A. Fitrat ana shu dastlabki asarlari bilan o’zi yashab turgan jamiyatning g’oyaviy asoslarini larzaga keltiradi. A. Fitratning dastlabki asarlarida vatanparvarlik mavzusi asosiy o’rinni egallaydi. U vatani bilan fahrlanadi, lekin vatanning holi xarobidan aziyat chekadi. Vatani uchun najot yo’li qidiradi va bu najot yo’lini ma’rifatda deb biladi. Shuning uchun o’z xalqiga madaniyat va ma’rifat berish uchun tinimsiz mehnat qiladi. A. Fitrat o’lkaga chetdan mutaxasislar taklif qilish bilan ish o’nglanmasligini biladi. Buxoroda tibbiy, texnik va suv inshoatlari, maxsus o’quv yurtlari ochish, ularni mahalliy kadrlar bilan ta’minlash masalalarini o’rtaga qo’yadiki, bular hozirgi kunda ham oldimizda turgan dolzarb muammolardir. Shunday qilib, A. Fitrat o’zining dastlabki asarlaridayoq ilg’or fikrli ma’rifatchi sifatida maydonga chiqadi. A. Fitrat ijodiy va ijtimoiy faoliyatinig ikkinchi davrida 1918-1924 yilliarni o’z ichiga oladi. Bu davrda Fitratning «Uchqun» she’lar to’plami (1921 y.), «Qiyomat» hikoyasi, «O’g’uzxon», «Qon», «CHin sevish», «Hind ixtilochilari», «Abulfayzxon» drama va asarlari hamda bir qancha publitsistik maqolalari maydonga keladi. Yirik olim A. Fitratning o’zbek va sharq adabiyoti tarixi xususida yozgan asarlari 20-30-yillardagi Sharq adabiyotining bilimdonlari E. Bertele, I. Krachovskiy, L. Klimovichlarning asarlari bilan yonma-yon turadi. A. Fitrat hatto ularga ko’rsatmalar bergan. L.I. Klemovichning eslashicha, Fitrat ularga ayrim qo’lyozmalarning matnlarini etkazib bergan. O’sha asarlarning o’rganilish darajasini ko’rsatib, tushuntirgan. Mana shularning hammasi uning hassos shoir, iste’dodli adib, dramaturg, publitsist, chuqur ilmiy-tarixiy tadqiqotlar yozgan adabiyotshunos olim, bir necha darsliklar muallifi, ulkan tarixchi ekanligini ko’rsatib turibdi. Professor X. Yoqubovning hikoya qilishicha, A. Fitratni 1937 yilgacha bo’lgan xurujlaridan do’sti Fayzulla Xo’jaev o’z hikoyasiga olib kelgan. Lekin 1937 yilga kelib Fitrat X. Xo’jaev, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Cho’lpon, Elbek kabilar bilan birga qatag’on qurboni bo’ldi. Ular «Xalq dushmani» deb qoralanib, ularga «Panturkizm» tamg’asi bosildi. Fitratga ham shunday ayblar qo’yilib, uning ham ilmiy, ham adabiy ijodidan panturklarcha qarashlar namunalarini axtarishadi. Garcha Fitrat ijodida turkiy xalqlarni Turkiya qo’l ostida birlashtirishga chorlagan da’vatlar bo’lmasa-da, Markaziy Osiyo xalqlari tili, madaniyati va adabiyotining birlashuv sari rivoj topish imkoniyatlari aks etgan qarashlari, Fitratning Istambulga tahsil olganligi va u erda asarlarining bir qismini nashr etganligi qatag’onga uchrashiga sabab bo’ldi. Fitrat «CHig’atoy gurungi» tashkilotining etakchilaridan biri sanalgan. Shu bois ushbu guruh so’nggi yillarga qadar ashaddiy aksilinqilobchi deb baholanib, uning a’zolari ham shunga ko’ra qo’paruvchi, millatchi, dushman odamlar deb hisoblanib kelindi. Xolbuki, «CHig’atoy gurungi» o’sha davrning etuk olimlarini uyushtirgan bo’lib, o’zbek tili va adabiyotining rivoji uchun qayg’uradigan madaniy-ma’rifiy to’garak edi. A. Fitratning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari. A. Fitrat zulfisonayn yozuvchi sifatida Abdurahmon Jomiy va Navoiy an’analarini davom ettirib, o’zbek va tojik tillarida birday mukammal asarlar yarata oldi. U tojik tilida yozgan «Sayyohi hindi bayonoti», «Rahbari najot», «Sayha», «Vose qo’zg’aloni», «Amir Olimxonning hukmronlik davri» kabi asarlarida va o’zbek tilida yaratgan «Oila», «Qiyomat», «Begijon», «Munozara», «Oqmozor», «Abulfayzxon» va boshqa maqola hamda asarlarida xalq orasida madaniyat tarqatish va ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari suradi. Shuning uchun ma’rifatparvar Fitratning barcha asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor beriladi. Xususan uning «Sayohi hindi bayonoti» degan asari-«Hindistonda bir farangi ila Buxorolik bir mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadid xususida qilgan munozarasi» dan boshlanadi. Asarda Buxoro amirligidagi o’quv va o’qituv ishlarining ahvoli va bu sohadagi asriy qoloqlik ko’rsatiladi, o’rta va oliy yurtlari tubdan isloh qilishga chaqiriladi. Madrasalarda o’quv muddatining uzoqligi va o’quv usullarining eskirganligi, mudarrislarning nodonligi, dasturlarning hayotdan uzoqligi, savod chiqarish usullarining qiyinligi tanqid qilinadi. Maktabni va o’qitish usullarini tubdan o’zgartirish tadbirlari bayon qilinadi. A. Fitratning «Rahbari najod» asari ham to’la ravishda ta’lim-tarbiya masalalariga bag’ishlanadi. Ayniqsa, asarning uchinchi bobi oila, bola tarbiyasi, axloq-odob mavzulariga bag’ishlangan bo’lib, bu masalalar hozirgi davrda ham katta ma’rifiy ahamiyatga egadir. Fitrat ota-onaning vazifasi o’z bolalarini etuk kishilar qilib tarbiyalashlari zarurligini, bunda ayniqsa, uch tarbiyaga: 1. Jismoniy tarbiya-salomatlik. 2. Aqliy tarbiya-sog’lom fikrlilik. 3. Axloqiy tarbiya-axloqiy sano, ya’ni axloqiy poklikka e’tibor berish kerakligini ta’kidlaydi. Asarning «Bola tarbiyasi» masalalari bobida quyidagilar ko’rsatib o’tiladi. Download 116.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling