210 yilda Xorazmshoh Muhammad qo’shinlari Qoraxitoylarni tor-mor qilib, butun Movarounnahrni o’ziga qo’shib oldi. Ala ad-Din Muhammad o’zini Iskandari Soniy, deb atay boshladi va o’ziga “Ollohning erdagi soyasi” degan unvon berdi


Download 17.54 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi17.54 Kb.
#185943
Bog'liq
xorazmshohlar shajarasi


210 yilda Xorazmshoh Muhammad qo’shinlari Qoraxitoylarni tor-mor qilib, butun Movarounnahrni o’ziga qo’shib oldi. Ala ad-Din Muhammad o’zini Iskandari Soniy, deb atay boshladi va o’ziga “Ollohning erdagi soyasi” degan unvon berdi.

Hammamiz shu zamin farzandimiz, uning ne’matlaridan bahramad bo’lib, uning sarhadlariga tushgan ba’zi jarohatlardan kuyinib ozorlanamiz. Uning dardlariga malham bo’lishga intilamiz. Keling, “Xorazmshohlar shajarasi”ning ayrim sahifalarini birgalikda varaqlaylik.Tarix va saltanat shunday bir katta sahnadirki, bu aziz dargohga yuzlab sulolalar, minglab hukmdorlar kelganlar va ketganlar. Adolatli, insof-diyonatli, ilm-ma’rifatli shohlar o’z ezgu ishlari bilan avlodlarga nurli iz qoldirsa, zolim, noinsof va diyonatsiz hukmdorlar o’zlaridan honli iz, urushlar, toj-taxt uchun kurash xarobalarini, g’ariblik, ihtisodiy tanglik, turli ijtimoiy-siyosiy fojialar tizimini meros kilib avlodlarga koldirdilar.

Sharq donishmandlari shuning uchun ham hayot falsafasidan kelib chikib: “El-yurtga dono, adolatli, fidoyi insonlar boshchilik qilsalar, bu xalq uchun tengsiz baxt-saodatdir. Agar teskarisi bo’lsa, bu avom fuqarolar uchun fakat tubsiz fojialar keltiradi", deb ta’qidlab, ogohlantirganlar. YuNESKOning ma’lumotlariga qaraganda, er yuzida odamzod paydo bo’lgandan buyon turli ob’ektiv va sub’ektiv sabablar tufayli 14,5 ming marta urush harakatlari sodir bo’lib, ularda 5,5 milliarddan ortik begunoh odamning yostig’i qurigan. Inson qoni daryo emas-ku, axir?! Shundan ortiq dahshat va yovuzlik bo’lishi mumkinmi?! Bugungi kunda sayyoramizda istiqomat qilayotgan aholi soni ham shu raqamga yakin. Jahonning turli olovli nuqtalarida qon to’kilishiga aybdor bo’layotgan “siyosatdon bobo”lar, ba’zi urush olovini yoquvchi kimsalar tarixdan achchiq saboq olishlari kerak. Ular hamyurtimiz, homusiy olim, ming yillar muqaddam butun jahonga moziydan ta’lim bergan Abu Rayxon Beruniyning buyuk saboqlarini eshitsinlar: Buyuk bobokolonimiz ma’lumotlariga ko’ra, Xorazm vohasida odamlar miloddan avvalgi 1292 yillarda joylasha boshlaganlar. Shundan 92 yil o’tgach, ya’ni miloddan avvalgi 1200 yilda Xorazmga Kaykovusning o’gli Siyovush kelgan va afrig’iylar sulolasiga asos solgan. Beruniyning ta’qidlashicha, Xorazmda 4 ta sulola hukmdorlari Xorazmshoh unvoniga ega bo’lgan: 1) Siyovushlar - Afrig’iylar (miloddan avvalgi 1200 - milodiy 995 yillar); 2) Ma’muniylar (995-1017); 3) Oltintosh sulolasi (1017-1034); 4) Anushteginlar sulolasi (1037-1231).

Shu narsani ta’qidlash joizki, Siyovushdan to Afrig’gacha o’tgan Xorazmshohlar nomi to’la ma’lum emas. Bu davrda hukmronlik qilgan 3 ta Xorazmshohning nomi ma’lum, xolos. Ular: Siyovush, uning o’g’li Kayxusrav va Farasman.

Afrig’dan keyingi Xorazmshohlardan 22 tasini nomi ma’lum: Ofring, Bug’ra (Bag’za), Shoxassax, Askajamux, Saxr, Sabriy, Askajavar, Saxxasak, Shovushafar, Turkash ota, Abdulloh, Mansur, Iroq, Muhammad, Ahmad, Abu Abdulloh Muhammad.

Beruniyning ta’kidlashicha, xorazmliklar tarix olishda eronliklarga ergashib, Kayxusravning (Xorazm) shohlari deb ataluvchi naslidan bo’lgan bir podshoh davrining boshlanishidan tarix oldilar. Nihoyat, Kayxusrav naslidan Afrig’ podsholigi boshlandi. Xorazmliklar Afrig’ va uning avlodi podshohlaridan tarix oldilar.

Ma’muniylar sulolasidan 3 ta Xorazmshoh, o’tgan: Ma’mun ibn Muhammad (997-1009), Ma’mun ibn Ma’mun (1010-1017).

Oltintosh sulolasi:


1. Xorazmshoh oltintosh (1030-1032)
2. Xorazmshoh Xorun ibn Oltintosh (1032-1034)
3. Xorazmshoh Ismoil Xandan ibn Oltintosh (1034- 1038)

Anushteginlar sulolasidan 8 ta Xorazmshoh hukmronlik qilgan.


1. Anush - Tegin Garcha’i (1077-1097)
2. Kutib ad-Din Muhammad (1097-1127)
3. Ala ad-Din Otsiz (1127-1156)
4. Abu-l Fatx Il-Arslon (1156-1172)
5. Sulton-shox Muhammad (1172-1193)
6. Ala ad-Din Takash (1193-1200)
7. Ala ad-Din Muhammad (1200-1220)
8. Jalol ad-Din (Mankburni) Manguberdi (1220-1231)

IX-XIII asrlar Xorazm tarixida alohida yuksalish davri bo’lib, o’z taraqqiyotining yangi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy bosqichlariga ko’tarildi. Xorazm ham siyosiy va idtisodiy jihatdan mustaqil va qudratli davlat bo’lib, Markaziy Osiyo, Eron va Shimoliy Hindiston davlatlari qatorida “Islom Uyg’onish davri”ni boshidan kechirdi. N.I.Konrad bu davrni tafakkur va fan sohasidagi inqilob deb atagan.

996 yilda shimoliy Xorazm amiri Ma’mun ibn Muhammad Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi, o’zini Xorazmshoh, Urganch shahrini Xorazmshohlar poytaxti deb e’lon qildi. Ali ibn Ma’mun vafotidan so’ng Xorazm taxtiga uning inisi Ma’mun ibn Ma’mun (999-1017) o’tirdi. U o’z davrining o’qimishli va madaniyatli kishisi bo’lgan. Uning saroyi qoshida Ma’mun Akademiyasi (Donishmandlar uyi) deb nom olgan ilmiy-madaniy markaz tashkil etilib, unda olamga mashhur allomalar, jumladan Al-Beruniy, Ibn Sino, Abu Nasr Iroq, Ibn Hammar, Ibn Misvak kabi o’nlab yirik fan va madaniyat namoyandalari ijod qildilar.

1210 yilda Xorazmshoh Muhammad qo’shinlari Qoraxitoylarni tor-mor qilib, butun Movarounnahrni o’ziga qo’shib oldi. Ala ad-Din Muhammad o’zini Iskandari Soniy, deb atay boshladi va o’ziga “Ollohning erdagi soyasi” degan unvon berdi.

1217 yilga kelib Xorazmshoh g’arbda Iroqdan to Hindistongacha, shimolda Manqishloq va Orol dengizidan janubda to Hind okeani qirg’oqlarigacha bo’lgan hududlarni egallagan buyuk Xorazm imperiyasini yaratdi. U o’z ichiga Movarounnahrni, Iroqni, Mazandoron, Adran, Ozarbayjon, Shirvon, Fors, Karman, Makron, Qosh, G’azna, ja’mi 400 ga yaqin shahar va viloyatlarni olardi. Xorazm o’zining ko’p ming yillik tarixida hamisha mustaqillikka intilib yashagan, ba’zan unga erishgan ham. Uning keng va moviy osmonida goh quyosh yaraqlab, o’z shon-shuhratini butun dunyoga ko’z-ko’z qilgan bo’lsa, goh qora bulutlar qoplab, dahshatli yashin-chaqmoqlar uning bag’rini tilib nimtalagan, vayronaliklar girdobiga uloktirgan.

Shiroq, To’maris, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Temur Malik kabi o’nlab xalh qahramonlari Xorazm tarixining oltin sahifalarini bezaganlar va xalqimiz xotirasi - abadiyatdan joy olganlar. Xorazmshohlar saltanatining shonli sahifalari uning buyukligidan, qonli sahifalari esa uning fojialaridan dalolatdir.

Chingizxondek dahshatli Jahongirni hayratda qoldirib, uning ham g’azabini, ham havasini uyg’otgan. Najmiddin Kubro va Jalol al-Din (pir-ustoz va shogird)- larning mislsiz jasorati va insoniy fazilatlari ana shu davrdagi ma’naviy muhit mevalaridir. Lekin, ezgulik va yovuzlik hamisha abadiy jangda, yo birinchisi g’olib chiqadi yoki ikkinchisi. Bu hayot, qarama-qarshilik va ziddiyatlar qonunidir. Chingizxon istilolari Xorazmda o’n etti yil davom etib, uni butunlay xarobazorga aylantirdi. Urganch, Kat, Xiva shaharlari bilan bir qatorda yuzlab viloyatlar, tuman-shaharlar va qishloqlar kultepalarga aylandi. Mo’g’ullar hayvon qiyofasiga kirib, insoniylikka zid bo’lgan barcha qilmishlarini namoyish qildilar. Hozirgi Qo’shko’pir tumani hududlarida ham hayot-mamot janglari bo’lib, Go’zpishgan, Tuproq qal’a, Ko’na qal’a va Gozovot kabi qo’rg’on shaharlar kunpaya-kun (tekislangan) qilindi. Ko’nazey qal’asi yonida mo’g’ullar bilan bo’lgan og’ir janglardan keyin dunyoga kelgan “Kallalik” qabristoni ana shu sharmandali vahshiylikning qonli izlaridir.

Chingizxon avlodlari Xorazmda XIII asr oxirlarigacha hukmronlik qildilar. Xorazm XIV asrning 70-yillaridan to XVI asrgacha (130 yilga yaqin) Temuriylar hukmronligi ostida bo’ldi.

Har gal yovlar, qora kuchlar Xorazmni sindirmoqchi bo’ldilar. Lekin uning qaddi ba’zan bukilsa ham lekin sinmadi. Uni er yuzidan butunlay supurib tashlamoqchi bo’ldilar. Lekin u tiz cho’kmadi, yana ko’karib chiqaverdi, Uni erga urgan sayin, u ona zamindan kuch olib, chiniqib oldinga intilaverdi.

O’tdi saltanatlar, zamonlar izma-iz,


Sochdi ajal urug’in Qutayba, Chingiz,
Qaddin raso tutib Xorazm hargiz,
Goh g’olib keldi, ezgulik otib ildiz.

Quchoqlaringda o’sdi yuzlab shajara,


Yaxshisi bo’lib malham, yomoni yara.
Ot surdi minglab mard suvoriy o’g’lonlar,
Qildi yuzing shuvit qancha “o’lik jon”lar.
Download 17.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling