211-guruh talabasi Tolliyeva Nozima
Download 51.26 Kb.
|
211-guruh talabasi
211-guruh talabasi Tolliyeva NozimaREJA: 1.Sa’diy Sheroziy haqida qisqa malumot. 2.Sa’diy Sheroziyning “Guliston “asaridan namunalar. 3.Guliston asarida xulosa.Sharq klassik adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri Muslihiddin Sa’diy Sheroziy (1184—1292) Oʻrta va Yaqin Sharq oʻlkalarida Shayx Sa’diy nomi bilan mashhur. Uning ajoyib asarlari oʻzbeklar orasida ham keng tarqalgan. «Guliston» va «Boʻston» kabi axloqiy kitoblari eski oʻzbek maktablarida darslik sifatida oʻqitilar edi. Fors-tojik adabiyoti tarixida Sa’diyning mavqei juda baland. U birinchi boʻlib gʻazal formasini mustaqil janr darajasiga koʻtardi. Uning «Kulliyot»iga 4 devon (gazallar toʻplami) kiritilgan..Guliston» oʻziga xos didaktik hikoyalar va she’riy aforizmlar toʻplamidir. Kitob 8 bobdan iborat. Fors-tojik prozasining klassik namunasi boʻlmish bu asar soddalik, original goʻzallik, voqelikni toʻgʻri yoritish bilan kitobxonni maftun etadi. Jahongashta shoir oʻz hayotida koʻrgan, bilgan voqealarni bayon etib, ulardan axloqiy xulosalar chiqaradi. Undagi qisqa-qisqa hikoyalarda dunyo-dunyo ma’no boʻlgani uchun ham bu kitob jahon adabiyotining oltin fondiga kirgan. Adabiyotshunoslar iazdida fors-tojik klassik poeziyasining eng porloq asari Firdavsiyning «Shohnoma»si boʻlsa, nasriy asarlarning eng barjastasi «Guliston» hisoblanadiSulton saroyida aql-zakovat va fahm-farosatda yagona bir amirzodani koʻrdim. Hali goʻdaklik vaqtlaridayoq peshanasida buyuklik alomatlari namoyon edi. Aqlli manglayi ustida soʻzsiz Porlab turgan kabi bir yorugʻ yulduz. Xulosai kalom, sultonning nazdida manzur boʻldi, chunki suratda sohibjamol, aql-idroki barkamol edi. Donishmandlar haq gapni aytganlar: «Boylik molda emas, kamolda, aql yoshda emas, boshdadir». Kunlardan bir kun amirzodaning hamqatori boʻlgan bir guruh mansabdorlar amaliga hasad qilib, uni xoinlikda aybladilar va oʻldirtirib yuborishga behuda urindilar.Olimlardan birining bola-chaqasi koʻp edi-yu, topish-tutishi oz edi. Oʻziga muxlis boʻlgan bir mansabdorga ahvolini soʻzladi. Mansabdor uning shikoyatini eshitib, qosh-qovogʻini soldi, olim odamning tama’lanishi unga jirkanch koʻrindi. Baxtsizlikda qovoq uyib kirma doʻsting yoniga, Talx aylama doʻstingni ham rohatu ishratini. Biror hojat boʻlganda ham ochiq chehra, xandon kir, Hojatingni chiqarguchin buzmay kayfiyatini. Deydilarki, mansabdor olimning maoshini bir oz oshirdi-yu, lekin ixlosini ancha kamaytirdi. Olim bir necha kundan keyin mansabdorning odatdagi doʻstona muomalasidan asar koʻrmay, dedi: Nonim oshdi, obroʻ kamaydi, biroq, Xorlikdan koʻra yoʻqchilik yaxshiroq.«Guliston»ning koʻpgina qoʻlyozma nusxalari va toshbosma nashrlarida har bir she’riy parchaning ustiga «misra», yo «bayt», yo «masnaviy» yo «kit'a» deb yozilgan. Lekin «Guliston» ning ilmiy-tanqidiy tekstini tayyorlagan ozarbayjon olimi Rustam Alievning aniqlashicha, she’riy parchalar ustidagi bu nomlar keyingi asrlarda qoʻyilgan ekan. (R. Komilov)Download 51.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling