22-mаvzu. Sex loyihasi tarkibi va rasmiylashtirish. Reja
Download 34.54 Kb.
|
Ma\'ruza №22
Loyihaning umumiy hisoblari quyidagilami o'z ichiga oladi:
Ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun kerakli jihozlar hisobi: dastgohlar, oqim bo'yicha yoki avtomatik liniya hisobi; texnologik jarayon va texnik iqtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha dastgohlar soni; dastgohlaming yuklanish jadvali; asosiy vaqt bo'yicha dastgohlardan foydalanish koeffitsi- yentini va dastgohlaming quwati bo'yicha foydalanish koeffitsi- yentini aniqlash; asosiy va yordamchi (charxlash, tayyorlov va boshqa bo'limlar uchun) jihozlarning texnik tavsifi va asosiy balans narxi ko'rsatilgan qaydnomasi. Uzellarni yig'ish liniyasi, yig'ish va ish joylari hisobi, yig'ishlar uchun kerakli bo'lgan qaydnoma. Asboblar, moslamalar, yordamchi jihozlar va materiallarn- ing kerakli soni, ularga: moslamalar qaydnomasi; ishchi (kesuvchi va boshqalar) asboblar qaydnomasi; o'lchash asboblari qaydnomasi; elektrodvigetellar qaydnomasi; asosiy va yordamchi materiallar qaydnomasi. Kerakli ishchi kuchi va sex shtatlarini ishlab chiqish: ishlab chiqarish ishchilari qaydnomasi yodamchi ishchilar va kichik xizmat ko'rsatuvchi xodimlar qaydnomasi: d) boshqaruv, muhandis — texnik va hisob idora xodimlari qaydnomasi: Yuk ko'tarish va transport vositalarining kerakli soni ularning texnik tavsifini tuzish, tanlash, yuklanish, grafigini va ushbu turdagi jihozlarning qaydnomasini tuzish. Mexanika (mexanika-yig'uv) sexi maydonining hisobi: detallarga ishlov berish bo'limi; yig'ish bo'limi; charxlash; nazorat; tayyorlov bo'limi; sex materiallari va zagotovkalar ombori; oraliq, asbob tarqatish va boshqa bo'lim omborlari. Texnik-iqtisodiy ko'rsatkichi bo'yicha ta’mirlash-mexanika ustaxonasining (jihozlar soni, maydoni, ishchilar tarkibi) hisobi. Mexanika (mexanika-yig‘uv) sexining asosiy o‘lchamlari (kengligi, uzunligi, balandligi) va umumiy maydonini hisobi. Boshqaruv idora va maishiy xonalar maydonining hisobi. Loyihaning sex kompanovkasi qismida: Dastgohlar va boshqa jihozlarning ish joylari, yordamchi boiimlar (nazorat, charxlash, omborlar, ustalar joyi, ta’mirlash brigadalari joyi) joylashgan holda mexanika (mexanika-yig'uv) sexini 1:100 miqyosdagi rejasi. Dastgohda ishlovchi (yig‘uvchi) ishchining ishchi joyi rejasi. 1:50 miqyosda kerakli balandligi aniqlangan holda mexanika (mexanik-yig'uv) sexini ko'ndalang kesimi sxemasi. Sex bo‘ylab asosiy detallarning harakat grafigi. Ta’mirlash-mexanika bo'limi (bazasi) va boshqa yordamchi ustaxonalarning joylashish rejasi. Barcha ishlab chiqarish va yordamchi bo'limlar, boshqa- ruvidora va maishiy xonalarning umumiy joylashish rejasi. Loyihaning qurilish qismida asosiy ma’lumotlar bo‘lishi kerak. SINOV SAVOLLARI Loyihalash uchun topshiriq o‘z ichiga nimalarni oladi? Operatsiya kartasi nima? Loyihaning texnologik va konstruktorlik qismida nimalar yoritilishi kerak? Loyihaning umumiy hisoblarini tushuntirib bering. Loyihaning sex kompanovkasi qismida nimalarni hisobga olinadi? Sexni boshqarish masalalarini tushuntiring? Moslamlar, ishchi asboblar qaydnomasi nima? Download 34.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling