22-mavzu: Tijorat banklari risklari va ularni boshqarish usullari
Qarzdor kreditga layokatliligini baxolash
Download 77.1 Kb.
|
22 mavzu Tijorat banklari risklari va ularni boshqarish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kreditlarni sug‘urtalash.
- Diskontli ssudalar berish.
Qarzdor kreditga layokatliligini baxolash. Xorij bank amaliyotida ssuda oluvchini balli baxolashga asoslangan metod juda keng tarkalgan. Bu metod mijoz reytingini aniklashni ko‘zda tutadi. Karzdorni baholash kreteriyalar xar bir bank uchun qattiq individuallashgan bo‘lib, uning amaliyotdagi mavkeidan kelib chiqadi va vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi.
Bir qarzdorga beriladigan kreditning xajmini kamaytirish. Bu usul qachonki, bank mijozning kreditga layokatliligiga tuliq amin bo‘lmasagina qo‘llaninadi. Kreditlarni sug‘urtalash. Kreditni sug‘urtalash uning qaytmaslik riskini tuliq sug‘urta bilan shug‘ullanuvchi tashkilot zimmasiga yuklanishini ko‘zda tutadi. Sug‘urtalash bilan bog‘liq barcha xarajatlar ssuda oluvchilar tomonidan to‘lanadi. Etarli ta’minlanishni jalb kilish. Bunday metod bankka berilgan summaning kaytishini va foiz olinishini kafolatlaydi. Kredit riskidan ximoya kilishda asosiy e’tibor zararlarni koplash uchun muljallangan etarli ta’minotni jalb kilishiga emas, balki ushbu zararlarga yo‘l kuymaslik uchun qarzdor kreditga layokatliligini taxlil kilishga qaratiladi. CHunki ssuda kredit kelishuviga muvofiq qaytarilishini xisobga olib beriladi. Diskontli ssudalar berish. Diskontli ssudalar unchalik katta bo‘lmagan darajada kredit riskini pasatirishga erdam beradi. Bunday usulda kredit berish minimum kreditga to‘lovni olishni ta’minlaydi. Agar kredit riskidan ximoyalaninning boshka metodlari qo‘llanilmasa, uning kaytishi tugrisidagi savol javobsiz kolaveradi. YUkorida aytib o‘tilganlardan tashkari kuyidagilarga e’tibor berish ham kredit riskini kamaytirishda katta ahamiyatga molikdir. Tomonlar o‘rtasida kredit munosabatlarining samarali amalga oshirilishiga ham okilona kredit siyosati orkali erishish mumkin. CHunki kredit siesati kreditlash jaraenida yuzaga keladigan risklarni boshqarishda bank raxbariyati tomonidan kabul kilinadigan chora va uslublarni, bank kredit portfelini samarali boshqarishga doir ko‘rsatmalarni o‘zida ask ettiradi. Xar bir bank o‘zining kredit siesatini mamlakatdagi iktisodiy, siyosiy, geografik, tashkiliy va boshka bank faoliyatiga ta’sir kiluvchi omillarni xisobga olgan xolda ishlab chiqadi. Kredit siesati bank strategiyasining ajralmas qismi sifatida kredit bozorida bankning xarakat kilishidan ko‘zlangan maksadini, tamoyillarini va yunalishlarini o‘z ichiga oladi. Taktik jixatdan esa bu siyosat moliyaviy va boshka instrumentlarni, kredit bitimlarini amalga oshirishdagi bankning maksadlariga erishish yunalishlarini va koidalarini hamda kredit jarayonini tashkil kilish tartiblarini ishlab chiqishni kamrab oladi. Bank risklarini boshqarish asoslari va uni takomillashtirish. «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tugrisida» gi konunga (1995 yil 21 dekabr) muvofik Markaziy bank bank aktivlari sifatini tasnif kilish va aktivlar buyicha kurilishi mumkin bulgan zararlar urnini koplash uchun shunga monand rezervlar yaratishga doir talablarni belgilash, ishonchsiz aktivlarni xisobdan chikarish shartlari va tamoyillarini aniklash vakolatiga egadir. SHuningdek ushbu konunning 52-moddasiga muvofik Markaziy bank tomonidan banklar uchun majburiy bulgan normativlar, xususan: bir karz oluvchi yoki bir-biriga daxldor karz oluvchilar guruxiga tavakkalchilikning eng kup mikdorini; yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng kup mikdorini; aktivlarni tasniflash va baxolashga doir talablarni, shuningdek bunday tasniflar asosida bankning operatsion xarajatlari jumlasiga kiritiladigan chegirmalardan shubxali va xarakatsiz karzlarga karshi tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirishni; karzlarga doir foizlarni xisoblab chikish va ularni bank daromadlari xisobvaraklari xisbovaragiga kiritishga doir talablarni; bank tomonidan kursatiladigan lizing xizmatlarining eng yirik kiymatini; bank tomonidan kimmatli kogozlarga kuyilmalarining eng kup mikdorini; Bank bir karz oluvchi yoki bir gurux uzaro alokador karz oluvchilarga, 1-darajali kapital xajmidan ta’minlangan ssudalar buyicha - 25% ta’minlanmagan ssudalar buyicha - 5% chegaralarida kredit berishning limit cheklanishlari orkali likvidlikni yukotishlar usishni kamaytirish choralarini kuradi. Barcha yirik kreditlar summasi jamlanmasi 1 darajali kapitalning 8 barobaridan oshmasligi lozim. Bank tomonidan kursatiladigan lizing xizmatlarining umumiy mivdori (avializingdan tashkari) Bank 1-darajali kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak Mazkur cheklovlar kuyidagi xollarda tatbik etilmaydi: a) kimmatbaxo kogozlarning va kafolatlarning bozor kiymati kreditlarni 125 foizga koplay oladigan bulib, davlat kimmatbaxo krgozlari, Uzbekistan Respublikasi Xukumatining kafolati yoki boshka majburiyatlari bilan ta’minlangan kreditlar; b) kredit bergan bank tomonidan navd depozitlar bilan ta’minlangan sumlardagi yoki Iktisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti ishtirokchilari mamlakatlari valyutasidagi kreditlar berilgan xolda; v) sotib oluvchi bank dastlabki kreditni bergan bank sifatida tulanmagan karzlar buyicha tavakkalchilikni tulik uz zimmasiga olganda kreditning xammasini yoki uning bir kismini boshka bankka regress (kdyta sotib olish majburiyati) xukukisiz sotish paytida. Ishtirok etish tukrisidagi shartnoma karzlar tulanmagan xolda xar bir bank investitsiyalariga mutanosib tarzda tavakkalchilikni taksimlash tartibini kamrab olishi lozim. Sotib oluvchi bank xarid kilgan kreditning bir kismi Markaziy bank belgilagan cheklovlar va yuzaga kelishi mumkin bulgan yirik zararlar summasi buyicha cheklovlarga tugri kelishi kerak. SHuningdek bankka daxldor shaxslarga beriladigan kreditning eng yukori summasi buyicha xam iktisodiy me’yorlar urnatiladi. Bunda, Bankka daxldor shaxslarga beriladigan bitta kreditning umumiy xdjmi bir yoki uzaro daxldor karz oluvchilar guruxiga beriladigan bitta kredit tavakkalchiligining maksimal mivdoriga nisbatan tartibga solinadi. Bankning barcha daxldor shaxslarga bergan kreditlarining umumiy summasi bankning birinchi darajali (asosiy) kapitalining 100 foizidan oshmasligi kerak Bank tomonidan kimmatli kogozlarga kuyilmalarni amalga oshirishda kuyidagi cheklovlar belgilanadi: a) bankning bir korxona ustav kapitaliga, shuningdek ushbu korxonaning boshsa kimmatli kogozlariga silgan suyilmasi mikdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak Ushbu me’yor bir emitentning xam "Investitsiyalar"bankning korxona ustav kapitaliga va uning kimmatli kogozlariga kuyilmalarining eng yukori kiymatini belgilaydi. Uzbekistonda tijorat banklari faoliyatidagi risklar, xususan, kred p risklarini boshkarishga nisbatan minimal talablar Markaziy bank Boshgaruvi tomonidan 2011 yil 7 mayda 14/2 - sonli karor bilan tasdiklangan "Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshkarishiga nisbatan kuyiladigan talablar tugrisida"gi nizomga muvofik; belgilanadi. Unga muvofik tijorat banklari risklarni boshkarishda: bank faoliyati va uning atrofidagi muxitning uziga xos xususiyatlarini xisobga oluvchi, anik ifodalangan va xujjatlashtirilgan risklarni boshkarish siyosatini ishlab chikishlari; bank risklarini boshkarish vazifalari yuklangan tarkibiy bulinmani tashkil etishlari; -bank risklarini boshkarish bulinmasini tajribali va malakali mutaxassislar bilan ta’minlashlari; bank yangi xizmatlarni joriy kilishda, yirik bitimlarni tuzishda, xorijiy moliya institutlari bilan aloka urnatishda, investitsiyalarni jalb kilishda, chet el valyutasidagi mablaglarni aktivlarga joylashtirishda, yangi xodimlarni ishga kabul kilishda va boshka bank risklari yuzaga kelishi mumkin bulgan bank operatsiyalarini amalga oshirishda bank risklarini boshqarish bulinmasi bilan kelishishlari talab etiladi. O‘zbekistan Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 2 noyabrdagi tasdikdangan 422-sonli "Bir karzdor yoki uzaro daxldor bulgan karzdorlar guruxiga tugri keluvchi tavakkalchilikning eng yukori darajasi tugrisida"gi Nizomiga muvofik bir karzdorga yoki o‘zaro daxldor karzdorlar guruxiga berilgan kredit mikdoriga kuyidagi summalar kiritiladi: -kreditning asosiy summasi (ssudalar, kafolatlar, akseptlar va akkreditivlar, moliyaviy lizing, faktoring va repo operatsiyalari) xamda «kuzda tutilmagan xolatlar» xisobvarakdarida aks ettirilgan majburiyatlar va xisoblangan foizlar; -moliyalashtirishga doir barcha yuridik jixatdan boglik majburiyatlar; overdraftlar (mijozlarning jamgarma xisobvaraklaridagi debet koldikdari); balansdan chikarib tashlangan ("ishonchsiz" deb tavsiflangan) barcha summalar (karzdorning tulash majburiyati u bankrot deb e’lon kilinganligi natijasida yuridik jixatdan bekor kilingan dollar bundan mustasno). Xar kanday bir karzdor yoki uzaro alokador karzdorlar guruxining balansdan tashkari majburiyatlarini xam xi obga olgan xolda, kreditlari jami summasi I darajali bank regulyativ kapitalining 10 foizdan oshgan xolat yirik kredit deb xisoblanadi. Xar bir bank kreditlarga doir yuzaga kelishi mumkin bulgan barcha yirik zararlar tugrisidagi ma’lumotni xar oyda bir marotaba Markaziy bankka takdim etishi kerak. jadval
Download 77.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling