22 variant Bank hisob varaqlarini yuritish bo’yicha shartnoma va uning mazmuni


Download 20.39 Kb.
bet1/4
Sana28.01.2023
Hajmi20.39 Kb.
#1135499
  1   2   3   4
Bog'liq
22 v


22 variant

  1. Bank hisob varaqlarini yuritish bo’yicha shartnoma va uning mazmuni

  2. Banklarda lizing operatsiyalarining tashkil etilishi

  3. Bank kafolatlari va ularning hisobi



  1. Mazkur Shartnoma Mijozning arizasiga koʻra bank hisobvaragʻini (keyinchalik matnda “hisobvaraq”) ochish, hisobvaraqqa tushayotgan pul mablagʻlarini qabul qilish va kiritib qoʻyish, Mijozning toʻlov hujjatlariga asosan hisobvaraqdan tegishli pul mablagʻlarini oʻtkazish va toʻlash, masofaviy xizmatlar dasturiy majmualari orqali elektron bank xizmatlarini koʻrsatish, kassa xizmatlarini koʻrsatish hamda hisobvaraq boʻyicha boshqa amaliyotlarni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.

Bankning masofaviy bank xizmat koʻrsatish tizimlari mijozga oʻz hisobvaraqlarining xolati va pul aylanmasi xaqida maʼlumot olish, elektron toʻlov topshiriqnomalarini oʻtkazish, dastur imkoniyati doirasida bank xizmatlari xaqida maʼlumotlarni olish imkoniyatini beradi.
Bank tomonidan koʻrsatiladigan kreditlash, faktoring, moliyaviy lizing, qimmatli qogʻozlarni xarid qilish-sotish, qimmatli qogʻozlar hisobini yuritish va saqlash, qimmatli qogʻozlarni boshqarish, bankda qimmatbaho buyumlarni (hujjatlar, qimmatli qogʻozlar, qimmatbaho metallar va h.k.) saqlash, maxsus xonalarni yoki ulardagi poʻlat seyflarni hujjatlar va boshqa qimmatbaho buyumlarni saqlash uchun ijaraga berish, anderrayting, konsalting, kafolat berish, Mijozning pul mablagʻlarini jamgʻarma va muddatli depozitlarga joylashtirish, Mijozdan erkin valyuta mablagʻlarini xarid qilish xizmatlari uchun hamda Bank tomonidan bank amaliyoti doirasida boshqa xizmatlarni taqdim etganlik uchun haq miqdori alohida shartnomalar bilan tartibga solinadi.

Lizing deganda (inglizcha „lease“ – ijara) asbob-uskunalar, jihozlar, transport vositalari va boshqa asosiy fondlarni ijaraga be rish va sotib olish bo‘yicha operatsiyalar tushuniladi. Dastlabki lizing tarqalishi 1852-yilda AQSHdagi „Yunayted staytes liz ing korporeyshn“ birinchi lizing jamiyati tashkil qilinishi bilan bog‘liq.


Lizing shartnomasida bank (lizing beruvchi), ijaraga oluvchi korxona (lizing oluvchi) va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi korxona) ishtirok etadi.
Lizing predmeti bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin bo‘lgan korxonalar, mulk komplekslari bino-inshoot, transport vositalari va qonunlar bilan taqiqlanmagan ko‘chmas mulk shakllari hisoblanadi. Lekin, yer uchastkalari, tabiat obyektlari, hamda ishlatilishi bo‘yicha qattiq tartib o‘rnatilgan mulk shakllari bundan mustasno.
Iqtisodiy mohiyati bo‘yicha lizing oddiy ijara tushunchasiga nisbatan keng tushunchadagi kategoriya bo‘lib hisoblanadi.
Aslida lizing – bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladigan 3 operatsiya: ijara, kreditlash va korxonani texnik materiallar bilan ta’minlashning yagona kompleksidir.
Lizing bitimlarining asosini quyidagi elementlar tashkil qiladi:

  • bitimning obyekti ;

  • bitimning subyekti (lizing shartnomasining tomonlari);

  • lizing shartnomasining muddati;

  • lizing to‘lovlari;

  • lizing tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar.


Download 20.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling