2204-guruh talabasi Mamatova Shahlo


Download 96.91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.04.2023
Hajmi96.91 Kb.
#1402979
Bog'liq
maruza 10 sh



2204-guruh talabasi Mamatova Shahlo
Kompyuter tarmoqlari. Tarmoq turlari
Internet (ingl. Internet) — axborotlarni saqlash, uzatish va foydalanish uchun
mo`ljallangan jahon bo`yicha umumlashtirilgan kompyuter tarmoqlari majmuasidir.
Tarmoq – kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma’lumot
almashishni ta`minlaydigan, aloqa kanallari bilan o`zaro bog`langan majmui.
Kompyuterlararo ma’lumotlarnihg almashishni ta`minlab beruvchi bunday tarmoqlar
kompyuter tarmoqlari deb ataladi.
Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob-uskunalar - katta
hajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga
va
ma’lumotga
ega
bo`lish
imkonini
beradi.
Tarmoqning
asosiy
vazifasi
foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli
himoyalangan holda axborotdan jamoa bo`lib foydalanishni tashkil etish. Shuningdek,
foydalanuvchilar o`rtasida ma’lumotlarni uzatishning qulay va ishonchli vositasini
ta`minlashdir.
Tarmoq orqali axborotlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyati vujudga keldi.
Axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini
tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechish imkoniyatlarini
beradi. Bundan tashqari, har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga
ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan (ma’lumotlari, xotirasi) birgalikda
foydalanish hamda butun dunyo kompyuterlarini o`zida birlashtirgan Internet tarmog`iga
bog`lanish mumkin.
1957- yilda sobiq Sovet Ittifoqi Yerning birinchi sun’iy yo`ldoshini fazoga
chiqargandan so`ng AQSH mudofaa Vazirligi axborot uzatishning ishonchli tizimi
zarurligini sezdi. Mashhur RAND Corparation Amerika ilmiy markazi mamlakatni
boshqarishning strategik muammosi ustida ishlay boshladi. Axborotlarni qanday qilib
talofatlarsiz uzatish asosiy masala bo`lib qoldi. 1964 yil firma axborotlarni uzatishning
yangi sistemasini yaratish bo`yicha quyidagi takliflarni berdi:
1. Bu sistema markazlashgan boshqaruv asosida bo`lishi kerak.
2. Sistema alohida segmentlardan iborat va xar bir tugun bir-biriga bog`lik
bo`lmagan holda mustaqil qabul qilish va uzatish qobiliyatiga ega bo`lishi
kerak.
Mazkur tarmoq asosida paketlar kommutatsiyasi prinsipi yotadi. Bunda xar
qanday xabar manzil bilan ta`minlangan bo`laklardan iborat bo`ladi. Paketlar tarmoqlar
orqali manzil tugunida uzatiladi va yig`iladi xamda boshlang`ich ma’lumotlar shakllanadi.
Paketlarning manzilga bormay qolish vaziyatlari ham bo`lishi mumkin, lekin xabar uni
topish imkoniyatiga ega. Tarmoqdagi xabarni turli aloqa vositalari - radio, telefon va
boshka turli kanallar orqali uzatish mumkin.
Su’niy yo`ldoshning uchirilishi AQSH Prezidenti Duayt Eyzenxauerning mudofaa
yo`nalishida ilmiy-tekshirish istiqbolli ishlanmalar ustida ish olib boruvchi ARPA
agentligi haqidagi hujjatga imzo chekishiga sabab bo`ldi. Bu agentlikka AQSH xukumati
tomonidan axborot almashinish imkonini beruvchi tarmoq ishlab chiqish vazifasi
topshirildi. Shuningdek bunday vazifa Kaliforniya universitetiga (Los-Andjeles), Stenford
ilmiy tekshirish markaziga, Yuta Universitetiga, Kaliforniya shtatidagi Santa-Barbara
Universitetlariga ham yuklatildi.
1962 yil avgustida Massachusets texnologik institutdan Dj. Liklayder o`zaro


bog`langan kompyuterlarning global tarmog`i haqidagi konsepsiyasini nashr ettirdi. U
tarmoq yordamida istalgan kompyuterning axborot va dasturlaridan tezlik bilan
foydalanish mumkinligini oldindan ko`ra bildi. 1962 yilo oktabrida Liklayder bu
kompyuter loyihasining birinchi raxbari etib tayinlandi. U izdoshlari bo`lgan Ivan
Sazerlend, Bob Taylor va Lourens Robertsga tarmoq konsepsiyasining barcha
imkoniyatlari va zaruriyatlarini isbot qilib berdi.
Massachusets texnologik institutidan Leonard Kleynrok paketli kommutatsiya
nazariyasi haqidagi birinchi maqolasini 1961 yil avgustida nashr ettirgan bo`lsa, birinchi
kitobini esa, 1964 yilda chiqardi. U hamkasblarini paketli kommutatsiya nazariyasining
xususiyatlariga ishontira oldi va bu kompyuter tarmoqlarini yaratishga bo`lgan asosiy
qadamlardan birinchisi bo`ldi.
Ikkinchi asosiy qadam mavjud kompyuterlararo aloqani tashkil etish masalasi edi.
Bu masalani urganish uchun Lourens Roberts Tomas Merrill bilan birgalikda 1965 yili
Massachusetsda joylashgan TX-2 kompyuterini Kaliforniyadagi Q-32 EHMlari bilan
bog`ladi.
Bog`lanish telefon yo`llari orqali amalga oshirilib, dunyo tarixida birinchi
kompyuter tarmog`i bo`ldi. Bu texnologiya bilan AQSH Mudofaa Vazirligining ARPA“ –
Ilg`or mudofaa tadqiqot loyihalari agentligi qiziqib, ularga harbiy qo`shinlarni bir
tarmoqqa birlashtirish g`oyasini takif qildi.
Lourens Roberts o`zining tarmoqlar haqidagi maqolasini e`lon qilgan bo`lsa,
xuddi shu konferensiyada paketli kommutatsiya konsepsiyasi haqidagi maqola ham
berildi. Uning avtorlari Milliy fizika laboratoriyasidan ingliz olimlari Donald Devis va
Rodjer Skentlebur edi. Shuningdek RAND Corporation – strategik ilmiy tadqiqot va
ishlab chiqarishlar bilan shug`ullanuvchi amerikaning notijorat tashkiloti xodimi bo`lgan
Pol Beren ham bu sohada ishlar olib bordi.
1964 yilda RAND kompaniyasi bir gurux xodimlari harbiy tizimlardagi tarmoqlar
bo`yicha ishonchli ovozli kommunikatsiya uchun paketli kommutatsiya haqidagi
maqolasini yozishdi. MIT (1961-1967), RAND (1962-1965) va NPL (1964-1967) bir
biridan bexabar holda parallel ravishda ish olib borishganligi aniqlanadi.
Paketli kommutatsiyaning qo`llanilishi loyihalanayotgan ARPANET tarmog`i
kanallarida ma’lumot uzatish tezligini 2,4 Kb/s dan 50 Kb/s gacha oshirish imkonini
berdi.
BBN komandasi xabarlarning interfeys protsessor (server)lari ustida ish olib
borishdi va Bob Kan ARPANET arxitekturasini ishlab chiqishda faol ishtirok etdi. Roberts
Xovard Frenk Network Analysis Corporation dagi guruhi bilan birgalikda tarmoq
topologiyasini loyihalash va optimallashtirish ustida ishladi, Kleynrokning Los-Andjeles
Kaliforniya universitetdagi (UCLA) guruhi tarmoq xarakteristikasi o`zgarish tizimini
tayyorlashdi.
Loyihaning boshqa faol ishtirokchilaridan Vint Serf, Stiv Kroker va John Postel
bo`lsa, keyinroq ularga Devid Kroker qo`shildi. Elektron pochta protokollarini
hujjatlashtirishda uning ishtiroki ahamiyatli bo`lgan. Robert Breyden esa IBM
meynfreymlari uchun NCP va TCP protokollarini ishlab chiqdi.
Kleynrok paketli kommutatsiya avtori bo`lganligi uchun uning UCLA dagi tarmoq
markazi ARPANETning birinchi tuguni sifatida olingan.
1969 yil 2 sentabrida, BBN kompaniyasi Kaliforniya universitetida (Los-Andjeles)
birinchi xabarlarning interfeys protsessorini (serverni) o`rnatdi va unga birinchi


kompyuterni uladi. Honeywell DP-516 deb nomlangan kompyuterning operativ xotirasi
24 Kb edi.
Ikkinchi tugun Stenford ilmiy tadqiqot institutidagi Duga Engelbertning «Inson
intellektini rivojlantirish»loyihasi bazasida tashkil etildi. Bu erda Stenford ilmiy tadqiqot
institutida tarmoq axborot markazini tashkil etishdi va uni Elizabet [Jake] Feinler
boshqardi. Kompyuterlar manzili va nomlarining mos kelish jadvalini qo`llash, taklif va
izohlarga so`rovlar katalogiga xizmat ko`rsatish markazning vazifalariga kirardi.
Bir oydan keyin SRI ARPANETga ulangach, Kleynrok laboratoriyasidan birinchi
kompyuterlararo xabar uzatildi.
1969 yilning 29 oktabrida soat 21:00 ARPANET tarmog`ining ikki bo`g`ini – bir
biridan 640 km masofada joylashgan Los-Andjelesdagi Kaliforniya universiteti (UCLA)
va Stenford ilmiy tekshirish instituti (SRI) o`rtasida aloqa seansi o`tkazildi. Charli Klayn
(Charley Kline) Los-Andjelesdan turib uzoq masofadagi, ya`ni Stenforddagi kompyuterga
ulanmoqchi bo`ldi. Uning hamkasbi Bill Dyuvall Stenforddan telefon orqali har bir
kiritilgan belgini tasdiqlab bordi.
Aloqa past tezlikdagi telefon liniyalari oriali amalga oshirildi. Birinchi urinishda
faqatgina uchta belgi «LOG» jo`natildi. Shundan keyin aloqa tarmog`i ishlamay qoldi.
LOG so`zi aslida LOGIN bo`lishi kerak edi (sistemaga kirishga ruxsat beruvchi buyruq).
Soat 22:30 sistema qaytadan ishga tushirildi va keyingi urinish muvaffaqiyatli
yakunlandi. Mana shu kun Internetning tug`ilgan kuni hisoblanadi.
Shu tahlit kichkina bo`lsa ham birinchi lokal bo`lmagan kompyuter tarmog`i
yaratildi. Bu tadqiqotning natijasida kopyuterlar vaqt bo`yicha ajratilsa ham birgalikda
muvaffaqiyatli ishlashi mumkinligi isbotlandi va shu bilan birga kommutatsiyali telefon
tarmog`i kompyuter tarmoqlari uchun qulaymasligi bilindi. Kleynrokning paketli
kommutatsiya haqidagi fikrlari yana bir bor isbotini topdi.
ARPANETning keyingi tugunlari Kaliforniya universiteti, Santa-Barbara (UCSB)
shahridagi va Yuta shtati universiteti (UTAN) bo`ldi.
Bu universitetlarda amaliy vizualizatsiyalash bo`yicha loyihalar rivojlantirildi.
UCSBdan Glen Galler va Burton Fried tarmoq bo`yicha tasvirlarning qayta ifodalanishi
muammolarini bartaraf etishga imkon beruvchi matematik funksiyalarning xotiradan
displeyeylar yordamida tasvirlanishlari usullari usti ishlashdi. issleддаовали методы
отображения математических функций с использованием дисплеев с памятью,
позволяющих справиться с проблемой перерисовки изображения по сети.
Yutada Robert Teylor va Ivan Sazerlend tarmoqda uch o`lchovli ko`rinishlarni


chizish usullari bilan ishlashdi.
Shu taxlit 1969 yil oxirida ARPANET ning birinchi boshlang`ich konfiguratsiyasi,
to`rtta kompyuter birlashtirildi.
1969 yilning dekabrida mana shu 4 ta tugundan iborat birinchi kompyuter
tarmog`i yaratildi.
Barcha ishlar AQSH Mudofaa Vazirligi tomonidan moliyalashtirildi.
Ilk bor bu tarmoq 1971 yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo`lib,
asosiy tuzilish prinsipi tarmoqdagi barcha kompyuterlarning teng huquqli bo`lishi edi.
Bu tarmoq yordamida vazirlikning bo`limlari bir birlari bilan ma’lumotlarni
almashishlari mumkin edi. Unix operasion sistemasida ishlar edi.
Internetning paydo bo`lishini turli xalqlarning yozuvchilari va olimlari asrlar
davomida o`z asarlarida bashorat qilib kelishgan edi. Masalan XIX asr rus yozuvchisi,
faylasuf, jamoat arbobi Vladimir Odoyevskiy «4338-yil» (1837), Nikola Tesla 1908 yilda,
ingliz yozuvchisi Edvard Morgan Forster «Mashina to`xtamoqda» (1909), Myurrey
Leynster «Djo ismli mantiqshunos» (1946), Andrey Saxarov «Jahon yarim asrdan so`ng»
(1974) asarlarida internetning qanday bo`lishi xaqidagi tasavvurlarini yozib qoldirganlar.
Bu ro`yxatni uzoq davom ettirish mumkin.
ARPANET tarmog`i rivojlanib kengayib bordi. Bora-bora undan fanning turli
sohalarida faoliyat yurituvchi olimlar foydalanishni boshladilar.


Advanced Research Projects Agency (ARPA) o`z nomini 1971 yilda Defence
Advanced Research Projects Agency (DARPA) ga o`zgartirdi va 1993 yilda yana ARPA
nomini oldi, va nihoyat 1996 yilda DARPA deb nomlandi.
1970 yilning dekabrida S.Kroker boshchiligidagi Tarmoq ishchi guruhi (Network
Working Group, NWG) tarmoqni boshqaruvchi protokol (Network Control Protocol, NCP)
ning birinchi versiyasi ustida ishlarini tugatishdi. 1971-1972 yillarda NCPni ARPANET
tarmog`ida qo`llanilishi bo`yicha ishlar yakunlangach, ilovalar ishlab chiqarila boshlandi.
1971 yilda birinchi qaynoq ilova – elektron pochta paydo bo`ldi. Martda Ray
Tomlinson, BBN xodimi, ARPANET tarmog`i ishlab chiqaruvchilari uchun elektron
xabarlarni uzatish va o`qish uchun mshljallangan dastur yozdi. Bu dastur tez orada
mashhur bo`lib ketdi.Keyinroi Roberts bu dasturga xabarlar rshyxatini berish, tanlab
shiish, fayllarda saqlash, javoblarni tayyorlash va jshnatish imkoniyatlarini ishshdi.
Elektron pochta xizmati boshlan-ich shn yillar davomida eng asosiy tarmoi ilovalaridan
bshlib ioldi. 1970 – yillarda tarmoq orqali asosan elektron pochta jo`natilar edi. Turli
texnik tuzilishga ega bo`lgan boshqa tarmoqlar bilan aloqa o`rnatishning imkoniyati yo`q
edi. 1970 yillarning ohiriga kelib axborot uzatishning yangi protokollari rivojlana boshladi.
Bu masalada Djon Postelning xizmati katta bo`ldi.
1973 yilda aloqa tarmog`iga Atlantika okeanining tubidan o`tgan telefon kabeli
orqali Buyukbritaniya va Norvegiya tashkilotlari ham qo`shildi va u xalqaro tarmoq
maqomini oldi.
1974 – yili tarmoq rivojlanish tarixida TCP/IP (Transmission Control
Protokol/Internet Protokol) tarmoqlararo protokol ishlab chiqarilishi natijasida keskin
yuksalish sodir bo`ldi. Bu kashfiyotning mualliflari – Robert Kan va Stenford
universitetining professori Vinton Serf edi.
Leonard Kleynrok, Robert Kan va Vinton Serfni to`g`risida gap borganda, ularni
internetning otasi deb atashadi.
1975 yil ARPANet tajriba tarmog`i maqomini harakatdagi (amaliy) tarmoq
maqomiga o`zgartirdi. Uning afzalligi – tarkibida turli turdagi kompyuterlari bor tarmoq
bilan ishlash qobiliyatiga egaligidir. Keyinchalik boshqa kompyuter tarmoqlari bilan
birlashtirilib, Internetning qismi sifatida ishlatila boshlandi.
1977 – yil tarmoqlar tarixida yana bir muhim voqea sodir boldi. Chiqagolik ikki
student Uord Kristensen va Rendi Syuess modem qurilmasi yordamida, telefon orqali bir
– biriga ma’lumot jo`natish tizimini joriy qilishdi. Bu jasoratning asosiy sababi
Chiqagoning sovuq qishi edi. Shaharning bir joyidan boshqa joyiga dasturlarni olib
borish ularning jonlariga tegdi. Natijada, butun dunyoga ajoyib ixtironi sovg`a qilishdi.
1979 – yil XModem – protoqoli yaratilib, fayllarni to`g`ridan to`g`ri host tizimisiz
kompyuterlarga uzatish imkoniyati paydo bo`ldi.
80-yillarda kompyuter tarmoqlari keng tarqala boshladi. Xar xil AQSh
universitetlari ham o`z kompyuter tarmoqlarini yarata boshladilar.
1983 yildan boshlab ARPANET tarmog`i INTERNET ( ichki tarmoq) deb nomlana
boshlandi va kompyuter xamda tarmoqlar to`plami sistemasiga aylandi.
ARPANET aloqa tarmog`i NCP protokolidan TCP/IP protokoliga 1983 yilning 1
yanvarida o`tkazildi va shu kungacha muvaffaqiyatli ishlatib kelinyapti. Aynan 1983
yildan boshlab «Internet» atamasi ARPANET aloqa tarmog`igiga aloqador bo`lib qoldi.
Domen nomlarini o`z ichiga olgan sistema 1984 yilda ishlab chiqildi (ingl. Domain
Name System, DNS).


1984 yilda ARPANET tarmog`ining jiddiy raqibi paydo bo`ldi: AQSH Milliy ilmiy
fondi (NSF) yangi keng universitetlararo tarmoq- NSFNetni (angl. National Science
Foundation Network) tashkil etdi . Bu tarmoq kattaroq o`tkazuvchanlik qobiliyatiga ega
bo`lib, bir nechta mayda tarmoqlarni birlashtirar edi (Usenet va Bitnet). Bir yil davomida
yangi tarmoqqa 10 mingdan ortiq kompyuterlar ulandi va "internet” so`zi asta-sekin
NSFNet deb atala boshladi.
1988 yilda Internet Relay Chat (IRC) protokoli ishlab chiqildi va uning yordamida
internetda bir vaqtda bir necha nuqtadan muloqot o`rnatish ishlari ancha osonlashdi.
1989 yilda Yevropada yadroviy izlanish Yevropa ittifoqi (SERN) tomonidan ajoyib
g`oya – Butunjaxon o`rgimchak to`rini tashkil etish g`oyasi taklif etildi. Uni Britaniyalik
mashxur olim Tim Berners-Li taklif etdi va o`zi ikki yil davomida HTTP protokolini, HTML
tilini va URL identifikatorini ishlab chiqdi.
Tim Berners-Lining yordamchisi va kasbdoshi, World Wide Web loyihasining
maqsad va vazifalarini tushuntirib shunday degan: Barcha buyuk kashfiyotlarning tarixi
ulardan oldin shu sohada olib borilgan tadqiqotlarga asoslanadi. Butunjaxon o`rgimchak
to`ri misolida (WWW) muvaffaqiyatga erishish omili bo`lgan ikki narsaga to`xtalib o`tish
joizdir
1.
gipermatnlarga o`xshash sistemalarning rivojlanish tarixi.
2.
butun jaxon kompyuterlari tarmog`ini xaqiqatga aylantirgan Internet-
protokol.
1990 yilda ARPANET aloqa tarmog`i NSFNetga yo`l berib o`z faoliyaini butunlay
to`xtatdi. Xuddi shu yili telefon liniyasi orqali internetga ulanishning birinchi xolati qayd
etildi.
1991 yilda Butunjaxon o`rgimchak to`riga Internet orqali chiqish xamma uchun
mumkin bo`lib qoldi. 1993 yilga kelib mashxur Mosaic deb nomlangan veb- brauzer
paydo bo`ldi. Butunjaxon o`rgimchak to`ri ommalashib ketdi. Umuman aytganda, Web
tarihida ikkita davrni ko`rsatish mumkin: birinchisi Mark Andrissenning Mosaic
brauzeridan oldingi davr va u paydo bo`lgandan keyingi davr.
Aynan Tim Berners-Lining veb- protokoli va Mark Andrissenning Mosaic brauzeri
birgalikda Veb ga bo`lgan qiziqishni kuchaytirdi va portlash effektini berdi. 24 oy
davomida hech kim tanimaydigan Web olimlar va soha mutaxassislari doirasidan chiqib
butun jahonga tarqaldi.
1995 yilda NSFNet yana avvalgi ilmiy izlanishlar vazifasiga qaytarildi, Internet
trafigining marshrutlanishi bilan esa avvalgidek Milliy ilmiy fondning superkompyuterlari
emas, balki aloqa provayderlari shug`ullana boshladilar.
Xuddi shu 1995 yildan boshlab Butunjaxon o`rgimchak to`ri Internetga axborot
yetkazib beruvchi asosiy manbaga aylandi va fayllarni uzatib beruvchi FTP protokoloni
trafik bo`yicha quvib o`tdi. Butunjaxon o`rgimchak to`rining (W3C) Konsorsiumi tashkil
etildi.
1990-yillarda Internet barcha aloqa tarmoqlarini birlashtirdi (faqatgina Fidonet
dan tashqari). Birlashma rahbariyat yo`qligi va texnik standartlarning ochiqligi tufayli jalb
etuvchi kuchga ega bo`ldi. U biznesdan va turli hildagi kompaniyalarning ta`siridan xoli
bo`lib, 10 milliondan ortiq kompyuterlarni birlashtirdi. 1997 yilga kelib 1 million domen
nomlari ro`yxatga olindi. Internet aloqa almashinishning mashhur va qulay vositasiga
aylandi.
2011 yilning 3 iyunida BMT tomonidan rezolyutsiya qabul qilinib, unda internetdan


foydalanish insonning asosiy xuquqlaridan biri deb qayd etildi. Shunday qilib jahonning
qaysidir hududlarida internetning o`chirib qo`yilishi inson huquqlarining buzilish xolati
hisoblanadi.
Internet so`zini ham kichik ham katta xarfdan yozish mumkin. Internetning
shaxsiy egasi yo`q, chunki u turli hil geografik xududlarda joylashgan tarmoqlar
majmuasidir. Internetni birdaniga o`chirish mumkin emas, chunki uni tashqaridan yakka
boshqarish tizimi yo`q. Internet butun insoniyatning mulkiga aylandi. Internetning foydali
va zararli tomonlari ko`p bo`lib, ulardan manfaatdor bo`lgan shaxslar o`z maqsadlarida
foydalanmoqda.
Internet foydalanuvchilarining axborot resurslariga murojaat etishida millati yoki
davlatiga nisbatan hech qanday cheklovlar yo`q, lekin til sohasida cheklovlar qo`yilgan.
Internet bo`linishining asosiy belgilaridan biri – qaysi tildan foydalanishiga bog`liqdir.
Internetning asosiy tili – ingliz tili xisoblanadi.
Internet avvalo axborotlarni saqlovchi va tarqatuvchi vositadir. Shifrlanmagan
axborot manzili tomon yo`nalishi davomida o`g`irlanishi va o`qilishi mumkin. Internet
xar bir kompyuterni telefon kabi boshqa kompyuterga ulab berishi mumkin.
Internetda axborotning tarqalish tezligi hayotdagiga o`hshaydi. Agar axborot
qiziqarli va shov-shuvli bo`lsa – tez tarqaladi, qiziqish uyg`otmaydigan axborot sekin
tarqaladi.
Internet orqali taqiqlangan axborotlarni, tuxmatlarni, davlat sirlarini tarqatish man
etiladi. Bu axborot qaysi davlatdan kelgan bo`lsa, o`sha davlat qonunlariga binoan
jazolanadi.
Hozirgi kunda internetga aloqa yo`ldoshlari, radio kanallar, kabel televideniyesi,
telefon, uyali aloqa, elektr simlari orqali ulanish mumkin. WWW dunyo halqlari
hayotining ajralmas qismiga aylanib qoldi.. Internet tarmog`i mashhurlikka juda tezlik
bilan yerishdi. 5 yil davomida 50 million foydalanuvchilarga ega bo`ldi, zero, radio uchun
38, televideniyega 13, kabel televideniyesiga 10 yil kerak bo`lgan edi mashhurlikka
yerishishlari uchun.
2010 yilning 22 yanvaridan boshlab Xalqaro kosmik stansiyasi ekipaji ham
Internetga ulanish imkoniyatiga ega bo`ldi.
Yildan yilga gazeta va boshqa qog`ozli nashrlarni o`qiydiganlar soni kamayib
bormoqda. Tarmoqlarning rivojlanishi natijasida bir kunda chiqariladigan gazetalarning
nashri tushib ketmoqda.
Elektron kutubxonalar yildan yilga boyib bormoqda. Oddiy kutubxonalarda
topilmaydigan kitoblarni Internet tarmoqlari orqali topish mumkin. Ko`pchilik yozuvchi
va shoirlar, xatto eng taniqlilari ham o`z asarlarini internet tarmog`i orqali chop
etishmoqda.
Internetning eng ommabop va mashhur hizmatlarini eslatib o`tamiz: Butunjaxon
o`rgimchak to`ri, Veb-forum, Bloglar, Viki-loyihalari (masalan Vikipediya), Internet-
magazinlar, Internet-auksionlari (kim oshdi savdosi), Ijtimoiy tarmoqlar, elektron
manzillari va jo`natish ro`yxati, yangiliklar guruhi (Usenet), faylalmashinuvchi tarmoqlar,
elektron to`lovlar xizmati sistemalari, Internet-radio, internet-televideniyesi IPTV, IP-
telefoniya, messendjerlar, FTP-serverlari, IRC (web-chatlar), izlash sistemalari, internet-
reklama, masofadagi terminallar, masofadan boshqarish, o`yinlar.
Internetning mashhurligi ortgani sayin, uning salbiy tomonlari ham ko`rinib qoldi.
Hususan ba`zi insonlar kompyuter yonida kuniga 18 soatdan o`tirib, haqiqiy hayotdan


voz kechishmoqda. Psixologik asosga ega bo`lgan internet – tobe`lik fiziologik asosga
ega bo`lgan narkotik tobe`ligi bilan solishtirila boshlandi. Bunday insonlar hayolida faqat
tezroq internetga ulanib kompyuter yonida o`tirishdan boshqa maqsadi qolmayapti.
Turli tekshirishlar dunyo bo`ylab internet – foydalanuvchilarining 10% internet
tobe`ligiga uchraganligi ta`kidlanmoqda.
Kompyuter tarmoqlari turlari
Yangi kashfiyot ma’lum bir muammoni hal qilish jarayonida vujudga keladi. Inson
hisoblash masalalarini osonlashtirish maqsadida kompyuter qurilmasini yaratib,
informatika sohasini yuzaga keltirdi. Informatika keng ma`noda fan, texnika va ishlab
chiqarish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va
telekommunikatsiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog`liq bo`lgan
yagona sohadir.
Kompyuter XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri desak, tarmoqlarning yaratilishi
uning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Kompyutеrlardan turli xil masalalarni hal
qilishda foydalanish mumkin. Bunda katta hajmdagi ma’lumotlar bazalari bilan
ishlashga to`g`ri keladi. Bunday ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlariga bo`lgan
talab kun sayin ortib bormoqda. Yangi axborot texnologiyalarining yoki kompyuter
texnologiyalarining paydo bo`lishi bu sohadagi xizmat qilish uslubini tubdan o`zgartirdi.
Axborot texnologiyasi – bu aniq texnik dasturlar vositasining majmui bo`lib, ular
yordamida biz ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan hayotdagi turli-tuman
masalalarni hal etamiz. Axborot tеxnologiyalarini qo`llashning eng muhim sohalaridan
biri – tеlеkommunikatsiya va aloqa tarmog`i hisoblanadi. Bu еrda axborot tizimlari
axborot oqimlarini boshqarib va trafikni tartibga solib aloqa tarmog`ining uzluksiz
ishlashini ta`minlaydigan zarur vosita hisoblanadi.
Hisoblash tеxnikasi vositalarining rivojlanishi, ayniqsa shaxsiy kompyutеrlarning
paydo bo`lishi tarmoq dеb nomlanadigan yangi tipdagi axborot – hisoblash tizimlarining
yaratilishiga olib kеldi.
Kompyutеr tarmoqlarining paydo bo`lish sabablaridan yana biri rеsurslardan
hamkorlikda foydalanish, alohida kompyutеr imkoniyatini kеngaytirishdir. Tarmoq orqali
foydalanuvchilar bir vaqtning o`zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar
bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tеjaydi. Bundan tashqari,
printеr, skanеr, modеm, lazеr disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo`shimcha
mablag`ni asraydi.
Kompyuter tarmog`i – alohida joylashgan kompyuterlar o`rtasida ma’lumotlar
almashuvini tashkil etuvchi jixozlar va dasturiy ta`minotlar majmuasi (o`rtadagi masofa
bir necha metrdan minglab kilometrgacha bo`lishi mumkin).
Kompyuter tarmoqlari server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB),
axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi.
Markazlashgan boshqaruvli tarmoqda bir yoki undan ortiq ajratilgan kompyuterlar
(serverlar) bo`lib, ular tarmoq bo`yicha ma’lumotlar almashuvini boshqaradi (qolgan
kompyuterlarni ishchi statsiyalari deb ataladi). Bir xil rangli tarmoqda esa ajratilgan
kompyuter bo`lmaydi (bunda boshqarish funksiyasini ishchi stansiyalarlarda biri yoki
ular navbati bilan bajaradi).
Kompyuter tarmog`ining dasturiy ta`minoti – alohida joylashgan kompyuterlar
o`rtasida ma’lumotlar almashuv funksiyasini bajaruvchi dasturiy majmua. Xozirgi vaqtda
kompyuter tarmog`ining dasturiy ta`minoti operatsion sistemaning tarkibi qismi sifatida


kiritilgan (ular alohida o`rnatilishi ham mumkin).
Axborot almashinish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki
boshqa kompyutеrlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kеrak bo`ladi.
Kompyuter (hisoblash) tarmog`i aloqa kanallari yordamida ma’lumotlarni
tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar
to`plami bo`lib, u ko`p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.
Topshiriqlar:
Quyidagilarni o`rganish:
Kompyuter tarmog`i "tarmoq abonenti ", "stansiya " va "fizik uzatish muhiti " kabi
tarkibiy qismlardan tashkil topgan.
Tarmoq abonentlari tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni iste`mol qiluvchi
ob`ektdir.
Alohida EHMlar, EHM majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy
boshqaruvli dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo`lishlari mumkin. Tarmoqning
har bir abonenti stansiyaga ulanadi.
Stansiya axborot uzatish va qabul qilish bilan borliq vazifalarni bajaruvchi ob`ekt.
Abonent va stansiya birgalikda "abonent tizimi" deb ataladi. Abonentlarning o`zaro
aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo`lishi kerak.
Fizik uzatish muhiti elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga
oshiriladigan aloqa kanali, ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish qurilmasidir.
Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o`rtasida axborot uzatishni
ta`minlovchi kommunikatsion tarmoq tashkil etiladi. Bunday yondashuv har qanday
kompyuter tarmog`ini abonent tizimlari va kommunikatsion tarmoq yig`indisi sifatida
ko`rish imkonini beradi.
Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyutеrlar va axborot
ashyolariga bog`liq bo`ladi. Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan
foydalanuvchi ob`ektlar tarmoq ob`ektlari deyiladi. Tarmoq ob`ektlari alohida kompyuter,
kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo`lishi mumkin.
Axborot ashyolari dеganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma’lumotlar ombori va
boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig`indisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyutеrlarda
saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyutеrlar
yordamida kirish mumkin.
Kompyutеrlardan tarmoqqa biriktirilgan holda foydalanish juda ko`p afzalliklarga
ega. Masalan kompyutеr tarmog`iga ulangan bir printеrni barcha foydalanuvchilar
birgalikda ishlatishi, biror tashkilot miqyosida xisobotni tеz tayyorlash uchun uni
bo`limlarga bo`lib har bir bo`lagini alohida tarmoq kompyutеrida tayyorlash mumkin.
Fayllar, kataloglar, printеr, disklar tarmoqda birgalikda foydalanishi mumkin.
Turli ko`rinishdagi kompyuter tarmoqlarini vazifasi ularning quyidagi 2 funktsiyasi
bilan belgilandi.

qurilmali va dasturiy tarmoq manbalaridan birgalikda ishlay olishni ta`minlash;

ma’lumotlar manbasiga birgalikda egalik qilish.
Tarmoqlarni turli me`yorlarga ko`ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:
1) o`tkazish qobiliyati, ya`ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:
past 100 Kbit/ s gacha;
o`rta 0,5-10 Mbit/s gacha;
yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.
2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o`lchoviga


muvofiq:
LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
CAN (Campus-Area Network) – kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki
modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir–birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter
lokal tarmoq;
MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s)
imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o`n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;
WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va
dasturlar bilan ta`minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;
GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit`alararo) tarmoq;
3) tarmoq tugunlari turi bo`yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning alohida
elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini va katta
kompyuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi
alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham yuritishadi)
tugunlarga misol bo`la oladi. Unchalik katta bo`lmagan alohida tarmoqlar kampus
tarmog`i uchun tugun bo`ladi.
4) tugunlar munosabatiga ko`ra:
Bir xil rangli (peer-to-peer) tarmoq, uncha katta bo`lmagan, bir xil mavqega ega
kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya`ni tarmoqning oddiy
foydalanuvchisi, ham «server», ya`ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko`rsatishni
ta`minlovchi bo`lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tarmog`i tarqatilgan
(Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko`rsatadi,
biroq tarmoqni boshqarmaydi;
server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda
tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan
foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va boshqalar).
5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo`yicha (tarmoq OS):
gomogenli – hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan
foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmog`i);
geterogenli – bir vaqtning o`zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari
ishlatiladi (masalan, Novell NetWare va WINDOWS).
Kompyuter tarmog`i o`z navbatida ma’lum qoidalar asosida bir necha turdagi
sinflanishga bo`linadi.
Hududiy chegaralanishlar va o`lchamlar bo`yicha: shaxsiy tarmoq (PAN, Personal
Area Network); mahalli tarmoq (LAN, Local Area Network); homepna; shahar tarmog`i
(MAN, Metropolitan Area Network); milliy tarmoq; xalqaro hisoblash tarmog`i (WAN,
Wide Area Network).
Operatsion tizim tarmog`i bo`yicha: Windows asosida; UNIX asosida; NetWare
asosida; aralashgan.
Funksional qo`llanilishi bo`yicha: ma’lumotlarni saqlash tarmog`i; serverli
fermalar; soha tarmog`i.
O`zaro aloqadorlik bo`yicha: mijoz – server; ko`p qatlamli arxitektura; nuqta –
nuqta; bir rangli (bir xillilik).
Tarmoq topologiyasi tipi bo`yicha: shina; yulduz; xalqa; panjara; aralashgan
topologiya; to`liq aloqadagi topologiya.
Zaruriy holda doimiy aloqani ta`minlash bo`yicha: paketli tarmoq, misol uchun
Fidonet va UUCP; onlayn (online) tarmoq, misol uchun Internet va GSM.


Kompyuter tarmoqlarini ko`pgina belgilar, xususan hududiy taqsimlanishi jihatdan
quyidagi asosiy uchta turda tasniflanadi:
o
lokal tarmoq - LAN (Local Area Network);
o
mintaqaviy tarmoq - MAN (Metropolitan Area Network);
o
global tarmoq - WAN (Wide Area Network).
Lokal tarmoq - bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan
kompyuterlarda o`zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoqdir.
Lokal kompyuter tarmog`i uncha katta bo`lmagan
hudud chegarasida
joylashgan abonentlarni birlashtiradi.
Masalan, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, banklar, ofislar miqyosidagi
kompyuterlarni o`zaro birlashtiruvchi tarmoqlar lokal kompyuter tarmog`i turkumiga
kiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmoqlari abonentlarining hududiy joylashuvi
bo`yicha qat`iy cheklashlar yo`q. Odatda bunday tarmoqlarning doirasida 22,5 km bilan
cheklanadi.
Mahalliy tarmoq uchun mavjud standartlar (tеgishlicha Ethernet va ARCNET) 2,5
km dan 6 km gacha bo`lgan masofadagi kompyutеrlar orasida aloqani ta`minlaydi.
U kompyutеrlar va pеrifеriya qurilmalari (printеrlar, disk kontrollеrlari va
boshqalar)ning bog`lanishini ta`minlaydigan va ularga umumiy disk xotirasidan,
pеrifеriya qurilmalaridan birgalikda foydalanishga, ma’lumotlar bilan almashishga imkon
bеradigan apparat vositalari va algoritmlar to`plamidir.
Mintaqaviy tarmoq – bir – biridan ancha uzoq masofada joylashgan
kompyuterlarni va lokal kompyuter tarmoqlarini o`zaro bog`laydi. U katta shahar,
iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonentlarni o`z ichiga olishi
mumkin. Odatda, mintaqaviy hisoblash tarmog`i abonentlari o`rtasida masofa 10 –
1000 kilometrni tashkil etadi.
Global tarmoq - butun dunyo bo`yicha hamma abonеntlarni, lokal va mintaqaviy
tarmoqlarni o`ziga tеlеfon yoki su`niy yo`ldosh aloqa tarmog`i orqali ko`pincha bir-
biridan 10 – 15 ming kilometr
uzoqlikdagi EHM va aloqa tarmoqlari uzellarini
birlashtirish imkoniga ega bo`lgan tarmoq. Mazkur tarmoq abonentlari o`rtasida
telefon, radio, optokabel yoki kosmik radioliniya aloqa tizimi negizida amalga
oshiriladi.
Ko`plab lokal tarmoq va millionlab turli xildagi EHMlarni dunyo bo`yicha
birlashtiradi.
Global, mintaqaviy va lokal kompyuter tarmoqlarining birlashuvi ko`p tarmoqli
iyerarxiyani tashkil etib, umum jahon axborot resurslarini birlashtirish va
ko`pchilikning hamkorlikda foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratadi.
Kompyuter tarmog`ida agar hamma foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi uchun
maxsus kompyuter ajratilgan bo`lsa, u fayllar serveri deb yuritiladi. Kompyuter
tarmog`ida maxsus ajratilgan kompyuter bo`lmasa va hamma kompyuterlar uzaro
ma’lumotlarni bir-biriga teng huquqli uzatishga moslashtirilgan bo`lsa, u holda bunday
tarmoqga bir rangli tarmoq deyiladi.
Korporativ hisoblash tarmog`i – TCP/IP protokoli bilan ishlaydigan, Internet
kommunikatsiya standartlarini va server ilovalarini ishlatadigan tarmoq. Bu tarmoq
Internetga ulangan bo`lishi shart emas. Bunday tarmoqlar tashkilot yoki muassasa
miqyosida tashkil etiladi.
Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib axborot tarqatish va qabul


qilish
jarayonini
butunlay
o`zgartirib
yuboradi.
Tarmoqning
asosiy
vazifasi
foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli
kirishni ta`minlash va ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoyalangan
holda
axborotdan jamoa bo`lib foydalanishni tashkil etish. Shuningdek, foydalanuvchilar
tarmoqlari
o`rtasida ma’lumotlarni uzatishnining qulay va ishonchli vositasini
ta`minlash. Umumiy axborotlashgan davrida katta hajmdagi axborotlar lokal va global
kompyuter tarmoqlarida saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda
foydalanuvchilar ishlashi uchun ma’lumot-larning umumiy ba`zasi tashkil etiladi. Global
tarmoqlarda yagona ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakllantiriladi.

Download 96.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling