2208-guruh talabasi Axmadjonov Fayzillo. Xitoy t ili


Download 201.6 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.01.2023
Hajmi201.6 Kb.
#1100254
Bog'liq
Xitoy tili - haqida 2208 Axmadjonov Fayzillo



Xitoy tili haqida.
 
2208-guruh talabasi Axmadjonov Fayzillo. 
 
Xitoy t ili — xitoy- t ibet t illari oilasiga mansub t illardan biri. XXRning rasmiy davlat t ili. Unda XXRning 
92% aholisi — 1 mlrd. 292 mln.dan ort iq kishi soʻzlashadi (2003- yil). Xit oy t ili, shuningdek, Indoneziya, 
Kambodja, Laos, Vyetnam, Myanma, Malayziya, Tailand, Singapur,
Bruney, Syangan, Aomin, Filippin, Yaponiya, Koreya va dunyoning boshqa mamlakatlarida t arqalgan (30 
mln.dan ort iq kishi soʻzlashadi). BMTning rasmiy va ishchi t illaridan biri.


Xit oy t ilida asosan, 7 lahja guruhi f arqlanadi: 1) shim. (bu lahjada 70% kishi soʻzlashadi va u hozirgi adabiy 
Xit oy t iliga asos boʻlgan); 2) u; 3) syan; 4) gan; 5) xakka; 6) yue; 7) min. Bu lahjalar f onet ik va leksik 
jihat dan oʻzaro kat t a f arq qiladi, hat t o lahjalarning vakillari bir- birlarini
t ushunmay qoladilar; biroq ularning grammat ik qurilishi va lugʻat t arkibi yagonadir. Lahjalar
munt azam t arzdagi t ovushiy mosliklar orqali oʻzaro bogʻlangan. Xit oy t ilining f onet ik meʼyorlari Pekin 
shevasi talaffuziga asoslanadi.
Xitoy t iliga oid qadimiy yozma yodgorliklar (tosh, bronza, suyak va boshqalarga yozilgan yozuvlar) mil. 
av. 2ming yillikning 2- yarmiga oid. Qadimiy adabiy yodnomalar — "Shutszin" ("Tarix kit obi") va "Shit szin" 
("Qoʻshiqlar kit obi") mil. av. 1- ming yillikning 1- yarmiga oid. Oʻsha davrdagi jonli lahjalar asosida qadimgi 
adabiy Xit oy t ili — Venyan vujudga kelgan. Keyinchalik u ogʻzaki jonli t ildan uzoqlashib, mil. 1- ming 
yillikda xalq t ushunmaydigan t il boʻlib qolgan. Shu sababli mil. 1- ming yillikda yangi (sodda) yozma t il — 
baihua vujudga keladi; shim. baihua t ili keyinroq


umumxalq Xit oy t ili — put unhua (umumxalqqa t ushunarli t il) uchun asos boʻldi. 20- asrning 1- yarmida 
put unhua qadimgi Xit oy t ili — venyanni t amoman siqib chiqarib, yagona milliy t il boʻlib qoldi.
Xit oy t ilidagi morfema va sodda soʻzlar odat da bir boʻgʻinlidir. Boʻgʻin t arkibiga kiruvchi undosh va unli 
t ovushlar (ularning soni haqida hanuzgacha yagona fikr yoʻq) maʼlum bir t art ibda joylashadi. Masalan, bir 
necha undosh tovush ketma- ket kelishi mumkin emas, biroq unlilar
ket ma- ket , oʻzaro birikib kelishi mumkin. Toʻliq t arkibli xit oy boʻgʻinida birinchi oʻrinda hamisha undosh t ovush 
t uradi, ikkinchi oʻrinda 1unli, undan keyin 2unli, oxirida esa yarim (kuchsiz) unli yoki burun t ovushi joylashadi. 
Qat ʼiy t art ibga qaramasdan Xit oy t ilida boʻgʻin t arkibiga kiruvchi
t ovushlarning hammasi ham bir- biri bilan birika olmaydi, shuning uchun xit oy boʻgʻinlarining miqdori 
chegaralangandir. Put unhuada 414 boʻgʻin, t on (ohang—musiqiy ovoz) variant larini hisobga olganda, 1324 
boʻgʻin bor. Xit oy t ilida t on (ohang), t ovushga oʻxshab, maʼno f arqlash vazif asini bajaradi (qarang 
Tonal t 
illar
). Agar bir boʻgʻin 4 xil t on bilan t alaf f uz et ilsa, 4 t a har xil maʼnoli soʻz hosil boʻladi.
Xit oy t ilida bir boʻgʻinli soʻzlarga nisbat an ikki boʻgʻinli soʻzlar koʻproq. Terminologiyaning rivojlanishi 
nat ijasida ikkidan ort iq boʻgʻinli soʻzlar ham koʻpaymoqda. Soʻz yasalishi soʻz qoʻshish, affiksat siya va 
konversiya (bir soʻz t urkumidan boshqa soʻz t urkumiga oʻt ish) orqali amalga oshadi. Soʻz yasash qoliplari soʻz 
birikmalari qoliplariga oʻxshash boʻlganligidan baʼzan yasama, qoʻshma soʻzlarni soʻz birikmalaridan ajrat ib 
olish qiyin.
Xit oy t ilida deyarli oʻzlashma soʻzlar yoʻq. Oʻziga xos morf ologik va sint akt ik xususiyat larga ega. Xit oy t ili, 
asosan, 
amorf t illardan 
boʻlsada, ayrim hollarda agglyut inat iv belgilar ham uchraydi. Xitoy t ili iyeroglifik 
yozuvdan foydalanadi (qarang 
Xitoy yozuvi
).
Xitoy t ili (汉语/漢語, pinyin: Hànyǔ; 华语/華語, Huáyǔ; yoki 中
⽂, Zhōngwén) - Xitoy- Tibet oilasiga 
kiruvchi 
t il

Xitoy Xalq Respublikasi
,
Tayvan

Gang Kong

Makau 
va 
Singapurning rasmiy t ili
. Bugun 
Xit oy t ilida 1.136 milyard kishi soʻzlashadi.
 

Download 201.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling