23. Didaktik tushunchalar tizimi


Download 36.13 Kb.
bet4/7
Sana18.12.2022
Hajmi36.13 Kb.
#1031003
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Pedagogika 23-33

29. Ta`lim metodlari.
Metod so'zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod - eng umumiy ma’noda - maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o ‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o'quvchilaming faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi.
Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalami hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o'quvchilaming o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig’indisi tushuniladi.
Didaktikada, shuningdek, ta’lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi. Ta’lim usuli - ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o'qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.

30. Sharq mutafakkirlarining ta`lim metodlari haqida fikrlari.
Sharq mutafakkirlarining didaktik qarashlarida ham ta'lim metod­lari masalasiga jiddiy e'tibor qaratilgan. Buni al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning turli ta'lim metodlari haqidagi fikrlari, qarashlari, amal qilgan ta'lim yo'nalishlarida yaqqol sezish mumkin. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy o'zigacha boigan ta'lim metodlarini sintezlashtirishga harakat qilgan. Barcha mutafakkirlar kabi u ham ko'rgazma-tajriba metodlari, savol-javob metodlari, mala-ka va ko'nikmalarai shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metod-laridan keng foydalanilgan. Al-Xorazmiy matematika fanining amaliy ahamiyatini yuksak cho'qqilarga ko'tara oldi. Uning buyuk ixtirolaridan biri - «0» (nol) sonini yaratishi va bu orqali uning fanga kiritgan buyuk kashfiyoti o'nli pozitsion sanoq sistemasining iste'molga kiritilishidir.
Abu Nasr Forobiy ta'limda barcha fanlarning nazariy asoslari o'rganilsa, tarbiyada ma'naviy-axloqiy qoidalar, odob me'yorlari o'rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb o'qtiradi. Bular tarbiyachilar va murabbiylar tomonidan turli metodlar yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta'lim-tarbiya ishlarini nazariy yo'l bilan amalga oshi-rishga ko'proq e'tibor beradi. Shuning bilan birga u ta'lim-tarbiyada rag'batlantirish, odatlantirish va vaqti kelganda majbur etish metodla-ridan foydalanish g'oyalarini ham ilgari surgan. U matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, huquq, tilshunoslik, poetika kabi sohalar bilan shug'ullangan, turli tillarni o'rgangan. Manbalarda yozilishicha, u 70 dan ortiq tilni bilgan.
Abu Rayhon Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo'llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. Uning fikricha, ta'lim oluvchilarga ta'lim berishda quyidagilarga e'tibor berish kerak:
ta'lim oluvchilarni zeriktirmaslik;
bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o'rgatavermaslik kerak - bu dars jadvaliga qo'yilgan talablardan biri;
uzviylik va izchillik;
tahlil qilish va taqqoslash;
takrorlash;
materialni ko'rgazmali bayon etish va shu kabilar.
Abu Ali ibn Sino ta'lim oluvchilarni jamoa qilib o'qitishni ta'kidlaydi. U ta'lim oluvchilarni o'qitishda ularni birdaniga kitob bilan band qilib qo'ymaslik kerak, deb o'qtiradi. Shuningdek, olimning fikricha, olib boriladigan o'quv mashg'ulotlarning mazmun-mohiyati ta'lim oluvchilarning yosh xususiyatlariga ham mos kelishi va unda turli xil ta'lim metodlari va shakllaridan foydalanish zarur. Bu orqali ta'lim oluvchilaridagi zerikishning oldi olinadi. Ibn Sino ta'limoti bo'yicha bilishda qaysi metodlardan foydalanil-masin-u og'zaki ifodalash, bilimlarni tushuntirish, turli ko'rinishdagi suhbatni tashkil etish, tajribalarni uyushtirish bo'ladimi; baribir, ta'lim oluvchida haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarni amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad deb bilgan.


Download 36.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling